O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə58/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80
ПТЭ узб

Maxsus yo’llar (пути специального назначения). Peregon va stansiyalarda muhofazalash berk yo’llari va shahobcha yo’llar.
Alohida punkt (раздельный пункт). Temir yo’l liniyalarini peregon va blok-uchastkalarga bo’luvchi punkt.
Raz’ezdlar (разъезды). Bir yo’lli linnyalardagi alohida punkt bo’lib, poezdlarning uchrashuvi va o’zib o’tishi uchun mo’ljallangan rivojlangan yo’lga ega bo’ladi.
Refrijeratorli poezd (рефрижераторный поезд). Refrijeratorli vagonlardan tuzilgan poezd.
Manyovrlar rahbari (руководитель маневров). Manyovrda ishtirok etuvchi barcha shaxslarning harakatlariga bevosiga rahbarlik qiluvchi xodim, manyovrni o’tkazayotgan mashinist uning ko’rsatmasi bo’lmasa, lokomotivlarni harakatga keltira olmaydi.
Ishlar rahbari (руководитель работ). Mas’uliyatli shaxs, unga temir yo’llarda, inshoot va qurilmalarda ishlarga rahbarlik qilish topshirilgan bo’ladi.
Signal (signal). Shartli ko’rinadigan yoki ovozli signal bo’lib, uning yordamida ma’lum buyruq beriladi.
Signal belgisi (сигнальный знак). Shartli ko’rinadigan belgi bo’lib, uning yordamida xodimlarning ma’lum toifasiga buyruq beriladi. Signal belgilariga chegara ustunchalari, stansiya chegarasini ko’rsatuvchi belgi, hushtak chalinishi, tok uzilishi yoki ulanishini ko’rsatuvchi belgilar va b. kiradi.
Yo’lovchi poezdlarining tezyurar harakati. Yo’lovchi poezdlarining 141-160 va 161-200 km|soat tezlik intervallaridagi harakati.
(5-bo’limga oltmish ikkinchi abzats "O’zdavtemiryo’lnazorat" DI boshlig’ining 2011 yil 15 iyul 150-son buyrug’iga muvofiq qo’shilgan).
Maxsus harakat tarkibi (специальный подвижной состав). Temir yo’lda yuradigan olinmaydigan harakatchan birliklar - qor tozalagichlar, qor kuragichlar, shag’al tozalaydigan mashinalar, ballastyor, yo’l yotqizgichlar, yuk ko’tarish kranlari, drezina va hokazolar.
Uzoqqa cho’zilgan pasayish (спуск затяжной). Tiklik va masofaning quyidagi qiymatlariga mos keladigan pasayish:
Tiklik Masofa
0,008 dan 0,010 gacha 8 km va ko’p
0,010 dan 0,014 gacha 6 km va ko’p
0,014 dan 0,017 gacha 5 km va ko’p
0,017 dan 0,020 gacha 4 km va ko’p
0,020 dan va undan tikroq 2 km va ko’p



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə