363
–
Ma’qul, ma’qul, – deb kuldi. – Faqat avvalgi ikki satrning vaznini
buzibroq o‘qiding. Aftidan, sen bu satrlardagi kinoyani yaxshi fahm-
lamagansen.
–
Qandoq... kinoya? – deb bu satrlarni kamoli jiddiyat bilan
o‘qigan Humoyun taajjublandi.
–
Kinoyaki, odamlar bir-birlariga ozor beradigan gapni ko‘p ga-
pirurlar. Goho ozor beradigan narsani o‘zimiz justijo‘ qilib topurmiz.
Undan keyin bu ozorni ko‘ngildan may bilan yuvmoqchi bo‘lib ichish-
ga ruju qilurmiz.
Otasi o‘zining may ichishiga kinoya bilan qarashini Humoyun
endi sezdi va yana hayron bo‘ldi:
–
Nechun shunday?
–
Sening yoshingda buning sababini tushunib bo‘lmas. Men ham
o‘ttiz yoshimgacha chog‘irga ehtiyoj sezgan emasmen.
Sen qalay-
sen?.. Ko‘nglingda chog‘irga ishtiyoq bormi?
Humoyun uyalib bosh chayqadi. So‘ng otasining ichkilikdan
shishgan qovoqlariga jiddiy bir qarab oldi-da:
– Men chog‘irni yomon ko‘ramen, – dedi.
O‘n uch yoshida Bobur o‘zi ham ichkilikdan hazar qilishini esladi-
yu, o‘g‘lining javobini ma’qullab bosh irg‘adi.
–
Xo‘sh, nelarni yaxshi ko‘rursen?
–
Menmi? – deb Humoyun bir lahza o‘ylanib oldi. Uning yax-
shi ko‘rgan narsalari ko‘p edi: –
Safarda yurishni, sayohatni yaxshi
ko‘rurmen, yaxshi kitob bo‘lsa ertayu kech o‘qigim kelur...
«Bu jihatlari menga o‘xshabdir», dedi Bobur ichida va o‘g‘lining
qamchi dastasini tutgan qo‘llariga qaradi. Humoyunning yuz-ko‘zi
ham, qo‘llari ham Boburnikidan qoraroq edi. Balki janubda tug‘ilib
o‘sayotgani uchun shundaydir? Lekin panjasining shakli otasinikiga
juda o‘xshash. Bobur o‘g‘lining bilagidan olib:
– Qani, kaftingni och, – dedi.
Humoyun qamchini taqimiga qistirdi-da, kaftini otasiga ochib
ko‘rsatdi. Bobur uning kaftidagi
chiziqlarga qaradi-da, keyin o‘z pan-
jasini ochib, o‘g‘lining kaftiga kaftini yonma-yon tutdi. Katta va kichik
har ikki kaftdagi ko‘ndalang chiziqlar bir-birining aynan takrori edi.
Otasiga o‘xshashni juda-juda istaydigan Humoyun mamnun jilmaydi.
Bobur chuqur tin oldi-da:
–
Ilohim, men ko‘rgan balolarni sen ko‘rmagin! – dedi.
–
Lekin men sizning barcha ishlaringizni o‘rganmoqchimen.
364
Boburning yaxshi-yomon ishlari xayolidan aralash-quralash
bo‘lib o‘ta boshladi. Berahm muhit uni ham shafqatsiz bo‘lishga
o‘rgatardi. Mana shu Kobul viloyatining o‘zida
xirilchi qabilasiga
mansub talay odamlar karvon yo‘llarida talonchilik qilganliklari
uchun Bobur askarlari tomonidan ayovsiz o‘ldirilgan, hazora qabi-
lasining o‘nlab jangovar yigitlari chopqin paytida qirib tashlangan
edi... Bobur bu qonli lavhalarni umr kitobi bo‘lmish «Vaqoi’»ga bir-
ma-bir yozib borar edi. Ammo hali balog‘atga yetmagan va olamga
bolalarcha musaffo bir ishonch bilan qarayotgan Humoyunni
bunday
shafqatsizliklardan mumkin qadar uzoq tutgisi kelardi.
–
Sen hushyor bo‘l, – dedi Bobur, – mening havas qilib
bo‘lmaydigan ishlarim ham bor!
–
Qaysi ishlaringiz, hazratim?
–
Qayg‘uli, fojiali ishlarim. Butun taqdirim...
–
Buni bir g‘azalda ham aytmishsiz.
Humoyun yana yoddan otasining satrlarini ayta boshladi:
Har yong‘aki azm etsam, yonimda borur mehnat, Har soriki yu-
zlansam, o‘trumg‘a kelur qayg‘u, Yuzjavru sitam ko‘rgan, ming meh-
Dostları ilə paylaş: