Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


-rasm. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/192
tarix26.05.2022
ölçüsü4,98 Mb.
#87985
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

2.3.1-rasm. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy 
qismlari
Shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, 
ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga 
oshiruvchisidir. Shaxs uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy 
bilimlarni o‘zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab 
chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o‘zida ijtimoiy ta’sirlar 
yordamida ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. Shaxsda 
o‘zlashtirilgan bilim, faoliyat ko‘nikmalari va hayotiy tajriba asosida 
kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma’naviy-axloqiy 
sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy malakaga ega bo‘lish uchun 
shaxs o‘z oldiga muayyan maqsadni qo‘ya olishi hamda unga erishish 
yo‘lida tinimsiz izlanishi, o‘qib-o‘rganishi lozim. Shundagina u 
ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo‘lib shakllanadi.
Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim 
olish va kasb-hunar tayyorgarligidan o‘tish kafolatlanadi. Ta’lim olish 
jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni 
bajarishi shart.


61
Shaxs va davlat (jamiyat) o‘rtasidagi aloqa ikki tomonlama 
xususiyatga ega. Shu bois har qanday davlat (jamiyat) o‘z fuqarolarining 
yashashi, mehnat qilishi, iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, 
uni namoyon eta olishi uchun yetarli darajada shart-sharoit yaratib 
bera olishi lozim. Respublika ta’lim tizimida davlat va jamiyat 
shaxsning har tomonlama shakllanishi, o‘zligini namoyon eta olishi 
uchun yetarli darajada shart-sharoit yaratib berish mas’uliyatini o‘z 
zimmasiga oluvchi subyekt sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat va jamiyat ta’lim hamda kadrlar tayyorlash tizimining 
faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi 
kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir. Davlat 
va jamiyat ta’lim muassasalarining yuqori malakali raqobatbardosh 
mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi faoliyatini ham uyg‘unlashtiradi 
hamda quyidagilarga kafolat beradi:
– fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish 
huquqlarning ro‘yobga chiqarilishiga;
– majburiy umumiy o‘rta ta’lim hamda akademik litsey yoki 
kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo‘nalishini tanlash huquqi asosida 
ixtiyoriy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini olishga;
– davlat grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va 
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni olish huquqiga;
– davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga;
– ta’lim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-
sharoitlar yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamoatchilik 
boshqaruvini rivojlantirishga;
– ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlashga;
– sog‘liq va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ta’lim 
olishiga. 
Uzluksiz ta’lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning 
asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlari, davlat ta’lim standartlarini, 
kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish 
muhitini o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim 
Davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlari talablariga muvofiq 
tashkil etiladi. 
62
“Uzluksiz ta’lim tizimi inson va jamiyatning turli xil ta’limiy 
ehtiyojlarini qondirishi, bilimlarning qadr-qimmati va mavqeyini 
ko‘tarish uchun keng imkoniyatlar yaratib berishi, shuningdek 
iqtisodiyotning o‘zgaruvchan ehtiyojlari sharoitida umum ta’limiy, 
umummadaniy, kasbiy va ilmiy asosda mutaxassislar tayyorlash yo‘li 
bilan fundamental bilimlar berib shaxsni ijtimoiy himoya qilishni 
ta’minlashi kerak”
1

Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari (2.3.2-
rasm) yoshlar uchun turli xil ta’limiy ehtiyojlarini qondiradi, shaxsni 
ijtimoiy himoyalaydi. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri 
sifatida fan, yana shuningdek, “ta’lim mazmunini tubdan yangilashda: 
ta’lim standartlari, ta’lim dasturlari, o‘quv darsliklari va qo‘llanmalar 
tayyorlashda, ilmiy-metodik ta’minotni amalga oshirishda bevosita 
va bilvosita ishtirok etadi”. 
Uzluksiz ta’limni tashkil etish va 
rivojlantirish tamoyillari 
Ta’limning
ustuvorligi
Ta’limning
demokratlashuvi 
Ta’limning
insonparvarligi
Ta’limning
ijtimoiylashuvi
Ta’limning
yo‘naltirilgan-
ligiligi
Ta’lim va 
tarbiyaning
uzviy bog‘liqligi
Iqtidorli talabalarga 
shart-sharoit 
yaratish

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə