O‘zbekiston respublikasida jamoat birlashmalari to‘G‘risida


-modda. Jamoat birlashmalarining ittifoqlari



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix19.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#150633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
223-XII 15.02.1991

7-modda. Jamoat birlashmalarining ittifoqlari
Jamoat birlashmalari ixtiyoriylik asosida jamoat birlashmalarining 
ittifoqlariga uyushishga haqlidirlar.
Jamoat birlashmalarining ittifoqlari ushbu Qonunda jamoat 
birlashmalari uchun belgilab qo‘yilgan tartibda tuziladi, amal qiladi va o‘z 
faoliyatini to‘xtatadi.
II BOB. JAMOAT BIRLAShMALARINING TUZILIShI VA ULAR 
FAOLIYATINING TO‘XTATILIShI 
8-modda. Jamoat birlashmalarini tuzish


Jamoat birlashmasi kamida o‘n nafar fuqaroning tashabbusi bilan 
tuziladi.
Jamoat birlashmasini tuzish tashabbuskorlari ta’sis syezdini 
(konferensiyasini) yoki umumiy yig‘ilishini chaqiradilar, unda ustav 
(nizom, o‘zga asosiy hujjat) qabul qilinadi va rahbar idoralar tuziladi.
9-modda. Jamoat birlashmasiga a’zolik
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jamoat birlashmasi a’zolari 
(qatnashchilari) bo‘ladilar. Siyosiy partiyalardan tashqari jamoat 
birlashmalarining ustavida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslarning birlashmaga a’zo bo‘lishlari ko‘zda tutilishi mumkin.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 
3-iyuldagi 664-XII-son 
Qonuni
 tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 
1992-y., 9-son, 363-modda) 
O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari 
jumhuriyat siyosiy partiyalarining a’zolari bo‘lishlari mumkin.
Bir siyosiy partiyaning a’zosi ayni vaqtda boshqa siyosiy partiyaning 
a’zosi bo‘la olmaydi.
Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalaridan tashqari jamoat 
birlashmalarining faoliyatida ularning ustavlarida ko‘zda tutilgan hollarda 
jamoa a’zolari: korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mehnat 
jamoatlari, fuqarolarning birlashmalari ishtirok etishlari mumkin.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə