O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə25/36
tarix21.05.2018
ölçüsü5,01 Mb.
#45126
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36

XO`JALIK BO’LIMI.

Bo’lim kiyim – kеchaklar, xujalik buyumlar oziq-ovqat tеxnik va boshqa hayotiy zaruriy anjomlar ta'minotini bajarishi kyerak. BTYoO ni bo’limlari ishlashi uchun tayyorlanish jarayonida BTYoO boshliq`ilaridan vaqti bilan kyerakli ma'lumotlarni olib xulosa chiqarishi mumkin.

Bunda asosan:

BTYoO ga kеlib tushgan jarohatlarning soni,

Birinchi vrachlik yordamiga muxtojlar soni,

Shok holatiga tushganlar axvoli,

BTYoO ga vaqtinchalik gospitalizatsiyalashga extiyoji borlar soni,

Kasalxona bazasida evakuaiya etilishi zarur bo’lganlar soni, yuqumli xastaliklarni aniqlashi va ularni izolyatsiyalanishi, evakuatsiyalanishi,

Jarroxlanish oqibatida halok bo’lganlar soni.
Bu barcha ma'lumotlar BTYoO boshligi tashkiliy ishlarni to`g`ri uyushtirish uchun o`z vaqtida chora tadbirlarni qo`llash hamda fuqarolar muhofazasining tibbiy yordam ko’rsatish shtabiga ma'lumot byerish uchun olinishi tartibli yo`lga kuyilmokligi talab qilinadi. Jarohatlanganlarni o`z vaqtida evakuatsiyalanishi ta'min etish maqsadida BTYoO ni boshigi tuman,shahar FMTX shtabiga transport vositasiga talabnoma byerishi kyerak.

BTYoO –ni boshligi jarohatlanganlarni vaqtida еtarli darajada saviyada evakuatsiya etishni ularni buning uchun tayyorlash, transport vositalariga yuklash hamda eng kulay yakinrok joylashgan kasalxona kollеktoriga evakuatsiya etilishini ta'minlash kyerak.

BTYoO dan jarohatlanganlarni to`g`ridan-to`g`ri o`choqdan bir muncha o`zok masofada joylashgn davolash tarmolariga evakuatsiya etish holati ham bo`lishi mumkin. Bunda tеmir yul transporti, suv transportlaidan foydalanishda to`g`ri kеlishi mumkin. Xolatlarini,jarohatlanganlarni BTYoO dan evako qabul xonalariga ya'ni aeroport,tеmir yul vokzali,portlar tashkil etilgan evakopryomniklarga junatiladilar. Barcha holatlarda BTYoO dan evakuatsiyalashtirish tartibini shahar yoki tuman fuqaro muhofazasining tibbiy xizmat ko’rsatish shtabi bеlgilaydi. BTYoOni boshligi FMTX shtabi evakuatsiyalanish jarayonida yo`zaga kеlgan barcha vaziyatlar haqida shtab boshligiga ma'lumot byerishi shart. Shuningdеk jarohatlanganlarni evako qabul punktida junatilish vaqti, soni va buning uchun kyerakli avtotransport vositalarini soni haqida ma'lumotnoma ham fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati shtabiga еtkazilib turilishi talab qilinadi.
Zarar ko'rgan joylarda odamlarni, voqealar sodir bo'lgan soniyadan boshlab, to ularning salomatliklarini butkul ravishda asl holatiga keltirgunicha, quyidagi yordam turlari amalga oshirilishi taqozo qilinadi:


  1. umumiy yoki ommaviy yordam; 2) o'rta ma'lumotli hamshira (feldsherlik) tibbiy yordami; 3) oliy ma'lumotli hamshira tibbiy yordami; 4) birinchi shifokor yordami;

  1. malakali shifokor yordami; 6) maxsus shifokor yordami; 7) reabilitatsiyalash tibbiy yordam.

Dastavval shikastlangan o'choqda qolgan odamlarga umumiy yordam beriladi. Ayni jarayonda, aholining deyarli barcha qatlamlari qatnashadi. Shu boisdan ham bunday yordam turini ommaviy deb atasa ham bo'ladi.

Umumiy yordamning maqsadi - shikastlangan joylardagi odamlarni noxush voqealar ro'y berganida, ular es-hushlarini yig'ib olgunlaricha ketgan vaqt ichidagi yordamning hamma turlari kiradi. Dastlab qilinadigan ish shundan iboratki, to'satdan bo'lgan hodisaga ro'para bo'lgan odamni tinchlantirish zarur. Bosib qolgan narsalar, jumladan daraxtlar, imoratlar va h.k. tagidan ularni qutqarib olish va ularga ruhiy, ma'naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, moddiy va boshqa turdagi yordamlarni berish zarur. Aytilgan amallarni bajarish chog'ida tibbiy bilim ko'nikmalarini egallagan biron-bir mutaxassisning zarurati bo'lmaydi. Qo'rquvdan qattiq iztirob chekkan aholiga, keyinchalik lozim bo'lgan tibbiy yordam ko'rsatish boshlanadi. Mazkur jarayonda fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatiga oid bo'lgan bo'limlar faoliyat ko'rsatadilar. ,

Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati faoliyati, shikastlangan o'choqlar vujudga kelganidan so'ng, tuman fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i tomonidan tashkil qilinadi.

ZARARLANGAN O'CHOQLAR PAYDO BO'LGANIDA TIBBIY SHAROITNI BAHOLASH USLUBI

Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i faoliyatining qismlari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin: 1) yo`zaga kelib chiqqan sharoitni odilona hisobga olish; 2) uni to'g'ri baholash. Shundagina qabul qilinadigan qaror atroflicha va asosli bo'lishi ko`zatiladi.

Tibbiy sharoitni baholash fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati faoliyatiga ta'sir etuvchi taktik, muhandislik, yong'inli, radiatsiyaviy (kimyoviy) sharoitlar va boshqa omillarga asoslanib, amalga oshirilishi kerak. Undan tashqari, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining boshlig'i shikastlangan o'choqlarning tibbiy-taktik tavsifini yaxshi bilishi zarur.

Boshliq dushman tomonidan ommaviy qirg'in quroli ishlatilgandan keyin vujudga kelgan tibbiy sharoitni to'g'ri baholash uchun fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatiga oid ishlarni sharoitni hisobga olgan holda tashkil etishi va quyidagi ma'lumotlarga ega bo'lishi lozim: 1) aholining zichligi va ishchilar hamda xizmatchilar soni; 2) ularning qayerlarga joylashgani; 3) aholini himoya qurilmalari bilan ta'minlash darajasi; 4) ularni shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash hajmi; 5) fuqarolar kuchlari va vositalarining mavjudligi va ularning joylashgan manzilgohlari; 6) zararlangan joyning relyefi (baland-pastligi, o'nqir-cho'nqirligi); 7) ob-havo sharoiti (harorati, bosimi, nisbiy namligi, quyosh nurlanishi, shamol tezligi, «shamollar atir guli», inversiya); 8)faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, xususiy tizimlar soni va zichligi; 9) arrof-muhitning yashillik va ekologik holati; 10) mavjud transportlar turlari va soni; 11) yo'llarning transportlar va piyoda harakatlanuvchilarni qabul qilish darajasi va ularning bir-biriga nisbatan joylashuvi.

Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i dushman tomonidan ommaviy qirg'in quroli qo'llanilganidan keyin, sharoitni tibbiy jihatdan baholash uchun fuqarolar muhofazasi shtabidan quyidagi ma'lumotlarni olishi lozim: 1) yadro quroli portlatilgan joy, uning turi va quvvati; 2) ob-havo ma'lumotlari (shamolning yo'nalishi va tezligi, havoning avzoyi); 3) yo'llar, ko'priklar, o'tish joylarining holati; 4) radiatsiyaviy sharoit; 5) yadroviy shikastlanish o'chog'idagi binolarning bo`zilib ketgan shahar qismi.

Radiatsiyaviy sharoit haqidagi ma'lumotlarni radiatsiya va kimyoviy zaharlovchi moddalarga qarshi himoyalovchilardan, shahar ichidagi bo`zilishlar to'g'risida axborotni esa muhandislik xizmatidan olinadi.

Radiatsiya va kimyoga qarshi hamda muhandislik xizmatidan olingan ma'lumotlar haritada ifodalanib, shahar (tuman) chizmasiga (plan) kiritiladi.

Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i radiatsiyaviy bulutni shamol tezligida tarqalishini inobatga olgan holda, dastavval to'g'ri baholashi zarur: 1) radiatsiyaviy bulut taxminan yetib boradigan hududlardagi radiatsiyaviy sharoitni; 2) ushbu yerlardagi tibbiy

xizmat kuchlarini himoya qilish qarorini qabul etishni; 3) yadroviy shikastlangan o'choqdagi sharoitni baholashga o'tish.

Shikastlangan o'choqlardagi sharoitni baholash jarayonida quyidagi amallar bajariladi:

1) xaql xo'jaligi inshootlari va butun tuman (shahar) bo'ylab
vujudga kelishi mumkin bo'lgan sanitar yo'qotishlarni hisoblash.

Shahar chizmasida (plan) xaql xo'jaligi inshootlarining oldindan aks ettirilishi fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'iga, shahar qurilishining qaysi qismida ekanliklarini tezda aniqlash imqonini beradi. Har bir inshootdagi ishchi va xizmatchilar soni, ularning himoyalanish darajasi (miqdori, himoya yerto'lalarini baholash) va hajmi haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lib, himoyalangan va himoyalanmagan aholi orasidagi vujudga keladigan sanitar yo'qotishlarni jadvallar yordamida aniqlab, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i har bir inshootdagi taxmin qilinadigan yo'qotishlarni hisoblab chiqishi, olingan natijalarni qo'shib, umumiy yo'qotishlar (shu qatorda sanitar) sonini aniqlashi mumkin;

2) fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tomonidan dastlabki tibbiy
va hamshira hamda 1-shifokor yordamini ko'rsatish uchun zarur
bo'lgan kuchlar va vositalarning mavjudligi, talabga ko'ra javob bera
olishini aniqlash.

Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati kuchlarini aniqlash dastlabki tibbiy va 1-shifokor yordamini amalga oshirish maqsadida olib boriladi. Ayni maqsadda fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i sanitar guruhlari (SD-sanitar drujinalar) va dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi (DTYKG) imqoniyatlari, dastlabki tibbiy yordamni amalga oshirish muddati qutqaruv ishlarini bajarish uchun kerak bo'lgan ishchi va xizmatchilarning navbatchilik sonini bilishi kerak. Zarur bo'lgan sanitar guruhlari (drujinalari) va dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi (DTYKG) sonlari, ^asosan sanitar yo'qotishlar miqdori va mazkur tuzilmalarning imqoniyatlari bilan belgilanadi;

3) fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati kuchlari va vositalarida kelib
chiqqan yo'qotishlarni baholash:

4) kuchlarni kiritish yo'nalishlarini va shikastlanganlarni


ko'chirishni baholash;

Buning uchun fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i radiatsiyaviy. muhandislik va yong'inli sharoitlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lishi lozim.

5) shikastlanganlarni ko'chirish maqsadida kerak bo'lishi mumkin
bo'lgan transport vositalariga talabni bilish. Bu paytda ularning
imqoniyatlarni aniqlash va ishlatish tartibi belgilanadi. Fuqarolar
muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i sharoitni aniqlab bo'lgach,
fuqarolar muhofazasi rahbariga shikastlangan o'choqda aholi uchun
tibbiy yordamni tashkil etish haqida taklif tayyorlaydi.

Kimyoviy zararlangan o'choqlar vujudga kelganida, tibbiy sharoitni baholash maqsadida, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i quyidagi ma'lumotlarga oldindan ega bo'lishi kerak: 1) aholining ishchi va xizmatchilar soni; 2) ularning himoya qurilmalari (himoya yerto'lalari) bilan ta'minlanganligi; 3) aholining shaxsiy himoya vositalariga bo'lgan ehtiyoji qondirilganligi; 4) fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati kuchlari va vositalari soni hamda ularning joylashuvi; 5) yo'llarning mavjudligi va ular holati; 6) joyning baland-pastligi, o'nqir-cho'nqirligi (relyefi); 7) suv manbalarining boriigi va ular ahvoli; 8) hammomlar soni va ularning joylashuvi; 9) dush (suv purkagichlari ostida yuvinish) va sanitariya-gigiyena xonasining mavjudligi va joylashuvi; 10) zaharlovchi moddalar qo'llanilgan joy va ularning turi; 11) zaharlovchi kimyoviy moddalar bilan zararlangan joyning maydoni; 12) shamolning yo'nalishi va uning tezligi hamda boshqalar.

Mavjud dastlabki ma'lumotlarga ko'ra fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i kimyoviy zaharlovchi moddalar bilan zararlangan o'choqdagi aholi orasida bo'lishi mumkin bo'lgan yo'qotishlarni hisoblab aniqlashi mumkin bo'ladi. Sanitar yo'qotishlar darajasiga quyidagi omillarning dushman tomonidan kimyoviy zaharlovchi moddalar qo'llanilgani haqida o'z vaqtida ogohlantirish, aholi tomonidan himoya yerto'lalaridan o'z vaqtida va to'g'ri foydalanish. shaxsiy himoya vositalari va tibbiy shaxsiy himoya vositalaridan to'g'ri va o'z vaqtida foydalanish ta'sir etishini inobatga olish lozim.

Kimyoviy zaharlovchi moddalar bilan zararlangan o'choqlarda taxminan sanitar yo'qotishlari hisoblab chiqilgach. fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i


shikastlanganlarga dastlabki tibbiy va 1-shifokor yordamini ko'rsatish uchun quyidagi narsalarni aniqlaydi:

1) shikastlangan o'choqqa sanitar guruhlarini (drujinalarini) kiritish tartibini; 2) dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhining (DTYKG) ishlash joyini; 3) shikastlanganlarni ko'chirish uchun kerak bo'ladigan transportlar sonini; 4) shikastlanganlarni dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi (DTYKG) tomon ko'chirish yo'llarini; 5) shikastlanganlarni shahardan tashqariga ko'chirish maqsadida qo'llanilishi mumkin bo'lgan yo'nalishlarni.

Sanab o'tilgan amallar bajarilgandan so'ng fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i fuqarolar muhofazasi rahbari nomiga kimyoviy zaharlovchi moddalar bilan zararlangan o'choqda aholini tibbiy jihatdan ta'minlash taklifini tayyorlaydi.
YADROVIY SHIKASTLANGAN O'CHOQDA DASTLABKI TIBBIY YORDAMNI TASHKIL QILISH

Mazkur o'choqda, dastlabki tibbiy yordam, o'ziga va o'zaro tartibda, sanitar guruhlari (SG), sanitar bo'limlari (SB), fuqarolar muhofazasining qo'shinlar qismidagi tibbiy bo'limlar, fuqarolar muhofazasi qismlari, fuqarolar muhofazasi tuzilmalarining shaxsiy tarkibi tomonidan imqoniyat boricha qisqa vaqt ichida amalga oshiriladi. Tibbiyot xizmati kuchlari shikastlangan o'choqqa fuqarolar muhozafasining yagona guruhi tarkibida fuqarolar muhofazasining umumiy maqsadda tashkil etilgan tuzilmalari va xizmatlari bilan birga, qutqaruv, kechiktirib bo'lmaydigan talafot-ta'mirlash ishlarini bajarish uchun kiradi. Mazkur ishlar (agar, radiatsiyaviy sharoitlar imqon bersa), bir vaqtning o'zida o'choqning barcha hududida, tun-u kun va muntazam ravishda oxirigacha amalga oshirilishi kerak. Fuqarolar muhofazasi shahar tumanining guruhlangan kuchlari ushbu tuman fuqarolar muhofazasining qarori bilan tashkil etiladi. Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati kuchlari, ularni ishlatish tartiblari vujudga kelgan sharoitlarni inobatga olgan holda, tuman tibbiy xizmati boshlig'i tomonidan belgilanadi. Sanitar guruhlar (SG) ishlari fuqarolar muhofazasining vaziyatga qarshi boshqa tuzilmalari bilan birga bajariladi.

Joylarda vazifalarni amalga oshirishdan oldin o'choqlarda fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i sanitar guruhlari (SG) boshliqlari oldiga kerakli vazifalari qo'yishi lozim. Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i bajarilishi lozim bo'lgan masalalarni hal etishdan avval, quyidagilarga e'tibor berish yo`zasidan ko'rsatmalar beradi:

1) har bir sanitar guruhi (SG) ishlashi kerak bo'lgan hududlar;

2) sanitar guruhining ishlar olib borayotgan hudud qismida,
bo'ysunish tartibiga ko'ra, har bir ishlash joyida umumiy rahbarlik
qilish qutqaruv tuzilmalari boshliqlariga yuklatiladi;

3) sanitar guruhining (SG) ishlash muddati;



  1. shikastlanganlarni olib chiqish joyi va yo'li (transportlarga shikastlanganlarni o'tqazish joyini belgilash);

  2. dushman tomonidan qayta hujumning amalga oshirilish alomatlarini yetkazish va himoya usullari;

  3. dozimetrik nazorat va nurlanishning mumkin bo'lgan eng katta dozasini aniqlash tartibi.

Sanitar guruhi (SG) boshlig'i bajarilishi lozim bo'lgan vazifalarni aniqlagach, qo'l ostidagi sanitar zanjiri - tizimi oldiga ayrim vazifalarni qo'yadi. Bu paytda u, ularning har biriga ishlash joyini va uning o'zi qayerda bo'lishini tayinlaydi. Ish jarayonida, sanitar guruhi (SG) boshlig'i, asosan, sanitar zanjiri tizimini boshqaradi.

Murakkab joylarda, ishlarni boshqarish maqsadida sanitar guruhi (SG) boshlig'i, ma'naviyat bo'yicha muovinini jo'natadi. Sanitar guruhi (SG) boshlig'i sanitar zanjiri - tizimlari bilan bo'ladigan aloqani belgilar va aloqachi yordamida amalga oshiradi. Tashkiliy masalalarni hal etish qisqa vaqt ichida aniq ravishda olib boriladi.

Barcha sanitar zanjiri - tizmi oldiga bajariladigan vazifalar qo'yilgach, sanitar guruhining (SG) shaxsiy tarkibi shikastlanganlarni qidirib topib, ularga dastlabki tibbiy yordam ko'rsatishni boshlab yuboradi. Bunday amallar dastavval qulagan, yonib ketgan joylarda. keyinchalik yong'inlarning o'chirilishi, himoya yerto'lalarining ochilishi, qulagan narsalardan tozalanishi tufayli, joyning qolgan qismi fuqarolar muhofazasining boshqa

tuzilmalari tomonidan bajariladi. Shikastlanganlarga beriladigan dastlabki tibbiy yordam ular topilgan joylarda amalga oshiriladi.

Yadroviy shikastlanish o'chog'ida, beriladigan dastlabki tibbiy yordam, quyidagi muolajalarni o'z ichiga oladi:

1) qon oqishini vaqtinchalik to'xtatish;



  1. yonayotgan yoki tutayotgan kiyimlarni o'chirish;

  2. kuygan va jarohatlangan hollarda dastlabki bog'lovni qo'yish

4) qo'1-oyoqlar va to'qimalar keng ko'lamli shikastlanganida ularni
tinch holatga keltirish (immobilizatsiya);

  1. og'riqni qoldiruvchi vositalarni tanaga kiritish;

  2. nafas yo'llarining o'tuvchanligini ta'minlash;

7) havo tozalagichlar va shaxsiy doridondagi boshqa moddalardan
foydalanish;

  1. o'pkaga sun'iy nafas oldirish;

  2. yurakni bilvosita uqalash va boshqalar.



DASTLABKI TIBBIY YORDAMNI KO'RSATISH
1. Qon ketishini to'xtatish (49-53-rasmlar): jarohatni siqish; jarohatlangan tana qismini ko'tarib qo'yish; odamni cxaqlanchasiga yotqizish; boshini balandroq qilish; jarohatni siqib bog'lash; jarohatdagi jismga tegmaslik (vaziyatga ko'ra, agar shunday qilinganda qon oqishi kuchayib ketadigan bo'lsa); jarohatga steril taxlamma (salfetka), bint yoki toza mato qo'yish; jarohat qismi yurak sathidan balandroq bo'lishini ta'minlash; jarohatni bint bilan bog'lash va yopishqoq plastir yoki skoch yoxud to'g'nog'ich bilan mustahkamlash, ayni maqsadda ingichka rezinka xaqlachalardan, shisha idishlarga kiydiriladigan paralon turidan foydalanish; qo'l-oyoqlarni bog'lash, barmoq uchlarini ochiq qoldirish, chunki ular rangiga qarab, mazkur tana qismida qon aylanish jarayoni qay tarzda ketayotganini nazorat qilish mumkin bo'ladi; qon tomirlarni bosish nuqtalaridan foydalanish; qon tomiriga rezinka tasma - jgut bog'lash vaqti va yordam bergan kishi ismi-sharifini yozish; jarohatlanganni shifokorga ko'rsatish

Qon ketishini vaqtincha to'xtatish maqsadida, tasma - jgut qo'yish eng ishonchli va keng tarqalgan usul hisoblanadi. Qon ketishini to'xtatishda 4 xil jgutdan foydalanish mumkin: 1) matodan buramali; 2) enli rezinasimon tasma; 3) esmarx - naysimon; 4) enli tasmasimon (54,55 - rasmlar).

To'qimalarning kamroq shikastlanishi uchun enli tasmasimon Jgutlardan foydalangan ma'qul. Qon ketish joyiga qarab qon to xtatuvchi jgut qo'ltiq osti sohasiga, yelkaning yuqori qismiga, sonning yuqori va pastki qismiga qo'yiladi.

49-rasm. Arteriya tomirlarining barmoq bilan bosiladigan nuqtalari.

Boldir sohasida yetarli yon-atrofda qon bilan ta'minlanish, darajada rivoj topmaganligi bois, bu joylarga jgut qo'yish tavsiya qilinmaydi.

Jgut quyidagi qoidalar asosida qo'yiladi:


  1. qon ketishini vaqtincha to'xtatish uchun tomirni barmoq bilan bosish;

  2. markaziy yaralar va unga yaqin teriga, jgut qo'yilishi lozim bo'lgan joyga kiyim yoki yumshoq matodan yostiqcha qo'yiladi, faqat uning burishgan, g'ijimlangan joylari bo'lmasligi kerak;

3) qo'1-oyoqlarda vena
qonining harakatlanishini ta'-
minlash uchun ular 20-30 sekund
mobayinida yuqoriga ko'tariladi:

  1. jgut o'ng qo'l bilan zanjirga yaqin yerdan ushlanib, chap qo'l bilan uni 30-40 sm o'rta qis-migacha ushlab turiladi;

  2. jgut qo'l bilan cho'ziladi va 1-o'rov aylantirib o'ralgandan keyin, 2-si uning o'rnini bosib tu-rishi lozim;

6) jgutning to'g'ri qo'yil- ganini bilish yaradan qon oqi- shining to'xtashi, tomir urishining g'oyib bo'Iishi, vena tomirlari- ning pasayishi, teri sathining oqarishi bilan aniqlanadi;

  1. jgutni qattiq tortib, uning qolgan qismi chirmoviq shakhda a'zoga qo'yilib, ilmoqcha zanjirga ulab qo'yiladi;

  2. jgutga yoki bemor kiyimiga jgut qo'yilgan vaqt-soat va daqiqasi yozib qo'yiladi:

9) jgut qo'yilgan tana qismi immoblizatsiya qilinadi yoki qo'l ostidagi narsalar bilan yaxshilab belanadi, jgut ustidan bint o'ralmaydi, u yaxshi ko'rinib turishi lozim;

10) jgut qo'yilgan bemor 1-galda ko'chiriladi.

Nekrotik (o'lish) o'zgarishlar xavfi avj olmasligi uchun a'zolarni jgut yordamida qonsizlantirish qisqartiriladi: yozda 0,5-1,0 soat, qishda esa 1,0-1,5 soat davom etadi. Shu boisdan shikastlanganlarni imqoniyat boricha tezlik bilan shifoxonaga yuborish shart. Agar ko'chirish ko'rsatilgan vaqtdan o`zaysa, u holda katta asosiy -magistral tomirni bosib turib, jgut yechiladi va yangi joyga qo'yiladi.

Uyqu arteriyasi shikastlansa, jgut yostiqcha ustiga qo'yiladi. Bu paytda qo'l bosh tomonga ag'darilib qo'yiladi. Jgut o'rnida dastro'molcha, ro'mol, sharf, kamer, bo'yintiriq, mato bo'lagidan foydalanilishi mumkin.



  1. Kuyish: issiqlik manbayidan olib chiqish; kiyim-boshlarni o'chirish, ularni yechish; yopishgan kiyim-kechaklarni qirqib olish; kuygan tana qismlariga sovitkichlarni (sovuq suvli baklashkalar) qo'yish; yoki mo`zdek oqar suv tagiga qo'yish; kuygan tana qismlariga steril bint qo'yib, quruq bog'lash.

  2. Harakat-tayanch tizimi qismlari shikastlanganda: (sinish, chiqish, paylarning cho'zilishi, paylaming o`zilishi) (belgilari - og'riq. shishning paydo bo'Iishi, harakatning cheklanganligi yoki mutlaqo harakatsizlik, terisi oqargan, a'zo holati odatdan tashqari, suyak siniqlarining g'ijir-g'ijiri): jarohat olgan kimsani ehtiyotlash, qulay holatda yotqizish, baqa holatida odamga taxtakach qo'yilmaydi, qolgan paytlarda ushlab turuvchi bog'lamni qo'yish; shikastlangan qo'lni ko'krak qafasiga bog'lash; boldir suyagi singanida uni qalinroq o'rash (adyol bilan), tovoni va boldiriga bog'lab qo'yish. Bosh va umurtqa pog'onalari shikastlanganda jarohatlanganni cxaqlanchasiua yotqizish; bosh tomoniga sochiq qo'yib qimirlamaydigan qilib bog'lash, bo'yin tagiga yumshoq yostiqsimon narsani to'shash. Shikastlanganlarga turli tashish usullaridan foydalanib dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish.


Elektr toki urganda: tok ta'siridan xavfsiz joyga o'tqazish; tokni manbadan o'chirish; tok o'tmaydigan jismlar (quruq yog'och, dastasi yog'ochli asboblar, supurgi, shvabra, belkurak, ketmon, xaskash va b.) bilan simni chetga olish; shikastlangan odamni taxta, gilamcha, quruq rczina ustiga olib qo'yish; kerak bo'lsa sun'iy nafas °ldirish va yurakni uqalash.

d:\мои рисунки\гигиена2\5.jpg
51-rasm. Arteriyadan qon ketishini bosqichma

-bosqich burama solish bilan vaqtincha to'xtatish.


Kuyishning og'irlik darajasi nafaqat uning chuqurligi balki uni qamrab olgan sathiga ham aytarli darajada bog'liq. Shunga ko'ra amalga oshiriladigan tibbiy yordam muolajalari ham ma'Ium tartibda olib boriladi. Ayni maqsadga erishish uchun kuyish sathini aniqlash niyatga monand bo'ladi. Buning uchun kaft yoki «9 lar» qoidasidan foydalaniladi. Odatda shikastlanganlar kaftining sathi butun tana yo`zasining 1% ini tashkil qiladi. «9 lar» qoidasiga ko'ra odam tanasining sathi uning butun tanasining yo`zasiga nisbatan 9% ni tashkil qiladigan qismlarga ajratiladi. Masalan: bosh sathi 9% ni, tananing oldingi qismi 9x2=18% ni, tananing orqa qismi ham 18%. Son sathi 9% ni, boldir oyoq bilan 9%ni, but orasi 1% ni tashkil etadi (6-chizma).

d:\мои рисунки\гигиена2\6.jpg
6-chizma. Uolles («9 lar» qoidasi) bo'yicha kuyish sathini aniqlash.

Ko'pincha, kuygan tana qismlari sathini o'lchash chog'ida har ikkala usullardan bir vaqtda foydalaniladi

Tana sathi 10-15% kuygan taqdirda, kuyish kasalligi kelib chiqadi. Ushbu holat 4 xil: I. II, III va IV darajali bo'Iishi taqozo qilinadi. Kuyish nafaqat kimyoviy moddalar ta'sirida, balki yuqori harorat beruvchi boshqa omillar (bug', suv, yorug'lik nurlanishi. yashin) ta'sirida ham namoyon bo'Iishi mumkin.

Dastlabki tibbiy yordamni ko'rsatish uchun umummaqsadli doridondan foydalaniladi. Uning tarkibida turli tibbiy anjom (10 ta) bilan birga zarur dorilar majmuasi keltirilgan (22 ta):

1) og'iz niqob, sun'iy nafas;


  1. demos vositasi, yod yoki spirt - qo'l-terilarini, tibbiy uskunalarni, jarohatlar atrofini dezinfeksiya qilish;

  2. bintlar va yopishqoq tasma - jarohatlarga bog'liq;

  3. pufak (rezinkali yoki polietilenli), sovuq - lat yeganda yoki ichki a'zolardan qon oqqanida, ilon va hasharotlar chaqqanida, allergik jarayonlarda issiq-sovuq oldirganda, charchaganda;

  4. gipotermik haltacha - mo`zlatish;

  5. rezinkali nokcha - nafas yo'llarini tozalash, ko'zni yuvish;

  6. alfa tasmasi - qon oqishini to'xtatish va o`zoq vaqt mobaynida qon tomirning bosim ostida bo'lganligida;

  7. maxsus varaqcha - kuygan joylarni qoplash;

  8. maxsus dastro'molcha - koliteks, kuygan terini qoplash, mochevina eritmasi bilan - lat yeganda, shishganda, propolyus (asalari yelimi, qo'ng'ir rangli o'ziga xos hidli, o'tkir mazali, zich yoki yopishqoq mumga o'xshash narsa) va furagin (bakteriyalarga qarshi dori - 1% eritmasi kuygan joylarga) bilan kuygan yoki hasharotlar chaqqan joyga, kesilganda qon to'xtatish uchun, qoqilgan va shilib tashlangan jarohatlarga - koliteks-gem;

10) yig'iladigan taxtakach - bilak, tovon, tizza, tizza-tovon
suyaklari singanida qotirish uchun.

Mazkur doridon ichidagi dorilar:



  1. novshadil spirti - hushidan ketganlarni o'ziga keltirish va nafas olishni rag'batlantirish, taqinchoq dokali yoki paxtali bo'g'irsoqqa novshadil spirti shimdirilib bir necha marta burun teshiklariga ro'para qilinadi yoki chakkalarga tezlikda surtiladi. Burun teshiklari yoki ko'zga tushirish man etiladi.

  2. validol - tugmacha, qobiqcha (kapsula) yoki eritma holida -asab charchaganda, yurak sohasida og'riq bo'lganida - bitta donasi yoki 4-5 tomchisini qandga shimdirib til ostiga qo'yib shimiladi.

  1. Valeriana - arslon quyruqlarining spitrli damlamalari, korvalol. valoqardin, Zelenin tomchilari - tinchlantiruvchi va kuchsiz uxlatuvchi - g'azablanganda. uyqusizlikda, nevrozlarda, haddan tashqari qo'zg'olish - stresslarda, qattiq qo'rqqanda tinchlantirish; 20-25 tomchidan, 1 qoshiq suvga;

  2. dimedrol, suprastin, tavegil, diazolin tugmacha va mayda zoldirchalar- allergik jarayonlarga qarshi, og'riq qoldiradigan dorilar ta'sirini oshirish uchun;

  3. sanorin, naftizin, giazolin - tomchi holida - tumovda, allergik jarayonda burunga, hasharotlar chaqqanda, jarohat ustiga;

  4. asetilsalitsil kislotasi (aspirin) - bo'g'imlarda og'riqlar bo'lganda, isitma tushiradi.;



  1. furatsillin - tomoqni chayish uchun bir piyola suvga (qaynatilgan iliq) ikkita dona tugmachasini eritiladi;

  2. libeksin, bromgeksin - ko'krak qafasi jarohatlanganda, qovurg'alar singanda, yo'talni to'xtatish uchun;

9) no-shpa - silliq mushaklarni bo'shashtiruvchi - ichak a'zolarida
og'riq bo'lganida: tugmacha va ampula ko'rinishida;

  1. analgin, baralgin - jarohatlar bosh bo'g'imlarda va boshqa og'riqlarda, buyrak og'rig'ida 1-2 tugmachasi ichiladi;

  2. tish tomchilari - tiqinchoqqa shimdirilib og'rigan tish teshigiga kiritiladi;

  3. bellastezin, besalol - 1 ta tugmachasini qorinda og'riq paydo bo'lganida yoki me'da-ichak faoliyatlari izdan chiqqanida;

  4. senadeksin, fenolftalein (purgen), senade va boshqa surgilar qabziyatlarda bir tugmachadan yotishdan oldin;

14) sulgin, ftalazol, furazolidon - ich ketganida tugmacha holida;

15) karbolen (faollashtirilgan ko'mir), MKS-mikro-


kristallitsellyuloza - 0.5 tugmachasini qorin (ichaklarda) dam
bo'lganida, zaharlangan holatlarda 40 tugmagacha ichiladi;

  1. 2% osh sodasi (choy sodasi, natriy bikarbonati) - tugmacha yoki kukun ko'zga fosfororganiq zaharlovchi moddalar (karbofos. dixlorofos, tiofos) tushganida yuvish uchun hamda hasharotlar chaqqanida so'rish uchun, faringit va laringit kasalliklarida tomoqni chayish uchun;

  2. margansovka - kaliy pcrmanganati - 0,K-0,5% eritmasi jarohatlarni yuvish uchun, 0,l-0,01%lisi og'iz va tomoqni chayish va oshqozonni yuvish uchun, 2-5% lisi yara va kuygan joylarga ishlov berish uchun;

  1. 5% yodning spirtdagi eritmasi - teri yallig'langanida mayda yiringchalarga, tirnalganda, mayda yaralarga, jarohatlarning atrofiga ishlov berish uchun;

  2. brilliant yashili - 1 yoki 2% li suv yoki spirtdagi eritmasi. mikrojonzotlarga qarshi, yassi yaralarni, kesilgan joylarni, tirnalganda, yiringchalarga, teri kasalliklarida foydalaniladi.

  3. sintomitsin linimenti (suyuq surtma dori) - yoki sintomitsin emulsiyasi mayda jarohatlar turidagi yiringli yallig'lanishlar, mikrojonzotlar tushgan kuyish joylari;

  4. vodorod peroksidi - qon oqishini to'xtatish, dezinfeksiyalash uchun;

  5. spirt, atir, aroq - yaralarga, jarohatlarga, mikrojonzotlar tushishining oldini olish, aseptik bog'lovlarni qo'yish, 30-50 ml dan karaxt holatida yoki uning oldini olish uchun qo'llaniladi;

Majmuiy shikastlanishlarda dastlabki tibbiy yordamni amalga oshirish navbati, uning har bir turi va og'irlik darajasiga qarab bajariladi.

Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatilgach, shikastlanganlarni, transportlarga ortish joyiga olib chiqiladi. Shikastlanganlarni olib chiqish qutqaruv tuzilmalarining zambilli tizimlari orqali amalga oshiriladi. Shikastlanganlarni o`zoq masofalarga olib chiqish paytida estafeta «men beray, sen ol» usulidan foydalaniladi.

Inshootlardagi fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i sanitar guruhlari va shikastlanganlarni transportlarga o'tqazish jarayonini shaxsan o'zi yoki yuborilgan vaqillari boshqaradi.

Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi qutqaruv ishlari olib borilayotgan inshootlar yaqinida bo'lganida, shikastlanganlarni zambillarda olib chiqiladi, o'zi yuradigan zarar ko'rganlar esa dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi oldiga o'zi yetib boradi, mabodo, qutqaruv ishlari bajarilayotgan inshootdan dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhigacha o`zoq masofada bo'lsa u holda shikastlanganlarni ko'chirish masalalari dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhidagi inshootlar tuzilmalarining yetib kelgan transportlaridan foydalangan holda shikastlanganlarni «o'zidan boshqaga» hamda dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhining o'ziga tegishli transportlari orqali «boshqadan o'ziga» usullarini amalga oshirish yo'li bilan hal etiladi.

TANA SHIKASTLANISHLARI
Organizmdagi to'qima va a'zolarga tashqi muhit omillari (fizik. kimyoviy, biologik va ruhiy ta'sirotlar) dabdurustdan ta'sir o'tqazishi oqibatida o'sha to'qima va a'zolarning anatomiyasi va faoliyatining izdan chiqishi shikastlanish deyiladi.

Shikastlar kelib chiqishiga ko'ra quyidagi turlarga ajratiladi: 1) mexaniq shikastlar (ochiq yoki yopiq) (56-rasm);



d:\мои рисунки\гигиена2\8.jpg
56-rasm. Suyaklaming yopiq (a) va ochiq (b) sinishi.

  1. fizikaviy shikastlar (yuqori va past harorat, kuyish yoki sovuq urishi, elektr toki, nurlanish va h.k.);

  2. kimyoviy shikastlar (kislotalar, ishqorlar, zaharalovchi moddalar);

  1. biologik (bakteriya zaharlari - toksinlari);

  2. ruhiy shikastlar (qo'rqish, tashvishlanish);

  3. jarrohlik shikastlari.

Vaziyatga ko'ra shikastlar 2 xil bo'ladi:

  1. ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan shikastlar;

  2. ishlab chiqarishda bo'lgan shikastlar.

Soniga binoan shikastlar: bitta, bir qancha va bir necha xil bo'Iishi mumkin.

Odam shikast topganida nafaqat mahalliy, balki tanada umumiy o'zgarishlar ham ko`zatiladi.

Shikastlanishlar ishlab chiqarishdan tashqari, qishloq xo'jaligida, ko'chada, tabiat qo'ynida, turmushda, jismoniy mashqlarda, ayniqsa bolalarda ham uchrashi mumkin.

Odamlar shikastlangan paytlarda tibbiy yordam ko'rsatish quyidagi asosiy tadbirlardan iborat bo'ladi:


  1. voqea sodir bo'lgan joyda dastlabki tibbiy yordamni ko'rsatish;

  2. shikastlanganlarni tegishli shifoxonaga yetkazish;

  3. dastlabki shifokor yordamini berish;

  4. malakali va maxsuslashtirilgan tibbiy yordamni amalga oshirish. Dastlabki tibbiy yordamni ko'rsatish chog'ida quyidagi jihatlarga

e'tibor berish zarur:

  1. shikastning sababiga va uning hayot uchun xavfli bo'lgan holatlariga nuqta qo'yish;

  2. yo`z berishi mumkin bo'lgan asoratning oldini olish;

3) bemorni davolash muassasasiga jo'natish uchun
imqoniyatlardan kelib chiqib, yaxshi sharoitlarni yaratish.

O'z vaqtida ko'rsatilgan 1-tibbiy yordam shikastlanganning hayotini va uning mchnat qilish qobiliyatini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etadi, to'g'ri ko'rsatilgan yordam asoratlarga o'rin qoldirmaydi.

Har qanday shikastlanishda 1 -tibbiy yordam ko'rsatishdan oldin. bemorning ahvolini o'rganish zarur. Mabodo, bemorda shikastlanish oqibatida behushlik, kollaps, shikastlanish karaxti, dabdurustdan kelib chiqqan kamqonlik va h.k. ko`zatilsa, 1 -navbatda ayni holatlarni bartaraf etishi mumkin bo'lgan tadbirlarni amalga oshirish lozim.

Shikastlangan kimsada nafas, yurak ishi izdan chiqqan bo'lsa yoki nafas, yurak to'xtagan bo'lsa, tezlik bilan jonlantirish muolajalarini amalga oshirish kerak bo'ladi.

1-TIBBIY YORDAM
Zarb (yumshoq to'qimalar va a'zolarning teriga zarar yetkazmay shikastalanishi) yeyishda, ko'rsatiladigan 1-yordam quyidagilardan iborat bo'ladi:

1 ) zarb yegan joy qisib bog'lanib, qimirlatilmasdan, baland ko'tarib qo'yiladi;

2) zarb yegan joyga sovuq haroratli jism qo'yiladi;

3)2-3 kundan keyin isitiladi;



  1. 3-4 kundan boshlab sekin-asta (passiv) harakat qilinadi;

  2. 5-6 kundan so'ng, faol ha-rakatga o'tiladi;

  3. qon to'planib qolgan bo'lsa, uni shpris yordamida so'rib olinib, o'rniga antibiotiklar yuboriladi.

Paylar cho'zilganda qilinadigan dastlabki tibbiy yordamga quyidagi amallar kiradi:

  1. avvaliga bo'g'im qimirla-maydigan holatga keltiriladi;

  2. shikastlangan bo'g'imlar yuqoriga ko'tarib qo'yiladi (oyoqni ko'tariladi, tinch holatda saqlanadi, qo'l paylari cho'zilganda, qo'l yelkaga osib qo'yiladi);

3) ba'zangipslilongetqo'yiladi(maqsad-og'riqnikamaytirish);

4) shishgan bo'g'im atrofiga 1-kuni mo`z halatachasi qo'yiladi;

5) 2-kundan boshlab, issiqqo'yiladi (kompress, УВЧ, issiq vannalar va uqalash muolaja-lari);

Yelka chiqishida 1 -yordam - chiqqan yelka-qo'lni me'yor holatida bog'lab qo'yiladi.

Bilak chiqqanida - shikastlangan qo'lni Kramer shinasi bilan qimirlamaydigan holatga keltirib, bo'yinga osib qo'yiladi.

Boldir suyagining chiqishi - shikastlangan oyoqni Kramer, Diterixs shinalari bilan taxtakachlanadi.

.
DESMURGIYA VA SHIKASTLANGAN JOYLARNI QIMIRLAMAYDIGAN HOLATGA KELTIRISH (TRANSPORT IMMOBILIZATSIYASI)

Desmurgiya deb tananing turli qismlarini bog'lashga o'rgatadigan ta'limotga aytiladi.

Bog'lamlarni qo'yish san'ati tibbiyotning eng qadimiy namunalaridan biri deb hisoblanadi. Qadimiy qo'lyozmalarda yaralarni davolashda, bogTovchi vosita tariqasida yopishqoq plastir, mum, bo'z va boshqa narsalar qo'llanilgan.

Bog'lam deganda, yaralar va teri sathlarining me'yor darajasidan o'tgan o'zgarishlari tashqi muhit ta'siridan saqlab turuvchi tadbirlar majmuasi tushuniladi. Ular qon to'xtatish va shikast topgan a'zolarni qimirlamaydigan holga keltirish uchun foydalaniladi.

Bog'lash uchun ishlatiladigan vosita 2 guruhga ajratiladi:

1) yumshoq; 2) qattiq bog'lamlar.

Tanaga qo'yiladigan bog'lam 2 qismdan iborat bo'ladi:

1) yaraga davolash maqsadida qo'yilgan; 2) bog'lamni ushlab turuvchi.

Bog'lov vositasini ushlab turuvchi narsalarga quyidagilar kiradi: 1) bint; 2) to'rli bint; 3) trikotajli bint; 4) elastik (egiluvchan va

buqiluvchan bint va boshqalar) bint. Dokadan qilingan bintlar hozirgi

vaqtda, asosiy bog'lov vositasi deb tan olingan. Bintning o`zunligi 5-

7 m va eni 5-20 sm bo'lishi taqozo etiladi.

Yumshoq bintli bog'lamlar hozirgi paytda, jihatlari va qo'llanishiga

ko'ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:



  1. oddiy yumshoq bog'lam (himoya va davolash maqsadida);

  2. qon to'xtatuvchi bog'lam (siqib turish uchun);

3) qimirlamaydigan holga keltirish uchun (davolash va bemorni
ko'chirish maqsadida);

4) to`zatuvchi bog'lam.

Yumshoq bog'lamlarga yelimli. ro'molsimon va bint bog'lamlari kiradi.

Yumshoq bog'lamlar ko'pincha tezda tibbiy yordam ko'rsatish zarurati tug'ilganda qo'llaniladi.

Yelimli bog'lamlar - kollodiy, kleol (kanifol 50.0 + skipidar 1.0 + efir 100.0) va yopishqoq plastir qo'yiladi.

Ro'molsimon bog'lamni tananing hamma sohasiga qo'llasa bo'ladi. Kamchiligi: 1) tanaga tegib turmaydi; 2) bog'langan joyni bir tekisda siqmaydi. Mazkur bog'lam sodda boiganligi bois dastlabki yordam ko'rsatish paytida qo'l keladi (58-rasm). Bint bog'lam bog'lanadigan tana qismiga qulay holat berishi kerak. Bint 3 qismdan iborat bo'ladi: 1) uchi; 2) boshi (tanasi) - o'rog'liq qismi): 3) oxiri.



d:\мои рисунки\гигиена2\9.jpg
58-rasm. Ro'molli bog'lovlar: / - boshga; 2 -yelka bo'g'imiga; 3 - son-chcmoq bo'g'imiga; 4 - boldirga; 5 - ko'krak beziga; 6 - bilakni tutib turish uchun.

Bint boshi o'ng qo'lga, uchi esa chap qo'lga olinadi va bog'lov qo'yiladigan tana qismi ustida boshi chapdan o'nga aylantirib bog'lanadi; ayni vaqtda bint pastga-yuqoriga qarab shunday o'rab boriladiki, bintning 2-o'rami 1-o'ramining 2/3 qismini yoki yarmini qoplab o'tadigan qilib solinadi. Bint bog'lanadigan joyni 1 xilda bosib borishi, ya'ni ayrim joylarda qattiq, ayrim joylarda haltum bo'lib qolmasligi kerak.

Bint bog'lamlarining xili ko'p; 1) aylanma; 2) spiral (chirmoviq); 3) buklangan; 4) boshoqsimon; 5) toshbaqasimon; 6) orasini ochiq-ochiq qilib; butsimon yoki 8 simon qilib; 7) qaytuvchi; 8) sopqonsimon (palaxmon); 9) T simon; 10) Dezoniki. Tananing qaysi qismiga qanday bog'lam qo'yish, o'sha joyning shakliga bog'liq (59-68-rasmlar).


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə