130
korxona ishining barqarorligini sotuv hajmini
oshirish, mahsulot assortimentini
o‘zgartirish belgilab beradi;
•
ishlab chiqarish vositalari bozorida faoliyat ko‘rsatuvchi korxona
biznes-rejasi ishlab chiqarishni qayta tiklashi va barqarorlashtirishi lozim
bo‘lgan investitsion yo‘nalishni yoritib berishi zarur;
•
maishiy-kommunal xizmatlar bozorida faoliyat ko‘rsatuvchi korxona
biznes-rejasi o‘z
ichiga transport, madaniy-oqartuv, sog‘liqni saqlash, axborot,
vositachilik va asosan muayyan iste’molchiga yo‘naltirilgan boshqa xizmatlarni
kiritadi;
•
mahsulotlarni axborot bozorida sotuvchi korxona biznes-rejasi yuqori
texnologiyalarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘lib, iqtisodiyotning
rivojlanish darajasi, tabiiy
resurslarning mavjudligi, intellektual salohiyatni
hisobga olishi lozim;
•
investitsiyalar bozorida faoliyat ko‘rsatuvchi
korxona biznes-rejasi
investorlarni kredit bilan ta’minlash bo‘yicha bank hujjati hisoblanib, uning
asosida kredit uchun optimal % stavkasini aniqlash yotadi;
•
innovatsiyalar bozorida faoliyat ko‘rsatuvchi korxona biznes-rejasi
ixtirolar, kashfiyotlar va boshqa intellektual mehnat yutuqlarini joriy qilishning
yakuniy natijalari yutuqlariga yo‘naltiriladi.
Shu tariqa, biznes-reja barcha bozor tuzilmalari uchun ular faoliyatining
o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: