O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

Qisqa xulosalar 
Qishloq xo‘jaligida lizingni qo‘llashning obyektiv zaruratini qishloq 
xo‘jalik texnikalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, subyektlar o‘rtasida 
moslashuvchan xo‘jalik munosabatlari tizimini yaratish, qishloq xo‘jaligida 
iste’molchilarga kafolatli xizmat ko‘rsatishni kompleks ta’minlashning ishonchli 
tizimini shakllantirish bilan asoslash mumkin. 
Qishloq xo‘jaligi sohasida lizing tizimining rivojlanishi quyidagi 
muammolarni hal qilishga xizmat qiladi: mahalliy qishloq xo‘jalik texnikasi 
ishlab chiqaruvchilar monopoliyasini texnika olishning importdan foydalanish 
hisobiga yo‘q qilish va mos ravishda qishloq xo‘jalik texnikalari narxi 
disparitetini bartaraf etish; tovar ishlab chiqaruvchilarni moliyalashtirishning 
maxsus usuli bilan ta’minlash; dehqon va fermer xo‘jaliklarini zamonaviy 


127 
texnika va asbob-uskunalar bilan ta’minlash; ishlab chiqarishni texnik jihatdan 
qayta jihozlash va texnikalar aylanuvchanligini ta’minlash; 
Hozirgi kunda agrosanoat kompleksida “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” 
aksiyadorlik lizing kompaniyasi lizing faoliyatida ma’lum tajribalarga ega. Bu 
kompaniya qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan 
zamonaviy qishloq xo‘jalik texnikasi bilan ta’minlashni rag‘batlantirish, 
qishloqqa yetkazib beriluvchi traktor va hosil yig‘ish texnikasi uchun hisob-
kitoblar mexanizmini takomillashtirish maqsadida ta’sis etilgan. 
 
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. Qishloq xo‘jaligida lizing rivojlanishining zarurligi nimadan iborat? 
2. Qishloq xo‘jaligi sohasida lizing rivojlanishiga qanday sabablar 
mavjud? 
3. Agrolizing munosabatlarini umumiy sxemasini kelitirib, agrolizing 
subyektlarini sanab bering. 
4. Agrolizing bitimini amalga oshirishda ish turlarini tavsiflab bering. 
5. Qishloq xo‘jaligda lizing rivojlanishi qanday muammolarni yechishga 
qaratilgan? 
6. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi sohasida lizing faoliyatini 
qaysi lizing kompaniyalar amalga oshiradi. 
7. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” aksiyador lizing kompaniyasini lizing 
operatsiyalarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida so‘zlab bering. 
8. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyani lizing oluvchilari bilan 
munosabatlarni asosiy shartlarini yoritib bering. 
9. “O‘zavializing” aksiyadorlik lizing kompaniyasi haqida so‘zlab bering. 
10. “Qurilish — lizing”

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə