Pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Mavzuni sodda tilda bayon etish, uni ta’lim  oluvchilarga tushunarli tarzda etkazishdir



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/28
tarix25.08.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#120906
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
BLI Nodira


Mavzuni sodda tilda bayon etish, uni ta’lim 
oluvchilarga tushunarli tarzda etkazishdir
 
Unga quyidagilar yordamida erishiladi

-qisqa va sodda tuzilishga ega gaplardan foydalanish
- oddiy so‘zlarni ishlatish; 
- atamalar ma’nosini tushuntirib berish; 
- xorijiy tillardan kirgan atamalarni izohlash; 
- faol fe’llarni ishlatish; 


- fikrlarni ko‘rgazmali bayon qilish; 
Fikrlarni qisqa va aniq ifodalash

- butunlay o‘quv maqsadiga qaratilgan
- asosiy mazmunga qaratilgan; 
- to‘g‘ri ifodalardan tashkil topgan; 
- muhim va kerakli izohlar bilan ta’minlangan bo‘lmog‘i kerak. 
Ravon tilda, yaxshi talaffuz bilan gapirish: 
-ta’lim oluvchilar uchun eshitilarli balandlikda; 
-so‘zlarni aniq talaffuz qilish
-kerakli gaplarga va so‘zlarga urg‘u berib, gapirish bilan erishiladi. 
Ma’ruza qismlarini tuzishda quyidagilarga e’tibor beriladi

-mavzu bilan tanishtirish; 
-mavzuni asoslash(ahamiyatini tushuntirish); 
-ma’ruzani mantiqiy bog‘liqlik asosida olib borish; 
-ma’ruzani yakunlash. 
Ma’ruzani mantiqiy bog‘liqligini ta’minlashga: 
-ma’lumotlarni mantiqiy ketma-ketlikda berish; 
-ma’ruza qismlari orasida o‘zaro aloqalar bo‘lishini ta’minlash; 
-bir fikrdan boshqasiga o‘tib ketmaslik; 
-asosiy va asosiy bo‘lmagan ma’lumotlarni farqlash orqali erishiladi. 
O‘qituvchi darslarda axborot kommunikatsion texnologiyalardan 
foydalanishda “Ma’ruza” usuli orqali darsni quyidagicha tashkil etishi mumkin: 
O‘qituvchi, avvalo, talabalarga fanning bo‘limi, birinchi jarayon oxirida taqdimot 
qilinishi belgilanib, dasturdagi mustaqil ish mavzulari talabalar ixtiyoriga qarab 
taqsimlanadi. O‘quvchilar mavzu tanlab, shu mavzu asosida o‘z faoliyatini olib 
boradi. Bundan ko‘zlangan maqsad shuki, dars mavzusini yoritishga bevosita 
talabalarning o‘zlarini jalb qilish va matnni chuqurroq o‘zlashtirish uchun
hayotiy misollarni, mazmunli ma’lumotlarni qidirib topishini yuklaydi. Har bir 
talabaning ma’ruzasi qaysi mavzuda bo‘lishidan qat’iy nazar o‘qituvchi 
tomonidan alohida ko‘rib chiqilishi va baholanishi lozim. 



Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə