LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 50-moddasining
to‘rtinchi qismi
.
5-modda.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko‘rsatadigan,
milliy guruhlar zich
yashaydigan joylarda esa — ularning tillarida faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim
tashkilotlarini tashkil etish ta’minlanadi.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
6-modda.
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta’lim olish
tilini erkin tanlash huquqi
beriladi.
O‘zbekiston
Respublikasi davlat tilida, shuningdek
boshqa tillarda ham umumiy,
hunar-
texnika, o‘rta maxsus va oliy ma’lumot olishni ta’minlaydi.
7-modda.
Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining
amaldagi ilmiy qoidalari
va normalariga rioya etiladi.
Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan unga
hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan
keyin va Oliy Majlis
palatalari tegishli qo‘mitalarining roziligi bilan o‘zbek tiliga joriy etiladi.
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Dostları ilə paylaş: