O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə61/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80
ПТЭ узб

Tutib qoluvchi berk yo’l (улавливающий тупик). Uzoqqa cho’ziladigan qiya yo’l bilan tushishda boshqaruvni yo’qotgan poezd yoki poezdning bir qismini to’xtatib qolish uchun mo’ljallangan berk yo’l.
O’zbekiston Respublikasi
temir yo’llaridan texnikaviy
foydalanish qoidalariga
1-ilova


Yo’lovchi poezdlarining 140 km/soat dan ortiq va 200 km/soat gacha
tezliklar bilan harakatlanish uchastkalari bo’yicha
O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalariga
Qo’shimchalar


I bob. Umumiy holatlar

1. O’zbekiston Respublikasi TFQ ga mazkur Qo’shimchalarning (keyinchalik - TFQ ga Qo’shimchalar) me'yor va talablari yuk, yo’lovchi va 141-160 va 161-200 km/soat tezlik intervallari bilan qatnovchi tezyurar yo’lovchi poezdlarining birgalikdagi harakatlari mobaynida, "O’zbekiston temir yo’llari" DATK temir yo’llaridagi yo’l, elektr ta'minoti, SSB hamda aloqa inshoot va qurilmalariga, boshqa inshoot va qurilmalarga, harakat tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va foydalanishda qo’llaniladi.


2. Mazkur TFQ ga Qo’shimchalar quyidagilarga muvofiq ishlab chiqilgan:
O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari (TFQ)7;
O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signallash bo’yicha yo’riqnoma (SBY);
O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnoma (PXY);
normativ aktlar va boshqa normativ-texnik hujjatlarning mazkur TFQ ga Qo’shimchalarda keltirilgan yo’lovchi poezdlarining 141-160 va 161-200 km/soat tezlik intervallarida yuk poezdlari bilan birgalikdagi harakatini amalga oshirish bilan bog’liq me'yor va talablar qismida.
3. Mazkur TFQ ga Qo’shimchalar tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan tezyurar temir yo’l uchastkalarida inshoot, qurilma va harakat tarkibi uchun qo’shimcha talablarni belgilaydi.
4. Yo’lovchi poezdlarining tezyurar harakatini joriy qilishdan oldin yo’l, harakat tarkibi, elektr ta'minoti, SSB va aloqa qurilmalari, boshqa inshoot va qurilmalar, yo’lovchi poezdlarining eng katta belgilangan tezliklari bilan qatnashini ta'minlovchi holatga keltirilishi lozim.
5. Yo’lovchi poezdlarining tezyurar harakati, yo’l yuqori tuzilmasi rekonstruksiya qilinishini, foydalanish sharoitlari o’zgarganda temir yo’l hamda avtomatlashtirish va telemexanika infratuzilmasi kuchaytirilishini, ularning ishonchliligini oshirishni hamda muhim foydalanish va texnikaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlar yaxshilanishini ko’zda tutuvchi temir yo’l infratuzilmasi kompleks rekonstruksiyasini talab etadi.
6. Mazkur TFQ ga Qo’shimchalar talablari tezyurar poezdlar qatnovi amalga oshiriladigan temir yo’l uchastkalari va tezyurar yo’lovchi harakat tarkibiga xizmat ko’rsatish va foydalanishiga dahldor "O’zbekiston temir yo’llari" DATK barcha tegishli bo’linmalari va xodimlari tomonidan bajarilishga majburiydir. Ko’rsatib o’tilgan xodimlar mazkur TFQ ga Qo’shimchalar bilimlari bo’yicha o’qitilishlari va tekshirilishlari lozim.
7. Xodimlarning (poezd brigadalari, vagon-restoranlari va dizel-elektrostansiyalar xodimlaridan tashqari) mazkur TFQ ga Qo’shimchalar talablarini bilishlari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Har bir lavozim (kasb) uchun bilimlarni tekshirish tartibi va talab etiladigan bilimlar hajmi "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi.
Mazkur TFQ ga Qo’shimchalar bilimlarining sinovlari quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
mazkur TFQ ga Qo’shimchalarni joriy qilishda;
xodimni tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnovi uchastkasiga o’tkazishda;
tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnovi uchastkalarida qurilma, inshoot, harakat tarkibiga xizmat ko’rsatish va foydalanish hamda harakatni tashkil qilish bilan bog’liq lavozimlarga tayinlanishda, bir vaqtning o’zida TFQ, boshsa normativ aktlar va lavozim yo’riqnomalarni bilish sinovlarini o’tkazish bilan;
davriy, bir vaqtning o’zida O’R TFQ, boshqa normativ aktlari va lavozim yo’riqnomalarni bilish sinovlarini o’tkazish bilan.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə