O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

“Qurilish — lizing”
kompaniyasi tashkil etildi. O‘zbekiston 
Respublikasi 
TIF 
Milliy 
banki, 
O‘zuyjoyjamg‘armabank, 
O‘zsanoatqurilishbank, “Asaka” banki, “Paxtabank”, “O‘zbekiston temir 
yo‘llari” DATK, “O‘zneftgazqurilish” AK, “O‘zbekenergo” DAK uning 
ta’sischilari hisoblanadi. U zamonaviy qurilish texnikasi va kichik mexanizasiya 
vositalari, maxsus transportni xarid qilishni o‘z moliyaviy manbalari hisobidan, 
shuningdek mamlakatimiz va xorijiy banklar kreditlarini jalb etish yo‘li bilan 
amalga oshiradi hamda ularni lizing va ijaraga barcha mulkchilik shakllaridagi 


126 
pudrat qurilish tashkilotlariga, birinchi navbatda kichik va xususiy biznes 
subyektlariga shartnoma asosida beradi. 
“Qurilishlizing”ga pudrat qurilish tashkilotlari davlat aktivlarining birja 
va birjadan tashqari bozorlarda sotishdan, iqtisodiy nochor pudrat qurilish 
tashkilotlari mol-mulkini ularning budjet oldidagi qarzini qarz summasi 
doirasida undirish hisobiga sotishdan olingan mablag‘lar 5 yil muddatga 
qaytarish asosida, uning maxsus hisob varag‘iga o‘tkazish bilan beriladi. Ushbu 
mablag‘lar ularni lizingga berish uchun qurilish texnikasi va kichik 
mexanizasiya vositalari, transport vositalarini xarid qilish uchungina ishlatilishi 
mumkin. 
Moliya vazirligi, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasi, Davlat 
mulki qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasiga tugatilayotgan iqtisodiy nochor 
qurilish texnikasi, transport vositalari va kichik mexanizasiya vositalarini-
ularning budjet oldidagi qarzlarini undirish hisobiga “Qurilishlizing” 
kompaniyasiga berish tartibini ishlab chiqish hamda tasdiqlash topshirildi. Bu 
asosiy vositalar daromad va mol-mulk soliqlari bo‘yicha soliq solish obyekti 
hisoblanmaydi. Bundan tashqari, lizingga berish uchun olib kelinadigan qurilish 
texnikasi, ehtiyot qismlar, qurilish transport vositalari va kichik mexanizatsiya 
vositalariga doir bojxona to‘lovlari va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod 
qilinadi. 2007 - yil 31 - dekabrga qadar kompaniya qurilish texnikasi va kichik 
mexanizatsiya vositalarini lizingga berishdan olingan daromadlar bo‘yicha 
foyda solig‘ini
to‘lamaydi. 
Yuqorida ko‘rib chiqqan lizing institutlari faoliyatlari natijasida 
O‘zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə