O`zbеkiston rеspublikasi



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/127
tarix08.06.2022
ölçüsü2,55 Mb.
#89102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
pedagogika fanlarini oqitish metodikasi

: F.R.Ro`ziqulov 



Navoiy davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Umumiy 
pedagogika” kafedrasi o’qituvchilari A.Saitov va D.To`qboyevalar
tomonidan “Maktabgacha ta’lim” bakalavriat ta’lim yo`nalishi uchun 

Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi
” fani bo`yicha tayyorlangan
o`quv- uslubiy majmuaga
TAQRIZ 
O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi” talablari asosida ta’lim tizimida ro`y berayotgan o`zgarishlar oliy ta’lim 
muassasalaridagi barcha o`quv predmetlarining o`qitilishini yanada takomillashtirishni 
taqozo etmoqda. Bu esa yangi tartibdagi o`quv-uslubiy majmualarni yaratishni ham talab 
etmoqda.

Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi
” fanini o`tishda bo`lajak
tarbiyachilarni ta'lim-tarbiya qonuniyatlari bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, u 
maktabgacha ta'limga qo`yilgan talablari, tamoyillari, mazmuni va tarbiyachining 
shakllantirishni pedagogik asoslarini o`rgatadi. 
Mazkur o`quv- uslubiy majmua Maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim 
yo`nalishining umumkasbiy fanlari blokidagi

Pedagogika fanlarini o’qitish 
metodikasi
” fani bo`yicha tuzilgan bo`lib, unda fanning namunaviy dasturi, ishchi o`quv 
dasturlari, kalendar-tematik rejalari, amaliy mashg’ulot ishlanmalari, ma’ruza matnlari, 
baholash mezonlari, joriy, oraliq va yakuniy nazorat variant savollari, testlar, referat 
mavzulari va mashg’ulotlarda pedagogika va axborot texnologiyalarini qo’llash bo’yicha 
metodik tavsiyalarni o`z ichiga olgan. 
Majmuada mazkur fanning maqsadi, vazifasi, nazariy va amaliy ahamiyati yetarli 
darajada yoritilgan. Fanning ta’lim texnologiysidan namunalar keltirilgan, glossariy va 
foydali maslahatlar berilgan. 
O`quv uslubiy majmuadagi fanning ishchi o`quv dasturlari namunaviy fan 
dasturiga, kalendar-tematik rejalar esa ishchi o`quv fan dasturlariga mos keladi.
Talabalarning mustaqil ishlari bo`yicha tuzilgan rejalar ham DTS bo`yicha 
talablariga moslashtirilgan, fanlar bo`yicha tuzilgan savolnomalarda barcha mavzular 
qamrab olingan.
Ushbu o`quv-uslubiy majmuada rejalashtirilgan barcha ko`rsatmalar o`z ifodasini 
topgan hamda undan ta’lim jarayonida foydalanish mumkin.
Navoiy davlat pedagogika instituti 
“Umumiy pedagogika” kafedrasi dotsenti:

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə