O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə59/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80
ПТЭ узб

Yo’naltiruvchi pasayish (спуск руководящий). Tikligi bo’yicha eng tik pasayish bo’lib (egrilarining qarshiligini hisobga olganda), uzunligi kamida tormoz yo’liga teng bo’ladi.
Stansiya (станция). Yo’llari poezdlarni qabul qilish, jo’natish, uchrashtirish va o’zib o’tish operasiyalarini, yuklarni qabul qilib olish, berish hamda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish operasiyalarini bajarishga imkon beradigan darajada rivojlantirilgan, yo’l qurilmalari rivojlantirilgan sharoitda esa - poezdni tarqatish va tuzish bo’yicha manevr ishlarini hamda poezdlar bilan texnikaviy operasiyalarni bajarishga qodir bo’lgan alohida punktdir.
I l o v a. Qoidalar matnida yo’l rivojlanishiga ega bo’lgan yoki navbatta xodimlar xizmat ko’rsatadigan (stansiya, raz’ezd, o’zib o’tish punkti, yo’l posti) alohida punktlar xaqida gapirilganda “Stansiya” yoki "Stansiya navbatchisi" kabi umumiy atamalar qo’llanilgan. Qaysi alohida punkt xaqida gap ketayotganini aniq ko’rsatish kerak bo’lgan vaziyatlar bundan mustasno.
Stansiya markazlashtirish posti (станционный пост централизации). Stansiyadagi post bo’lib, unda markazlashtirilgan strelka va signallar guruhini boshqarish to’plangan.
Stansiya yo’llari (станционные пути). Stansiya chegaralaridagi yo’llar: asosiy yo’llar, qabul qilish-jo’natish yo’llari, saralash, yuk ortish, tushirish, tortish yo’llari, depo (lokomotiv va vagon xo’jaligi) yo’llari, birlashtirish yo’llari (alohida parklarni birlashtiruvchi, konteyner punktlariga, yoqilg’i omborlariga, bazalariga, saralash platformalariga, tozalash punktlariga, yuvish punktlariga olib boruvchi, vagonlarni dezinfeksiyalovchi (zararsizlantiruvchi), harakatdagi tarkibni ta’mirlovchi va boshqa operasiyalarni bajaruvchi), shuningdek, nomlari o’zlari bajarayotgan operasiyalarga ko’ra ataluvchi boshqa yo’llar.
Strelka (стрелка). Strelka o’tkazgichning bir qismi bo’lib, ramali relslar, ostryaklar va o’tkazish mexanizmidan iborat, qo’zg’aluvchan o’zakli krestovina mavjud bo’lganida strelka tushunchasiga krestovina ham kiradi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə