Mavzuning masqadi. YAdro va hujayraning bo'linishini o'rganish.
Kerakli jihozlar: mikroskop, lanset, pinset, pipetka, filtr qog'oz, buyum va qoplag'ich oynalar, suv, gliserin, sudan III eritmasi, osmiy kislotasi, piyoz ildizi va doimiy preparatlar.
Ish tartibi: Piyoz ildizining o'sish konusidan uzunasiga kesib olingan kesmada meristema to'qimasini ko'rish mumkin. Bu to'qima yadrosida kariokinetik bo'linish hodisasining hamma fazasi ro'y beradi. Mikroskopning kichik qilib ko'rsatadigan ob'ektivi orqali qaralganda ildizning uchi konussimon ildiz g'ilofi bilan qoplanganligini ko'ramiz. G'ilof ostida meristema to'qimaning parenxima hujayralari bir qator bo'lib zich joylashgan. Bu hujayralar yadrosi yirik va sitoplazmasi ancha quyuq bo'ladi, ularning ba'zilari tinch holatda, ba'zilari esa bo'linishning har xil fazalarini kechirayotgan bo'ladi. Mikroskopning katta qilib ko'rsatadigan ob'ektivi orqali bo'linayotgan hujayralardan 4 (profaza, metofaza, anafaza va telofaza)larni ko'rish mukin. YUqorida auitilgan fazalarni rasm daftarga chizib olinadi.
Amitoz bo'linish
Mitoz bo'linish
Hujayra oddiy usulda, ya'ni bo'linib ko'payadi. Bunda bitta ona hujayradan 2 ta qiz hujayra hosil bo'ladi.
Hujayralar uch xil: to'g'ri, ya'ni amitoz, noto'g'ri, ya'ni mitoz va reduksion, ya'ni meuoz uo'l bilan ko'payadi.
Amitoz bo'linish ayrim tuban o'simliklarda (bakteriyalar va zamburug'lar) sodir bo'ladi. Uning mohiyati shundan iboratki, dastlab hujayraning yumaloq yadrosi cho'zilib, uzunchoq shaklga kiradi. Keyin belidan ingichkalashib ikkiga bo'linadi. So'ngra sitoplazma ham xuddi shunday bo'linadi.
Mitoz (kariokinez) vegetativ hujayralarga va ko'pgina tuban o'simliklarga xosdir. U to'rt faza: profaza, metafaza, anafaza va telofazaga bo'linadi.
Профеза
Мвтофаэа Рним^м аиафаза Поэдомманафаза Р»»*няо твлофэим
15.1.-rasm. Mitoz bo'linish fazalari.
Profazada tinim holatidagi yadro bo'rtib kattalashadi. Undagi xromosomalar bu davrda ip shaklida bo'ladi, Xromosomalar xromatik moddalar (DNK molekulalarining oqsil bilan birikmasi) protofibrillalardan hosil bo'ladi. Profaza oxirida yadroning hamma moddasi xromosoma va yadro shirasiga ajraladi. Bunda har qaysi xromosoma o'zining yonida xuddi o'ziga o'xshagan xromosoma sintezlaydi.
15.2.rasm. Mitoz bo'linish. Profaza
Metafazada yadro po'sti erib ketib, yadro shirasi bilan sitoplazma ajralib ketadi. Xromosomalar uo'g'onlashib, kalta tortadi va o'simlik o'ziga xos shaklga kiradi. Xromosomaning har bir jufti hujayraning o'rtasida ichiga botiq tomonlari bilan joylashadi. SHuningdek, hujayrada axromatin duk deb ataluvchi bir qutbdan ikkinchi qutbga cho'zilgan rangsiz iplar hosil bo'ladi. Xromosomalar ana shu dukning o'rtasida joylashib duklarning bir qismi hujayralarga birikadi. Metafaza oxirida xromosomalar ikkiga ajraladi va ularning soni ikki marta ortadi.
Ajralgan qiz xromosomalar anafazada xromatin dukning ikki uchiga shunday tarqaladiki, bunda hujayraning qutblarida hujayra bo'linayotgan davrdagi xromosomalar soniga teng miqdorda xromosoma bo'ladi.
15.4-rasm. Mitoz bo'linish. Anafaza
Hujayraning qutblariga borib joylashgan xromosomalar telofazada kam seziladi, chunki ular xromatik moddaning protofibrillalariga ajraladi. YAdrocha, yadro po'sti qayta tiklanib, hujayra po'sti rivojlana boshlaydi. Demak, telofaza profazaning aksidir.
15.5.-rasm. Mitoz bo'linish. Telofaza
Meyoz fazalarini doimiy preparatlarda o'rganish
Dostları ilə paylaş: |