Pedagogika fani, uning


Ta’lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi



Yüklə 481,71 Kb.
səhifə24/40
tarix31.12.2021
ölçüsü481,71 Kb.
#82085
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
1-ma`ruza ma`lumoti

Ta’lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa va dalillarni tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma’lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarining ta’lim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini o’rganish, bu boradagi faolllik darajasi, erishilgan yutuq hamda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg’or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo’llaniladi.

Ta’lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi hujjatlar quyidagilardan iborat: O’quv mashg’ulotlarining jadvali, o’quv dasturi, guruh (yoki sinf) jurnallari, o’quvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash yig’ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, ta’lim muassasasi smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o’quv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar, ta’lim muassasasi jihozlari (o’quv partalari, stol stullar, yumshoq mebellar va hokazo-lar) qayd etilgan daftar va hokazolar.

Mazkur metod muayyan yo’nalishlarda o’quv-tarbiya ishlari samaradorligi darajasi, o’quvchilarda hosil bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hajmi, ilg’or pedagogik tajribalar mazmunini o’rganishda muhim ahamiyatga ega.

Test metodi. Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo’yicha o’zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko’nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o’z mohiyatiga ko’ra quyidagi savollardan iborat:


  1. ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);

2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo’q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniharli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).

3) to’g’ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o’z yondashuvlariga ko’ra to’g’ri deb topgan javob variantini belgilaydilar).

Test metodini qo’llashda aniqlanishi zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni turkum asosida berilishiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo’yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent o’z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyaga ega emas.


Yüklə 481,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə