O‘zbekiston Respublikasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə38/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Yangi mumtoz nazariyalar. Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillarda yangi keynschilarning nazariyalari bilan bir qatorda davlat tomonidan tartibga solishni cheklash orqali erkin tadbirkorlik g’oyalarini targ’ib qiluvchi yangi mumtoz nazariyalar ham yaratildi. Yangi mumtoz maktabning nazariyotchilari (AQShda R.Slou, J.Kenrik; Buyuk Britaniyada – A.Robbins, J.Mid) iqtisodiyotga davlatning aralashmasligi asosiy printsipini himoya qilib, bir vaqtning o’zida maorif va fanga sarf qilinadigan xarajatlar salmog’ini oshirish orqali ularning tarkibiy tuzilmasini o’zgartirib, davlat xarajatlari umumiy hajmining qisqartirilishini yoqlab chiqdilar. Shuningdek, “inson kapitaliga investitsiyalar”ga alohida e’tibor qaratildi. Bir vaqtning o’zida, soliqlarning darajasini pasaytirish taklif etildi va defitsitsiz byudjetga erishilishi talab qilindi.

Takror ishlab chiqarish sharoitlarining yomonlashuvi va inflyatsion tendentsiyalarning (oqimlarning) kuchayishi bilan iqtisodiy qiyinchiliklar uchun javobgarlik yuklatilgan keynschilik va yangi keynschilik qoidalarini tanqid qilish ham kuchaya bordi. Ana shunday murakkab iqtisodiy vaziyatda yangi mumtoz maktabdan “taklif iqtisodiyoti” nazariyasini ishlab chiqqan yangi konservativ yo’nalish (AQShda – G.Steyn, M.Ueydenbaum; Buyuk Britaniyada



  • J.Xau, A.Uolters) ajralib chiqdi. Bu yo’nalishning moliyaviy kontseptsiyasi iqtisodiy o’sishning jamg’armalar va jamg’arma bilan belgilanishiga asoslanadi. Davlat soliq tizimi orqali mamlakatda investitsiyalarning etarliligini ta’minlash uchun jamg’armalarni shakllantirishga zarur bo’ladigan shart-sharoitlarni yaratishi kerak. Davlat va uning moliyaviy tizimga ilmiy-texnika taraqqiyotini rag’batlantirish vazifasi yuklatildi. Moliyaga iqtisodiy o’sishni uzoq muddatli rag’batlantirishni ta’minlash vazifasi yuklatildi. Umumiy tarzda, bu jarayonlarda davlatning roli minimallashtirildi. Bu nazariya mualliflarining ayrimlari davlatga “kechki qorovul va politsiyachi” funksiyalarini berish bilan cheklanishni taklif etdi.

Boshqa nazariyalar bilan bir qatorda “taklif iqtisodiyoti” nazariyasida soliqlarga alohida o’rin ajratilgan. Uning vakillari - soliqlarni qisqartirish tarafdori. Biroq, soliqlarga antitsiklik kon’yunkturaviy tartibga solishning vositasi sifatida qaragan keynschilardan farqli o’laroq, ular jamg’armalar va investitsiyalarning yuqori darajasini qo’llab-quvvatlash uchun soliq undirmalarining darajasini pasaytirishni taklif etishdi.

Amerikalik iqtisodchi A.Lefferning soliq kontseptsiyasi ham o’ta mashhurlikka erishdi. U o’zi ishlab chiqqan grafik model yordamida soliqlarning yuqori stavkalari iqtisodiy o’sishning sur’atlarini pasaytiradi, degan xulosaga keldi. Bu olimning tavsiyalari 1980-1990-yillarda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida amalga oshirilgan soliq islohotlarining asosini tashkil qildi.




Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə