O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə62/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   80
ПТЭ узб

II bob. Asosiy terminlar

8. Mazkur TFQ ga Qo’shimchalarda qo’llanilgan asosiy terminlar quyidagi ma'nolarni anglatadi:


"yo’lovchi poezdlari tezyurar harakati" – yo’lovchi poezdlarini 141-160 va 161-200 km/soat tezlik intervallari bilan harakatlanishi;
"tezyurar yo’lovchi poezdi" – yo’lovchi poezdlari tezyurar harakatiga mos keluvchi tezliklar bilan qatnovchi yo’lovchi poezdi;
"tezyurar liniya" - tezyurar poezdlar haraktlanuvchi temir yo’l liniyasi;
"temir yo’llarning tezyurar qatnov uchastkasi" – yo’lovchi poezdlarining 141-160 va 161-200 km/soat tezligi belgilangan temir yo’l uchastkasi;
"poezdlarning birgalikdagi harakati" - temir yo’lning bir uchastkasida yuk va yo’lovchi poezdlarining harakati.


III bob. Temir yo’l, elektr ta'minoti, SSB va aloqa
inshootlari va qurilmalari


§1. Bo’ylama profil va yo’l rejasi
9. Tezyurar harakat uchun temir yo’llar uchastkalari bo’ylama profili va yo’l rejasi O’zbekiston Respublikasi xududida amal qiluvchi normativ hujjatlar talablariga javob berishi kerak.
10. Mavjud egrilarda poezd oqimi tuzilmasiga bog’liq ravishda yo’lovchi poezdlarining eng katta harakat tezliklari quyidagilardan oshirmaslik shartidan kelib chiqib belgilanadi:
so’ndirilmagan ko’ndalang tezlanishning yo’lovchi poezdi uchun 0,7 m/s2 va yuk poezdlari uchun 0,3 m/s2;
so’ndirilmagan ko’ndalang tezlanishning ortib borish tezligi 0,4 m/s3 dan oshirmasdan.
Tuproq ko’tarmasini qaytadan qurilishsiz egrilarni joylashtirishni bajarib bo’lmaydigan qiyin sharoitlarda, "O’zbekiston temir yo’llari" DATK ruxsati bilan yo’lovchi poezdlarining so’ndirilmagan ko’ndalang tezlanishini 1,0 m/s2 gacha oshirishga yo’l qo’yiladi.
11. Tezyurar uchastkalar egrilarida tashqi rels hisobiy balandligi "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi. Bunda qabul qilingan hisobiy balandlik 5 mm gacha yaxlitlanadi, balandlikning maksimal ko’rsatkichi esa 150 mm dan oshmasligi kerak.
12. To’g’ri uchastkali barcha aylanma egrilar, shuningdek turli radiusli tarkibiy egrilar, uzunligi harakat tezligi, egri radiusi va tashqi rels balandligiga bog’liq o’tish egrilari bilan tutashishlari kerak.
13. Tezyurar uchastkalar asosiy yo’llari reja va profili, yo’l rejasi va profili o’zgarishiga olib keluvchi yo’l ishlari o’tkazilishi oldidan va keyin asbobiy davriy tekshirishlarga jalb qilinishlari kerak.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə