O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə60/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   80
ПТЭ узб

Markazlashtirilmagan strelka (стрелка нецентрализованная). Ostryaklari o’tkazish mexanizmlari yordamida, bevosita strelka yonida o’tkaziladigan strelka.
Markazlashtirilgan strelka (стрелка централизованная). Ostryaklari (qo’zg’aluvchan o’zakli krestovina bo’lganida o’zak ham) bitta markaziy punktdan turib boshqariladigan maxsus qurilma yordamida o’tkaziladigan strelka.
Strelkali o’tkazgich (стрелочный перевод). Harakat tarkibini bir yo’ldan ikkinchi yo’lga o’tkazuvchi qurilma. Strelka o’tkazgichlar strelka, krestovina va ular orasidagi birlashtiruvchi yo’llardan iborat bo’ladi. Krestovinalarning o’zaklari qo’g’zaluvchan va qo’zg’almas bo’lishi mymkin.
Strelkali post (стрелочный пост). Markazlashtirilmagan boshqarishdagi bitta yoki bir nechta strelkali o’tkazgichlar bo’lib, ularga strelkali postning bitta navbatchisi xizmat ko’rsatadi.
Strelka rayoni (стрелочный район). Qo’shni strelkali postlar guruhidan iborat bo’lib, strelka postining bitta katta navbatchisi nazoratida turadi.
Yo’ldan olib qo’yiladigan qo’zg’aluvchan birliklar (съемные подвижные единицы). Olib qo’yiladigan drezinalar, elektrlashtirilgan uchastkalardagi ta’mirlash minoralari, yo’l vagonchalari, yo’l o’lchagichlar, defektoskop va boshqa aravachalar hamda qo’zg’aluvchan birliklar bo’lib, ular xizmat ko’rsatuvchi xodimlar tomonidan qo’lda olib qo’yilishi mumkin.
Xizmat tormozlash (торможение служебное). Oldindan belgilangan joyda poezdni to’xtatish yoki tezlikni kamaytirish uchun har xil kattalikdagi bosqichlar bilan tormozlash.
Shoshilinch tormozlash (торможение экстренное). Poezdni zudlik bilan to’xtatish talab etiladigan hollarda qo’llaniladigan tormozlash, bunga magistralni shoshilinch ravishda razryadlash yo’li bilan erishiladi, bunda eng katta tormozlash kuchiga erishiladi.
Tormozlash yo’li (тормозной путь). Mashinist kranini yoki shoshilinch tormozlash kranini tormozlash vaziyatiga o’tkazgan paytdan poezd to’la to’xtagunga qadar bosib o’tgan masofa. Tormozlash yo’llari tormozlash turiga ko’ra (xizmat, to’la xizmat va shoshilinch tormozlash) ajratiladi.
Qiyalik (уклон). Temir yo’l bo’ylama profilining elementi bo’lib, gorizontal chiziqqa nisbatan qiyaligi bo’ladi. Pastki nuqtadan yuqori nuqtagacha qarab harakatlanayotgan poezd uchun qiyalik ko’tarilish deb, yuqori nuqtadan pastki nuqtaga qarab harakatlanayotgan poezd uchun pasayish deb yuritiladi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə