O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə57/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80
ПТЭ узб

Birlashtirilgan yuk poezdi (поезд грузовой соединенный). O’zaro tirkalgan bir yoki bir necha yuk poezdlaridan tuzilgan bo’lib, har qaysi poezd boshida ishlab turgan lokomotivlari bo’ladi.
Og’ir yukli yuk poezdi (поезд грузовой тяжеловесный). 100 tonna va undan ortiq og’irlikka mo’ljallangan tegishli rusumdagi lokomotivlar uchun og’irligi shu poezd o’tadigan uchaskalardagi harakat grafigida ko’rsatilgan og’irlikdan ortib ketadigan poezd.
Odam tashish poezdi (поезд людской). Yuk poezdi bo’lib, unda odamlar band qilgan o’nta va undan ortiq vagonlari bo’ladi.
Yo’lovchilar poezdi (поезд пассажирский). Yo’lovchilar, bagaj va pochta tashish uchun mo’ljallangan, yo’lovchi parki vagonlaridan tuziladi. Yo’lovchi poezdlari qatnaydigan yo’li bo’yicha uzoqqa qatnaydigan (700 km va undan ortiq), mahalliy (700 km gacha) va shahar atrofiga qatnaydigan (150 km gacha) poezdlarga bo’linadi.
Uzun tarkibli yo’lovchilar poezdi (поезд пассажирский длинносоставный). Uzunligi ayni poezdni turish sxemasida ko’rsatilgandan ortiq bo’lgan yo’lovchi poezdi.
Uzunligi oshirilgan yo’lovchilar poezdi (поезд пассажирский повышенной длины). Tarkibida 20 dan ortiq vagonli yo’lovchi poezdi.
Birlashgan yo’lovchilar poezdi (поезд пассажирский соединенный). Ikkita yo’lovchi poezdidan tuzilgan, o’zaro tirkalgan, ikkala poezd boshida ishlab turgan lokomotgivlari bo’lgan poezd.
Pochta-bagaj poezdi (поезд почтово-багажный). Asosan pochta va bagajni tashish uchun mo’ljallangan yo’lovchi vagonlari, shuningdek, ayrim yo’lovchi vagonlaridan tuziladi.
Poezd signallari (поездные сигналы). Poezdlar, lokomotivlar va boshqa harakatlanadigan birliklarni belgilashda qo’llanadi.
Muhofaza berk yo’li (предохранительный тумик). Harakat tarkibining poezdlarning yurish marshrutiga chiqib ketishining oldini oladigan 6epk yo’l.
Yo’l belgisi (путевой знак). Temir yo’l lnniyalarining profilini va uzunligini bildiruvchi doimiy ko’rsatkich.
Yo’l posti (путевой пост). Temir yo’l liniyalardagi yo’li rivojlanmagan alohida punk (yarim avtomatik blokirovkalashdagi blokpost, ikki yo’lli qo’ymali bir yo’lli peregondagi yondosh post, temir yo’l uzeli atrofidagi post va h.k.)

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə