O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Malakalarning o’zaro ta'siri



Yüklə 3,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/150
tarix02.06.2023
ölçüsü3,36 Mb.
#115095
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   150
O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent far

Malakalarning o’zaro ta'siri.
 
Xar kanday malaka xam kishi 
allakachon egallab olgan malakalar sitemasida amal kiladi va tarkib topadi. 
Ularning biri yangi malakaning tarkib topishiga va amal kilishiga yordam 
bersa, boshkalari xalakit beradi, uchinchi bir xili esa uni uzgartiradi va 
xokazo. Bunday xodisa psixologiyada malakalarning uzaro ta'siri deb 
yuritiladi. 
Malaka xosil kilinishining umumiy konuni shundan iboratki, kishi 
yangi vazifaga duch kelganda oldiniga faoliyatning uzida shu chokda mavjud 
bulgan usullarini foydalanishga urinadi. Bunda u, uz-uzidan ravshanki, shu 
xildagi masalalarni xal etish uchun uz tajribasida kullanishga tugri kelgan 
usullarni mazkur masalani yechishga xam tatbik etish vazifasidan kelib 
chikkan xolda ish tutadi. Bundan kurinib turibdiki, faoliyat usullarining 
kuchirishning muvaffakiyatliligi masalalarning ularni xal etish usullari 


178 
uxshashligi kanchalik tugri baxolanishiga boglikdir. Bu urinda bir-biridan 
fark kiladigan ikkita xolat mavjud bulishi mumkin. 
Ko’nikmalar
.
 
Xar kanday xulk-atvor yangi sharoitlarda yoki yangi 
ob'yektlarga nisbatan jarayonlarning kuchishi asosida tarkib topadi. 
Kuchish esa shart-sharoitlar yoki narsalarning faoliyat maksadlari uchun 
muxim bulgan belgilari buyicha uxshashligiga tayanadi. 
Kunikma eksteriorizasiya kilishni - bilimlarning jismoniy 
xarakatga mujassamlashuvini takozo etadi. Uning boshlanish 
nuktasi axborotning yuksak darajada, ya'ni ongda kayta 
ishlanishidan iboratdir. Amaliy xarakatlarning ana shu yuksak 
darajadagi faoliyati natijalari bilan yunaltirib turilishi esa uning 
yakunini tashkil etadi. Masalan, ma'lum bir kismning xajmini 
aniklashdan iborat vazifa kuyilgan, deylik. Uni xal etish uchun 
avvalo uning geometrik jismlarining kaysi bir turiga mansubligini 
aniklash lozim. Sungra bunaka jismlarning xajmi kanday xisoblab 
chikilishini esga tushirmok kerak. Shundan keyin kanaka 
ulchovlar kilinishi kerakligi ma'lum buladi. Sungra tegishli 
ulchovlarni amalga oshirish kerak. Pirovardida zarur xisoblash 
jarayonlarining bajarish lozim. Bulardan kurinib turibdiki, 
bilimlarni kunikmalarda ruyobga chikarish bir kator malakalar va 
jarayonlarning uzlashtirilgan bulishini takozo kiladi. 
Faoliyat xamisha kishining boshka odamlar bilan muayyan 
munosabatlari sistemasida yuz beradi. U boshka odamlarning 
yordami va ishtirokini takozo etadi, ya'ni birgalikdagi faoliyat 
xususiyatiga ega buladi. Uning natijalari tevarak-atrofdagi 
olamga, boshka kishilarning xayoti va takdiriga muayyan ta'sir 
kursatadi. Shuning uchun faoliyatda kishining fakat narsalarga 
munosabati emas, balki uning boshka odamlarga bulgan 
munosabati xam doimo uz ifodasini topadi. 
Bu faollik oldiniga impulsiv xatti-xarakat xususiyatiga ega 
buladi. Tugilganidan keyingi dastlabki kunlarda bolaning xulk-
atvori bir nechtagina oddiy tugma reaksiya-ximoyalanish (nur 
yoruglashganda yoki baland tovush chikkanida kuz korachigining 
torayishi, ogrik sezgan paytida ingrashi va bezovtalana boshlashi), 
ovkat surash (tamshanish), chalkash-chulkash (tebratilganda 
jimib kolishi) va birmuncha keyinrok esa muljallash-izlanish 
(kuzgatuvchiga boshini ugirishi, narsalarga karashi va boshkalar) 
kabi reaksiyalar bilan cheklanadi. Un birinchi - un ikkinchi 
kunligidan tortib chakalokda dastlabki shartli reflekslar shakllana 


179 
boshlaydi. Shu tufayli bir yoshi mobaynida bolada izlanish xulk-
atvori (ushlash, kuzdan kechirish, xar xil shaklda aylantirish) 
rivojlana boradi, buning natijasida u tashki dunyodagi 
narsalarning xossalari xakida ma'lumot yigadi va xarakatlar 
uygunligini uzlashtiradi. Ta'lim olish va taklid kilishi ta'sirida bir 
yoshidan boshlab bolada amaliy xulk-atvor shakllana boradi. 
Buning yordamida bola buyumlarni ishlatishning insoniy 
usullarini va ularning ijtimoiy amaliyotdagi axamiyatini uzlashtira 
boshlaydi (uxlash uchun karovatga yotadigan, stulchaga 
utiradigan, tupni uynaydigan, kalam bilan rasm soladigan buladi). 
Tadkikotlar shuni kursatadiki, uyin bolalarda xam uz 
faolligini ruyobga chikarish shakli, xayot kechirish va faoliyat 
kursatish shakli bulib xizmat kiladi. Shu tarzda u funksional 
mamnunlik bilan boglikdir. Faollikka bulgan extiyoj uning 
kuzgatuvchisi bulsa, taklid kilish va tajriba esa manbai 
xisoblanadi. Lekin bolaning uyin xarakatlari avval boshdanok 
buyumlardan foydalanishning insoniy usullari va amaliy xulk-
atvorning katta yoshdagilar bilan mulokot jarayonida va katta 
yoshlilar raxbarligida uzlashtirib olinadigan insoniy shakllari 
zamirida rivojlana boradi. Bu xol bolalar uyin faoliyatining 
prinsipial jixatdan muxim xususiyatlarini belgilab beradi, uning 
shakllari, manbalari, mexanizmlari, funksiyalari va natijalari 
xayvonlarning uyinidan tubdan fark kilishiga olib keladi. 
Shunday kilib, uyin bolani buyumlar va xodisalarning nutk 
amaliyotda mujassamlashgan moxiyatlarini uzlashtirib olishini va 
ushbu moxiyatlarni ishlata bilishni mashk kildiradi. Uyin 
bajarilayotgan xarakatlarni aynan jarayon sifatida anglanishini 
("jurttaga") rivojlantiradi, bujarayonlarning uzini uzi idora kilish 
(koidalar) asosida bajarilishini urgatadi, pirovardida esa uzini 
konkret xarakatlar sub'yekti sifatida idrok etishdan sosial rolni 
bajaruvchi, ya'ni insoniy munosabatlar kilauchi sub'yekt sifatida 
idrok etish darajasiga kadar rivojlanganligini anglab yetishiga 
imkoniyat yaratadi. 

Yüklə 3,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə