O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/150
tarix02.06.2023
ölçüsü3,36 Mb.
#115095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent far

 
1. So‘z boshi 
Zamonaviy kadrlar oldiga qo„yilatyotgan eng muhim vazifalardan biri malakali 
mutaxassislar sifatida o„zligini, o„z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda 
xislatlarini bilgan tarzda atrofidagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy 
foyidali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat 
ko„rsatishdir. Bu o„rinda inson ruhiyati qonuniyatlarini o„rganuvchi psixologiya 
fanining o„rni va roli benihoya kattadir. Yosh avlodni yangicha ta'lim standartlari 
asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalash ishi Oliy 
o„quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun maqsadga muvofiqdir. Xar bir shaxs 
o„z qobiliyati, iqtidori, layoqati, tafakkuri, diqqati, xarakteri xususiyatlarini bilib, uni 
to„g„ri yo„naltira olsa, bu nafaqat shaxsning o„ziga, balki jamiyat uchun ham katta naf 
keltiradi. Shunday ekan, xozirgi kunda psixologiya fanining sir-asrorlarini har bir 
talaba uchun zarur bo„lgan jixatlarini keng yoritib berishi lozim. 
1.1.Psixologiya fanining maqsadi va uning vazifalari 
Hozirgi davrda ta'lim va madaniyatni tez va uyg„un rivojlantirish, ijtimoiy 
munosabatlarni va siyosiy ustqurmani takomillashtirish, jamiyatning asosiy ishlab 
chiqaruvchi kuchi va oliy boyligi bo„lmish insonning o„zini yanada kamol toptirishi 
manfatlari yosh avlodlariga ta'lim va tarbiya berishga yangicha, yana ham keng 
ko„lamda yondashishni talab qiladi. Psixologiya fanining vazifasi talabalarga voqyelik 
va jamiyatdagi voqyea va xodisalarning, jamiyat hayotida umumiy psixologik 
hodisalar, holatlar va jarayonlarning mohiyatini tashkil etishga, shaxsning kamolati va 
unga ta'sir ko„rsatuvchi omillar, uning individual psixologik xususiyatlari, emotsional 
va irodaviy sifatlarini tahlil etishga o„rgatishdan iborat. 


13 

Yüklə 3,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə