O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi reja


Davlatning fan va iqtisodiyot sohasidagi siyosati



Yüklə 99 Kb.
səhifə2/6
tarix07.06.2023
ölçüsü99 Kb.
#115833
1   2   3   4   5   6
1443690507 61395

Davlatning fan va iqtisodiyot sohasidagi siyosati

Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘ziga xos va mos rivojlanish yo‘lini tanladi. Sobiq ittifoq davridagi boshqarish talabga javob bermay qoldi. O‘zbekistonni jahonga namoyon qilish, axborot va iqtisodiy jihatdan chetlashtirish hollariga barham berish, jahon hamjamiyatining boshqa mamlakatlari qatorida teng bo‘lib olish sari intilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bu sohada ma’lum yutuqlarga erishildi. Turmush tarzimiz hayotimizni jamiyatimizning asosiy tamoyillarini va davlatimizning siyosiy, ijtimoiy, huquqiy iqtisodiy tuzilmalarini hal qiluvchi, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, erkin demokratik kelajagimizni aniq belgilab bergan asosiy qonun – Konstitutsiyamizni qabul qildik. Iqtisodiy yo‘nalishlarni belgilashda respublikamizning o‘ziga xos turmush tarzi, shart-sharoitlari va xususiyatlari, xalq an’analari va urf-odatlari har tomonlama hisobga olindi. O‘zbekiston tanlab olgan yo‘l respublika va uning xalqi manfaatlariga nihoyatda mos keladigan ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqtisoddir. Iqtisodiy islohotlar siyosiy manfaatlarga bo‘ysundirilgan mamlakatlarda iqtisodiyot batamom barbod bo‘lishini hayot tasdiqlagan. Shunday bo‘lsa xalqning ahvoli og‘irlashadi. Ziddiyatlar kuchayadi. “Biz iqtisodni har xil siyosiy mafkuradan ustun qo‘yib, shu sohada bo‘lgan muammolarni hal qila borib, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaymiz. Butun jamiyatimizni yangilash asosini va inson uchun munosib shart-sharoitlar yaratyapmiz.


Iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishga yangicha yondashuvlarni hayotning o‘zi taqozo etyapti. Iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqurroq ifoda etish, ularning hayotiy zarurligini aniq ravshan anglab yetish lozim. Respublikada har bir rahbar, har bir xodim ilg‘or fikrlovchi har bir odam islohotlar g‘oyasi bilan yashashi lozim”1.
Demak, iqtisodiy islohotlarni asosiy tamoyil va g‘oyalarini tushunish va tushuntirish fan rivojiga uni amaliy faoliyatga fandagidek, tatbiq etilishiga bog‘liq.
Iqtisodiy islohotlarni, vazifalarni amalga oshirishda mamlakat uchun quyidagi sohalar uzluksiz ustuvor yo‘nalishlar qilib belgilangan:

  • ta’lim va madaniyatni rivojlantirish va isloh qilish;

  • aqliy va ma’naviy salohiyatini mustahkamlash;

  • aholini ijtimoiy himoya qilish.

Bularni, umuman, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, birinchi galda kadrlar imkoniyatiga, ularning kasb jihatdan tayyorlanganligiga bog‘liq. Ta’lim beradigan fanlar darajasini yuqori pog‘onaga ko‘tarish davr talabidir. Bilimdonlik, yuqori madaniylik, yutuqlar garovidir. Fan kashfiyotlari havo va suvdek zarurdir. Shu sababli ham aytilishi lozimki, davlat bundan buyon ham iqtisodiyotda, eng asosiy ustuvor tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Chunki mamlakatimiz kelajagi ana shu tadqiqotlarga bog‘liq. Demak, ilmiy ijod qilish, izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar faoliyatining moddiy bazasini rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‘rganish, aloqalarni mustahkamlash zarur. Buning uchun iqtisodiyotning amaliy ehtiyojlariga yaqinroq bo‘lish, samarali natijalarni beradigan ixcham, izlanuvchan ijodiy jamoalar tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiy sohadagi fan va ilmiy tadqiqotlarning doimiy rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlardan biri bu ta’lim sohasini chuqur isloh qilishdir. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim to‘g‘risidagi qonunining ishlab chiqilishi ayni muddao bo‘ldi. Qonunning 3-moddasida “Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinadi” deb aytilishi bilan birga, ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari ham ko‘rsatib berilgan.
Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik tavsifda ekanligi; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishi: akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish va boshqalar. Bu ko‘rsatilgan tamoyillar ta’lim tizimidagi islohotlardan bo‘lib, sobiq ittifoq ta’lim tizimidan tubdan farq qiladi.
Bu tamoyillar respublikada iqtisodiy sohalarni rivojlantirishga bevosita ta’siri bo‘lmasa-da, lekin iqtisodiy sohada kadrlar tayyorlashning asosi uchun zamin yaratadi. Ushbu tamoyillar asosida Oliy o‘quv yurtlarini tubdan qayta qurish boshlandi. Yaqin yillargacha iqtisodiyotda ishlaydigan xodimlar faqat Toshkent va Samarqandda tayyorlansa, hozirgi paytda barcha viloyatlarda iqtisodiy fan va ta’lim markazlari tashkil etilgan. Zero, zamon talabiga mos mutaxassis tayyorlash zarur ekan, asosan, birinchi o‘rinda o‘quv yurtlarini shakli, qiyofasi va tarkibi, moddiy bazasi ham zamonaviy bo‘lishi talab etiladi. Ta’kidlash lozimki, 1997 yilgacha 300 dan ortiq yangi turdagi ta’lim muassasalari ochilgan edi. Oliy o‘quv yurtlari qoshida 46 ta litsey tashkil etilgandi. 800 dan ortiq o‘quvchilar chet ellarda ta’lim olib qaytgan edilar. Ko‘pgina o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarda malakalarini oshirib keldilar. Hozirgi kunda ana shu olib borilgan tadbirlar natijasida iqtisodiy sohada minglab xodimlar unumli mehnat qilmoqdalar.

Yüklə 99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə