O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə26/36
tarix21.05.2018
ölçüsü5,01 Mb.
#45126
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36

59-rasm. Bint bog'lamlar: a -gir aylantirib bog 'lush; /> buklab bog'lash;

qilib bog 'lash; с hutsimon qilib bog'lash; f - boshoqsitnon qilib bog'lash; g - toshbaqasimon qilib bog'lash; h chcpes va qalpoqqa o'xshatib bog'lash; i - bir ko'zni va ikkala ko'zni bog'lash; 5-2893

Dezo bog'lami yelka, o'mrov suyaklari singanda qo'llaniladi. Bog'lam qo'yishda bemorga va bog'lam qo'yuvchiga qator talablar qo'yiladi:



  1. bog'lam qo'yilayotgan bemorni yaxshi joylashtirish lozim: u o'tirishi yoki yotishi kerak;

  2. bemor harakat qilmasligi lozim;

' 3) tananing bog'lam qo'yiladigan joyi tinch turib, mushaklar taranglashmasligi zarur, aks holda mushaklar bo'shashganida, bog'lam yechilib ketishi mumkin;

  1. tananing bog'lam qo'yilgan qismi bog'langandan keyin, harakatlanishga qulay bo'lishi zarur;

  2. bog'layotgan odam bemorga yo`zma-yo`z turib, uning holatini ko`zatib turishi maqsadga muvofiq.

Bint bog'lamining asosiy turlari: ommaviy shikastlanishlarda birlamchi bog'lam tariqasida shaxsiy bog'lov haltachasi keng qo'llaniladi. Paket tarkibiga 2 ta 15x15 sm steril paxta-dokali yostiqchalar qirqib, ular eni 9 sm li sterillangan bintga bog'lanadi. Yostiqchalardan biri qattiq mahkamlangan, ikkinchisi qo'zg'aluvchan bo'lib, uni kerakli joyga surish mumkin. Bog'lov vositasi oq qog'ozga o'ralgan bo'lib, rezinalangan qobig'i bor va chekkalari yelimlab qo'yilgan. Qog'ozning ichki tomoni sterillangan. Bint oxirini mahkamlash maqsadida, haltacha ichida to'g'nog'ich bor. Hozirgi paytda skochdan foydalanish mumkin.

Shaxsiy haltachadan foydalanish qoidalari:

1) rezinkali qobiqni yirtib, yechiladi;




63-rasm. Bo'yin, tomoq, ensa sohalariga qo'yiladigan butsimon. (krestsimon) bog'lam.

62-rasm. Bosh jarohatlanganida «чепес» shaklida qo'yiladigan bog'lam.






2) qog'oz (piyonka) qobiq ichidan to'g'nog'ich chiqarib olinib,
qobiq tashlab yuboriladi;

  1. chap qo'l bilan bint uchidan ushlanib, ochiladi (bir o'rami);

  2. o'ng qo'l bilan bint o'rami ushlanib. katta ochiladi;



  1. yostiqchani rangli ip bilan tiqilgan joyidan ushlab, kerakli joyga suriladi (qo'yiladi);

  2. yostiqchalar bintlanib, bint uchi to'g'nog'ich (yoki skoch) bilan mahkamlananib qo'yiladi.

Har xil shikastlarda - suyak singanida, chiqqanida, badan jarohatlanganida shu joyni qimirlamaydigan qilish maqsadida, qattiq bog'lam transport shinasi yoki shinobop - shina taxtakach o'rnida ishlatsa bo'ladigan buyumlardan foydalansa bo'ladi. Buni. immobilizatsiya deyiladi. Immobilizatsiya oqibatida shikastlangan sohada og'riq kamayadi, suyak singan bo'lsa, suyak parchalari o'rnidan qimirlamaydi va uning o'tkir uchlari atrofdagi to'qimalarni (qon tomir va nervlarni) shikastlamaydi. Bunday bemorni ko'chirish masalasi osongina hal qilinadi. Transport shinalari.

Ular qattiq bog'lamlar bo'lib, Kramer, Filbir, Beller, Ko`zminskiy, Diterixs shinalari ko'proq ishlatiladi. Kerakli paytda shinaiar bo'Imay qolsa, bemorning singan suyaklarini immobilizatsiya qilish uchun qo'l



V

66-rasm. Qorin sohasidagi jarohatga qo'yiladigan boshoqsimon bog-lam.



a b

67-rasm. But sohasi jarohatlanganda qo'yiladigan bog'lov.
ostidagi turli buyumlardan foydalanish mumkin. Mabodo, shina o'rnini bosuvchi, shinabop buyumlar topilmasa, shikastlangan oyoqni, sog' oyoqqa, qo'lni esa ko'krak qafasi atrofiga bog'lab qo'yish mumkin (69-80-rasmlar).

68-rasm. Tovon, boldir, oyoq panjalari sohasidagi bog'lamlar. Tibbiyot zambili (81 -rasm).

Mazkur zambil buklanib, taxlanishi mumkin. Bemorni zambilda 2 ta yoki 4 ta odam ko'taradi. Bemorni zambilga tegishli holatda yotqizish mumkin. Zambilga bemorni ko'chirish uchun zambil bemor yoniga qo'yiladi. 3 kishi bemorning sog' tomoniga tiz cho'kib, ehtiyotkorona bemorning tagidan qo'llarini o'tqazishadi va «ko'tardik» degan buyruq bilan hammasi bemorni baravar ko'tarishadi. 3 ta yoki 4 ta kishi bemorni ko'tarishganida, uning tagiga zambilni to'g'rilab, qo'yishadi va bemorni uning ustiga tushirishadi. Havo sovuq bo'lsa, zambildagi bemorni biron narsaga (adyol) o'rash kerak (82-83-rasmlar).

Zambilda bemorni tashishda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:



  1. bemorning oyoqlari oldinda, bosh qismi orqada bo'Iishi (olib ketishayotganida) kerak;

  2. bemor hushini yo'qotgan vaqtlarda uni zambilga boshini oldiga qilib yotqiziladi (orqadagi zambilchilar uning holatini ko`zatib borishlari zarur);

  3. zambilni chayqatmay olib borish;

  4. imqon boricha tekis joydan shoshilmay yurish lozim;

  5. zinapoyadan chiqish paytida orqadagi zambilchilar uni qo'llariga ko'tarib oladilar (84-rasm):

  6. zinapoyadan tushish chog'ida zambilning oyoq tomoni oldinga





69-rasm. Transport shinalari:

a - Kramer shinasi; b - Filbri shinasi; d - Diterixs shinasi; e - Beller shinasi; f— Ko`zminskiy shinasi



76-rasm. Son suyagi chiqqanda taxta bilan fiksatsiya qilish.

75-rasm. Bemorga bog'langan Diterixs shinasi.






73-rasm. Qo'l-oyoqlar singanida shinalar (taxtachalar) qo'yish. Tepadu: chapda bilak suyagi singanida shina qo'yish; o'ngda yclka SUyagi singanida qo 'yilgan fanerli shina; pastda - son suyagi singanida shinani qo 'visit.


74-rasm. Son suyagi singanda qo'llanadigan Diterixs shinasi.

79-rasm. Mashtafarov bo'yicha bog'lovlar: 1 - orqaga va ko'krakka; 2 - songa; 3 - oyoq panjasiga.

81-rasm. Tibbiy zambil (a); qo'lda yasalgan zambillar (b).



qarab, oldindagi zambilchilar zambil dastalarini yelkalariga ko'tarib oladi, orqadagi zambilchilar iloji boricha qo'llarini pastroq tushiradilar.

Bemorni o`zoq masofaga olib borish uchun 8 raqamiga o'xshash qilib bog'langan tasmalardan foydalansa bo'ladi. Ayni paytda tasmaning ikkita xaqlasi zambil dastasini ko'tarish uchun xizmat qiladi (85-rasm).

Tibbiy zambil bo'lmaganida qo'l ostidagi boshqa narsalardan zambil yasash mumkin (2 ta yog'och va adyoldan, kigiz, sholcha, palto va hatto gilamdan) mabodo ular ham topilmasa, bemorni qo'lda ko'tariladi. Bemorni bir kishi qo'li bilan oldinga yoki yelkasiga olib ko'tarishi, yo bo'lmasa orqasiga opichib olib borishi mumkin (86-87-rasmlar).
88-rasm. Beinorni ikki kishi qo'lda qulf qilib ko'tarish

Bcmorni ikkita odam bo'lib ko'tarish osonroq, buning uchun bcmorni ikki kishi qo'llarini murakkab va oddiy qulf qilib (chambarak) va zambilda ishlatiladigan tasma yordamida olib borish mumkin (88-rasm).

Bcmorni olib boradigan maskan yaqin bo'lsa, goho qo'lini ko'tarayotgan kishining bo'yniga solib unga suyanib borsa ham bo'ladi. Ko'taruvchi odam bemorni belidan yoki ko'krak qafasidan ushlab borishi mumkin.
SHIKASTLANISH TURIGA QARAB BEMORLARNI KO'CHIRISH USULLARI

Bemorning boshi shikastlanganda yoki jarohatlanganda (bosh suyagi singanda. shikastlanganda, miya shikastlanganda) uni zambilda cxaqlancha yotqizib ko'tariladi. Bu paytda bemorning boshi tagiga dokaga o'ralgan paxta, rezina pufak, chanoq ostiga qo'yiladigan chambarak yoki boshqa biron yumshoq buyum qo'yiladi. maqsad bosh urilmasligi kerak (89-rasm).

Burun suyaklari singanda burundan qon keladi. Bunday bemorlarni zambilda yarim o'tirgan holatda boshini baland qilib tashiladi.

Jag'i singan bemorlarni o'tqazib. boshini biroz oldinga egib ko'tariladi.

Agar bemor hushsiz bo'lsa. qorni bilan yotqiziladi va peshonasi bilan ko'krak qafasi ostiga yumshoq narsa qo'yiladi. Shunday amallar bajarilsa, bemorning so'lagi. qoni xaqlumiga tiqilmaydi yoki tili orqaga ketib qolmaydi.

Pastki jag' suyagi singan bo'lsa, sopqonsimon bog'lab qo'yib. yuqori jag' suyagi singanda esa jag'lar orasiga bir parcha faner (orgalit, karton) qo'yib bosh o`zra bog'lanadi va suyak qimirlamaydigan holatga keltiriladi.

Umurtqa pog'onasi singanda bemorni qattiq zambilning ustiga cxaqlancha yoki qornini pastga qilib (tagiga taxta, faner, karton, orgalit) ko'chiriladi. Bemorni zambilga yotqizishda yoki zambildan olishda umurtqa pog'onasini aslo bukmasdan juda ehtiyot bo'lib olish. yaxshisi uni tagidan taxta bilan birga ko'tarib olish lozim (90-rasm).

Umurtqa pog'onasining bo'yin qismi singan bo'lsa bemor cxaqlancha yotqizilib, boshi biroz orqaga tashlanadi va bo'yin ostiga kiyimi yoki bolish qo'yiladi.

Qovurg'a yoki o'mrov suyaklari singanida bemorni o'tqazib, mabodo holati og'ir bo'lsa yarim o'tqazib zambilda olib boriladi.

89-rasm. Kalla suyagi singan odamning boshi ostiga yumshoq yostiqcha qo'yib transport vositasida tashish.

Chanoq suyagi singanda bemor tekis. qattiq sathga «baqa» holatida (ikki oyog'i tarvaqaylagan) yotqizilib, ya'ni soni va taqim
Bcmorni ikkita odam bo'lib ko'tarish osonroq, buning uchun bcmorni ikki kishi qo'llarini murakkab va oddiy qulf qilib (chambarak) va zambilda ishlatiladigan tasma yordamida olib borish mumkin (88-rasm).

Bcmorni olib boradigan maskan yaqin bo'lsa, goho qo'lini ko'tarayotgan kishining bo'yniga solib unga suyanib borsa ham bo'ladi. Ko'taruvchi odam bemorni belidan yoki ko'krak qafasidan ushlab borishi mumkin.


90-rasm. Bel umurtqasi singanda bemor zambilda shunday yotadi (a) va taxtaga shunday bog'lanadi (b).

91-rasm. C'hanoq suyaklari singanda bemorga «baqa» holatini berish.

tagiga buklangan kiyimi yoki yostiq qo'yib ko'tariladi. Oyoqlar yostiqdan tushib ketmasligi uchun ularni bir-biriga tasma bilan

bog'lanadi (91-rasm).

Oyoq suyaklari singanida bemor zambilda o'tirgan holatda

tashiladi.

Shok holatidagi bemorni yoki ko'p qon yo'qotgan bemorni yotqizib ko'tariladi.

Elektr quvvati urgan yoki yashin tushgan bemorni cxaqlancha yotqizib ko'tariladi.
JONLANTIRISH TADBIRLARI

Jonlantirish deb, odam tanasini o'lim oldi holatidan chiqarish uchun ishlatiladigan davolash-muhofaza tadbirlariga aytiladi. Ijobiy natijaga ega bo'lishda, shikastlanish odam tanasini biologik o'limga olib kelmagan bo'Iishi kerak. Biologik o'lim yurak va nafas faoliyatlari barham topgandan so'ng (klinik o'lim). 5-6 daqiqa o'tgach boshlanadi. chunki miya hujayralari 4-5 daqiqa mobaynida kislorod bilan ta'minlanmasa: nobud bo'ladi. oqibatda klinik o'limdan keyin biologik qazo kelib chiqadi.

Biologik o'limning oldini olish maqsadida. jonlantirish tadbirlari amalga oshiriladi: bemorga sun'iy nafas oldirilib. yuragi uqalanadi. arteriya qon tomiriga qon. uning o'rnini bosadigan biologik suyuqliklar va zarur bo'lgan dorilar yuboriladi.

Aholini kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordam ko'rsatish usullariga o'rgatish muhim davlat ahamiyatiga ega. Mirshablar. o't o'chiruvchilar, harbiy xizmatchilar, temir yo'lchilar, yo'l qurilishi ishchilari, elektr mutaxassislari, transportchilar, ya'ni o'zi bajaradigan faoliyatiga ko'ra falokat vujudga kelishi mumkin bo'lgan joylarda. hududlarda bo'ladigan kimsalar bunday usullarni, ayniqsa yaxshi o'zlashtirgan bo'lishlari shart.

SHIKASTLANGAN ODAMGA SUN'IY NAFAS OLDIRISH


  1. Bunday amallarga qo'l urishdan avval, shikastlangan odamning nafas yo'llarida begona narsalar yo'qligiga ishonch hosil qilish darkor. Bemor odamning burun. og'iz bo'shlig'i begona narsalardan. jumladan sun'iy tishdan ham tozalanadi.

  2. Bemor badanini qisib turgan kiyim-kechaklari yechiladi.

  3. O'pkalarga suv yig'ilgan bo'lsa, chiqariladi (92-rasm).

d

93-rasm. Sunxiy nafas oldirish: a - Silvestr usuli; b - Shyullerning birinchi varianti: d - Shyullerning ikkinchi varianti; e - Sheffer usuli.


7

Sun'iy nafas oldirish, bemor mustaqil nafas ola boshlaguniga qadar davom ettirilishi kerak.

  1. Yurak urmayotgan bo'lsa, uqalanadi.

SUN'IY NAFAS OLDIRISH 2 USULDA AMALGA OSHIRILISHI MUMKIN:



  1. asbob-uskunasiz nafas oldirish;

  2. asbob-uskuna yordamida nafas oldirish;



  1. Tibbiy xodim o'zi yoki sheriklari ishtirokida amalga oshiradi;

  2. Nafas oldirishda Silvestr, Sheffer, Shyuller va Lobrad usullarini qo'llash mumkin (93-rasm);

  3. Bemor hayoti chegara-terminal holatda bo'lsa, «og'izdan og'izga» yoki «og'izdan burunga» nafas berish foydali.

«Og'izdan og'izga» nafas berish paytida bemor cxaqlancha yotqiziladi, yordam ko'rsatuvchi bemorning bosh tomonida cho'kkalagan holda o'tiradi, bu vaqtda bemorning boshi orqaga egilgan bo'Iishi shart.

Bundan tashqari, bemorning kuraklari tagiga yostiq yoki boshqa yumshoq narsa qo'yish kerak. Aks holda til orqaga tortib ketib, havo yo'liga to'g'anoq bo'ladi. «Og'izdan og'izga» nafas berish usuli «og'izdan burunga» nafas berish usuliga ko'ra osonroq, chunki «og'izdan burunga» nafas berish paytida hamma vaqt ham burun yo'lidagi tiqilmalarni tozalab bo'lmaydi va ayniqsa burun devori qiyshiq bo'lsa (masalan, bokschilarda) ushbu amalni bajarish qiyinchilik bilan boradi (94-95-rasmlar).




95-rasm. «Og'izdan burunga» sun'iy nafas oldirish.

Sun'iy nafas oldirishda yordamchi bir qo'li bilan bemorning bo'yni tagidan ushlaydi ikkinchi qo'lini esa bemorning peshonasiga qo'yib boshini bosadi va ko'rsatkich hamda bosh barmoqlari yordamida burunning har ikkala katagini yopadi. Shundan keyin ko'makchi chuqur nafas olib dastro'molcha yoki doka bilan yopilgan bemor og'ziga havo purqaydi. Havoni puflash yaxshi natija berishi uchun ko'krak qafasini ko'taradigan kuch bilan amalga oshirish zarur. Bu paytda bemorning nafas chiqarishi o'z-o'zidan passiv bo'ladi. Bu hodisa o'pkalar ichida hosil bo'lgan bosimga, o'pkaning egiluvchan-ligiga (elastikligiga), bemor vazni




(semiz-ozg'inligiga) ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi. O'pkalarda me'yor darajasida havo almashinuvini ta'minlash maqsadida, har bir daqiqada 14-18 marta faol nafas purkash lozim. Mazkur usulda, maxsus S-simon (ilon izi kabi) yoki oddiy rezinkali naychadan foydalanish mumkin. Ushbu usulni ishlatilganda ham bemorning boshi «og'izdan og'izga» nafas oldirish usulidagi kabi holatga keltiriladi.

Rezina-drenaj naycha bo'lsa uni burun katagining bittasiga kirgizib, ikkinchi teshigi mahkam yopiladi va ayni naycha orqali og'izdan puflab havo yuboriladi.

Naycha bo'lmagan taqdirda nafas oldiradigan odam bir qo'li bilan bemorning pastki jag'ini yumib, og'zini berkitadi va ikkinchi qo'lining barmog'i bilan bemor burnining bir katagini mahkam qisib, o'z og'zidan burunning ikkinchi katagiga havoni purqaydi.

Sun'iy nafas oldirishning hamma usullarida ham bemor tilining og'iz bo'shlig'ida to'g'ri turishiga ahamiyat berish shart.

ASBOB-USKUNA YORDAMIDA NAFAS OLDIRISH
Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish jarayonida, ayni usul sun'iy nafas oldirish uchun ancha qulay keladi. Bu jarayonda РПA-1, РПA-1, РПА-2, ДП-2, «Tog' qutqaruvchisi» va boshqa rusumdagi asbob-uskunalardan foydalanish mumkin.

РП A-1 rusumli asbob-uskuna dam berib nafas oldiriladigan, qo'lda ko'tarib yurishga moslashtirilgan (portativ) asbob bo'lib, bosqon bilan bemorni og'iz va burniga qo'yiladigan niqobdan iborat.

Bosqon dam berilganida. o'pkalarga (96-rasm, a) havo kiritiladi (nafas olish), keyin bemorning o'zi o'z-o'zicha (passiv) holatda nafas chiqaradi. Bosqonda havoni so'radigan qopqoqcha (klapan)

mavjud bo'lib bosqon ichiga so'riladigan havo miqdorini aniqlash uchun yonida cheklovchi kamar bilan tugmachasi (knopka) bo'ladi. Bosqon yordamida 1,5-1,0-0,5 va 0.5 litr hajmda havo yuborish mumkin. Asbobda havo o'tqazadigan naylar va kattalar hamda yosh bolalarga mo'ljallangan katla-kichik alohida niqoblar bo'ladi. Mazkur asbob bilan faoliyat olib borishda avval og'iz bo'shlig'iga havo o'tqazadigan nay o'rnatilib niqob og'iz va burun sohasiga qo'yiladi. Katta odamlar uchun bosqon yonidagi kamar 1,0-1,5 litr hajmga to'g'rilab qo'yiladi. Keyinchalik yuboriladigan havo miqdori ko'krak qafasining ekskursiyasi hajmiga qarab to'g'rilab boriladi. Bosqondan minutiga 20-30 marta dam berish yo'li bilan o'pkalarga havo kiritiladi.

РДА-1 o'zining sifati va imqoniyatlari jihatidan RPA-lga uxshab ketadi. Ammo bosqon o'rnida nafas berish uchun rezina halta bo'ladi, ushbu haltani siqish yo'li bilan bemorning nafas yo'llariga havo kiritiladi. Halta qo'yib yuborilganida havo so'ruvchi klapan orqali halta ichiga so'rilib, haltani kengaytiradi. Mazkur asbob yordamida nafas yo'Haridagi begona narsalarni (suyuqliklar, qusuqni) ham tortib olish mumkin (96-rasm, b).

РПА-2 boshqa asbob-uskunalarga ko'ra murakkabroq to`zilgan bo'lib, bosqonning g'ijim qilib buklangan nayi niqob yoki nafas o'tqazish (intubatsiya) nayi bilan tutashtiriladi. O'pkalarga yuboriladigan havoga ballondan kislorod aralashtirib berish va nafas yo'lidagi begona suyuqliklarni so'rib olish ham mumkin. Ushbu asbob shil'oxonalarda va tez tibbiy yordam ko'rsatish kichik guruhchalarida amalda qo'llaniladi (97-rasm). Undan foydalanish paytida quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak bo'ladi:



  1. sun'iy nafasni har vaqt ham nafas chiqarishdan boshlash;

  2. nafas yo'llari begona narsalardan xolis bo'lishi;

3) nafas chiqarish, nafas olishga nisbatan ikki karra davomliroq
bo'lishi;

4) ko'krak qafasining harakatlari (chiqib tushishlari) aniq ko'rinishi.


Mazkur asboblarni 30-40 daqiqa ishlatish mumkin. Asbob bilan

ishlab turgan paytda, yurakni bilvosita uqalash zarur bo'lib qolsa, u holda yordam ko'rsatuvchilar soni kamida 2 kishidan iborat bo'lishi kerak.

Avtomat respiratorlar-AIt-2, АНД-2 va PO-l ishlatiladi. ДП-2 ixtisoslashgan tez yordam avtotransportining jihozlari majmuasiga kiradi. Bu asbob kislorod balloni bilan ishlaydi va faol nafas olish bilan nafas chiqarishni ta'minlaydi. Bemor o'pkalariga beriladigan havo tarkibida. 45-50 % kislorod bo'ladi. Asbob nafas oldirish va nafas chiqarish jarayonlarini avtomat ravishda amalga oshiradi, ya'ni o'pkalarga kirgan havo miqdoridan qat'iy nazar o'pkalarda bosim simob ustuni hisobi bilan 13-15 mm ga yetganida nafas oldiradi va bosim manfiy 5-7 mm ga tushganida nafasni chiqartiradi.

Asbob yordamida sun'iy nafas oldirishning samarador bo'lishi, 1-navbatda bemor bilan asbob tizimining zich berkitilganligiga (germetik) bog'liq bo'ladi. Niqob bilan bemor yo`zi orasidan havo o'tgudek bo'lsa, u holda o'pkalarga havo kam miqdorda kiradi. Ammo, niqoblardan foydalanish paytida to'la zichlikka ega bo'lish mumkin bo'lmaydi. Shu boisdan ham kekirdakka (traxeyaga) laringoskop ishtirokida intubatsion naycha kiritilib, nay atrofidagi bo'shliq manjetka (matoli o'rov) yoki tampon (tiqinchoq) bilan berkitilsa. tizim zichlanadi. Nafas yo'liga intubatsion nay qo'yilganida. kekirdak ichida yig'ilib qolgan suyuqliklarni so'rib olish maqsadida, imqon yaratiladi va bundan tashqari tilning orqaga ketib qolish xavfi barham topadi.

Shifoxona sharoitida bemorga kun bo'yi yoki oylab sun'iy nafas oldirib turish kerak bo'lsa, elektr quvvati bilan ishlaydigan maxsus asbob-uskunalar qo'llaniladi (АНД-2 va PO-l). Bu asboblarda nafasning chuqurligi, tezligi, nafas olish va chiqarishning muddatini to'g'rilab tursa bo'ladi.

Quyidagi holatlarda odamga nafas oldirish zarurati tug'iladi:



  1. dabdurustdan nafas barham topganida;

  2. nafas musqo`llarining shollanishi oqibatida alveolalarda havo almashinuvi susayganda, gipoventilyatsiya, poliomiyelit, poliradikulonevrit, orqa miya shikastlanganida va h.k. (klinik va tahlil ma'lumotlariga ko'ra gipoksiya va giperkapniya sodir bo'lganida);

3) alveolalardagi gipoventilyatsiya o`zunchoq miyadagi
markazlarning falajlanishiga aloqador bo'lganida;

4) alveolalardagi gipoventilyatsiya hodisasi havo almashinuvida


ishtirok etadigan o'pkalar hajmining kichrayishiga bog'liq bo'lganida,
masalan, o'pkalar atelektazi. pnevmoniyalar va boshqa holatlarda.

Nafas tezligi, nafas olinadigan va nafas chiqariladigan havo bosimlari va qondagi o'zgarishlarning muntazam ko`zatuvi, jonlantirish haritasiga har 15-30 daqiqada bitiladi.

QON AYLANISH SHDAN CHIQQANIDA AMALGA OSHIRILADIGAN JONLANTIRISH TADBIRLARI

Odam tanasidagi barcha to'qimalarning me'yoriy hayot faoliyati uchun kislorod bilan oziq moddalar doimo yetarli miqdorda kelib turishi lozim. Tanada kislorod yetkazib beradigan birdan-bir manba qondir; zarur bo'lgan ozuqaviy moddalar ham qon orqali to'qimalarga yetkaziladi. Moddalar almashinuvi oqibatida vujudga kelib chiqadigan moddalar ham to'qimalardan yana qon orqali chiqarib tashlanadi. Shu boisdan ham qon tanada tomirlar bo'ylab to'xtovsiz aylanib turishi shart.

Tanada me'yoriy darajada qon aylanib turishi uchun arterial qon bosimi muayyan darajada bo'lishi taqozo etiladi.

Yurak ishi yetishmovchiligida miokardning qisqarish qobiliyati susaysa uni tiklash maqsadida strofantin, korgliqon va boshqa dorilar qo'llaniladi.

Kollaps holatida tomirlarning tonusini tiklash uchun noradrenalin yoki mezatondan foydalanish mumkin.

Haqiqiy kamqonlik oqibatida kelib chiqqan yurak yetishmovchiligida bemorga qon yoki uning o'rnini qoplashi mumkin bo'lgan suyuqliklar yuborish lozim.

Ko'pincha qon vena qon tomiriga quyiladi. Mabodo vena qon tomiriga igna kiritish imqoniyati bo'lmasa suyak ko'migiga qon quyish qulay (tovon suyagi, to'sh va chanoq suyagi qanotiga). Ba'zi hollarda vena qon tomirini ochish - venaseksiya usuli bilan qon quyiladi. Quyidagi holatlarda odamga qon quyish zarur bo'ladi:


  1. ko'p qon yo'qotilganda;

  2. kollaps va shikastlanish karaxtida;

  3. og'ir jarrohlik amallari vaqtida;

  4. tanaga zaharli moddalar tushganida;

  5. qon ketganida uni to'xtashi uchun;

  6. qon kasalliklarida;

  7. bemorni jarrohlik muolajasiga tayyorlash maqsadida. Quyidagi holatlarda qon quyib bo'lmaydi: l)buyrak kasalliklari;



  1. jigar kasalliklari;

  2. yurak o'z faoliyatini qoplay olmaganida;

  3. miyaga qon quyilganida;

  4. bosh miyaning shikastlanganida.

Yurak dabdurustdan to'xtab qolganida ko'riladigan tadbirlar:

  1. miokardni kislorod kamomadidan olib chiqish;

  2. yurakni sun'iy yo'l bilan qisqartirish.

Yurakni uqalash va shu bilan birga sun'iy nafas oldirish yurakni ezg'ilab uqalash jarayoniga kiradi.

YURAKNI EZG'ILAB UQALASH


Yurakni ezg'ilab uqalash jarayoni 2 usulda amalga oshirilishi mumkin:

  1. bilvosita;

  2. bevosita.

YURAKNI BILVOSITA UQALASH


Mo`zkur jarayonda yurak to'sh suyagi bilan umurtqa pog'onasi orasiga qisiladi, oqibatda qon yurakdan kichik va katta qon aylanish doiralariga o'tadi, yurak bo'sh qo'yilganida uning devorlari yozilib bo'shliqlariga qon qaytadan o'tadi. Shu usulda sun'iy yo'l bilan qon aylanishini paydo qilib, hayot uchun muhim bo'lgan a'zolar faoliyatini tiklash mumkin bo'ladi. Natijada yurak mushaklari qon bilan ta'minlanadi va uning mushaklari mustaqil ravishda qisqarishi mumkin.

Bunday amallarni bajarish uchun bemor tekis qattiq yerga, polga cxaqlanchasiga yotqiziladi. Agar bemor yotoqda bo'lsa, ko'krak qafasi tagiga qattiq buyum yoki taxta qo'yiladi va to'sh suyagining uchidan 2 barmoq yuqoriga (to'sh suyagining pastki qismida) bir qo'l kafti, barmoqlar uchi bemor badaniga tegmaydigan qilib qo'yilib ikkinchi qo'li qirrasi bilan ustidan siqiladi; zarb bilan eziladi. Agar bemor yerda yotgan bo'lsa, yordam ko'rsatuvchi tizzasi bilan cho'kkalab o'tiradi. Ko'krakni har safar qisib ezganda to'sh suyagi umurtqa pog'onasiga 3-4 sm yaqinlashadigan bo'lishi lozim.

Ko'krak qafasi qisilayotgan paytda qo'l tirsak bo'g'imidan buqilmasdan, to'g'ri turishi kerak. Qisish paytida bosimni oshirish maqsadida gavdaning og'irligini qo'lga tashlash zarur, ayniqsa qari bemorlarda, chunki ular ko'krak qafasining ezilib-buqilish darajasi katta qarshilik sharoitida amalga oshadi. Qo'l zarb'bilan ko'krak qafasiga bosilgandan keyin qo'lni ko'krakdan olmay tez

bo'shashtiriladi. Shu alpozda yurak uqalanganida, ko'krak qafasining qisilish vaqtida yurak ham qisiladi va uning bo'shliqlaridagi qon tomirlariga haydaladi, qo'l bo'shashtirilganda esa, qon qaytadan yurak bo'shliqlariga kiradi (98-rasm).

arteriyasi miq etmay turaversa. u holda yurak uqalashni bilvosita usulda minutiga 60 marta amalga oshirish lozim. Ushbu paytda, o'pkalarga ikki marta havo kiritilganda, 15 marta yurak uqalanadi (yordam beruvchi 1 o'zi bo'lganida) (99-rasm).


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə