QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Malham teri kasalliklarida (kuyishlar, yaralar, ekzemalar, dermatitlar, furunkulyoz, piodermiyalar), tuyoqlar,
tuyoqchalar kasalliklarida, shuningdek artritlar, nevralgiyalar, tendinitlar, tendovaginitlar, bursitlar,
mastitlar holatida tashqi ravishda qo’llanadi.
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Malham qishloq xo’jalik hayvonlarida yaralar, chuqur yaralar, kuyishlar, emchak yorilishlarini davolash
uchun tashqi ravishda qo’llanadi.
1 g malham tarkibi:
Ixtiol konsentratsiyasi 100 mg/200 mg
100g malham tarkibi:
Streptotsid
10 g
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Malham jarohatlangan joyga tekis yupqa qatlam qilib surtiladi
Preparat yara tuzalguncha har kuni sutkasiga 1-2 marta yoki 1-2 kun
oralab qo’llanadi.
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Malham yara tuzalguncha kuniga 1-2 marta bevosita jarohatlangan joyga yupqa qatlam qilib
surtiladi yoki doka bog’lamaga surtib qo’yiladi.
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Malhamning tarkibiga kiruvchi ixtiol antiseptik va yalliqg’inishga
qarshi ta’sir ko’rsatadi. Yaralarga surtilganda, tomirlarni toraytiradi, sekretsiya va ekssudatsiya jarayonlarini
kamaytirib, jarohatlangan to’qimalarning regeneratsiyasini tezlashtiradi.
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Malhamning tarkibiga kiruvchi streptotsid mikroblarga qarshi va
bakteriostatik ta’siriga ega bo’lib, sekretsiya va ekssudatsiya jarayonlari kamayishiga, jarohatlangan
to’qimalarning regeneratsiyasi jarayonining tezlashuviga yordam beradi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Malham asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya
ta’sir ko’rsatmaydi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q.
KUTISH DAVRI:
Malham qo’llanganda, hayvonlarni go’sht uchun so’yish va
sutni oziq-ovqat maqsadlarida ishlatish cheklanishsiz amalga oshiriladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Malham asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q.
KUTISH DAVRI:
Malham qo’llanganda, hayvonlarni go’sht uchun so’yish va sutni oziq-ovqat maqsadlarida
ishlatish cheklanishsiz amalga oshiriladi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
«Ixtiol malhami». Malham tashqi ko’rinishiga ko’ra to’q
sarg’ish rangli, bir jinsli, ixtiol hidli quyuq massadan iborat.
QADOQLANISHI:
100 g. li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Malham quruq, salqin, yorug’likdan pana joyda, +4°C dan
+25°C gacha haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Teri kasalliklarini davolash uchun antimikrob vosita.
Ta’sir etuvchu moddasi streptitsid. Malham oq rangdan sariq-jigar ranggacha, bir
jinsli quyuq, kuchsiz aromatik hidli massadan iborat.
QADOQLANISHI:
100 g. li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Malham quruq, yorug’likdan pana joyda, +4°C dan +25°C
gacha haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 4 yil.
IXTIOL MALHAMI
10%; 20%
STREPTOTSID MALHAMI
10%
60
61
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
62
63
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
«Imisan» yirik qoramol va mayda shoxli mollar, otlar va itlarning qon-
parazitar kasalliklarini (babezioz, nuttalioz, anaplazmoz va aralash invaziyalar) davolash va profilaktika
qilish uchun mo’ljallangan.
1 ml preparat tarkibi:
Imidokarb
dipropionat
120 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
«Imisan» hayvonlarga bir marotaba, bo’yin soxasiga mushak ichiga (yirik
qoramol, otlar va qo’ylar) yoki bo’yin soxasiga teri ostiga (itlar), aseptika va antiseptika qoidalariga rioya
qlgan holda, quyidagi dozalarda kiritiladi:
Hayvonlarning turi
Imisan dozasi
Babezioz
Anaplazmoz
Aralash invaziya
Davolash maqsadida
Yirik qoramol
100 kg vazniga 2,0 ml
100 kg vazniga 2,5 ml 100 kg vazniga 2,5 ml
Mayda shoxli mol
10 kg vazniga 0,2 ml
-
-
Otlar, eshaklar, xachirlar
100 kg vazniga 2,5 ml
-
-
Itlar
10 kg vazniga 0,25-0,5 ml
-
-
Profilaktika maqsadida
Yirik qoramol
-
-
100 kg vazniga 2,5 ml
Otlar, eshaklar, xachirlar
100 kg vazniga 2,0 ml
-
-
Itlar
10 kg vazniga 0,5 ml
-
-
Otlar, eshaklar va xachirlarni B.caballi va B.equi qo’zg’atuvchilaridan
tozalash maqsadida davolash
quyidagi sxema bo’yicha o’tkaziladi:
Hayvonlarning turi
Doza, hayvonlarning 100 kg tana vazniga ml
B.caballi
B.equi
Otlar
2 ml dan ikki marta 24 soat oralig’i bilan
4 ml dan to’rt marta 72 soat oralig’i bilan
Eshaklar va xachirlar
2 ml dan ikki marta 24 soat oralig’i bilan
-
«Imisan» hayvonlarda kasallikning klinik belgilari paydo bo’lganda, davolash maqsadida qo’llanadi.
Kasal hayvonlar tinch holda qoldiriladi va ularning fiziologik holatiga qarab, ularga qo’shimcha
simptomatik dori vositalari tayinlanadi.
Antiprotozoy
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Ta’sir etuvchi vositasi - imidokarb dipropionat - babezioz, nuttallioz,
anaplazmozning qo’zg’atuvchilariga nisbatan faol ta’sir ko’rsatadi. Ta’sir etish mexanizmi qon parazitlarida
poliamin moddalarining metabolizmini ingibirlashga asoslangan.
Parenteral kiritishdan keyin 18-24 soatdan so’ng imidokarb dipropionatning qondagi terapevtik
konsentratsiyasiga erishiladi, va uning qondagi piroplazmostatik darajasi 4-6 hafta davomida saqlanadi.
Imidokarb dipropionat asosan buyrak va jigarda yig’iladi; organizmdan asosan siydik bilan o’zgarmagan
holatida chiqariladi.
«Imisan» organizmga ta’sir etish darajasiga ko’ra kam xavfli moddalarga kiradi
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Imisan mazkur qo’llanmaga muvofiq tavsiya etilgan dozalarda qo’llanganda, hayvonlarda nojo’ya ta’siri va
asoratlari kuzatilmaydi. Kam hollarda kiritilgan joyida giperemiya yoki og’riqli shishib ketish shaklidagi mahalliy reaktsiya bo’lishi
mumkin, u 1 -2 sutkadan keyin yo’qoladi. Takroriy kiritishda qon bosimi pasayishi, preparatning dozasi oshib ketganda esa
bradikardiya, nafas olish tezlashishi va buzilishi, anoreksiya, tremor kuzatilishi mumkin.
Hayvonning preparatga yuqori individual sezgirligida asoratlar rivojlanishi belgilari bo’lishi mumkin (holsiz holati, notinchik, ko’p
so’lak oqishi, ko’z yoshi oqishi, ter ajralishi, mushaklar titrashi, tez-tez siyish va ich ketishi), bu hollarda teri ostiga 1 % atropin eritmasi
belgilanadi.
Qon parazitlari ommaviy qirilganda va eritrotsitlar parchalanganda hayvonlarda intoksikatsiya rivojlanishi mumkin. Bu holda
elektrolitlar eritmalarini tomir ichiga quyish va simptomatik davolashni o’z ichiga oluvchi intensiv davolash o’tkazilishi lozim.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparat teri ostiga yoki tomir ichiga qo’llanmaydi (itlardan tashqari).
Preparatni babezioz yoki anaplazmozga qarshi tirik vaktsina bilan vaktsinatsiya qilishdan keyin 4 hafta ichida qo’llash taqiqlanadi.
Xlororganik va fosfororganik preparatlar, shuningdek xolinesteraza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo’llash taqiqlanadi.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Preparatni qo’ylarga va itlarga kiritish uchun 0,1 ml bo’limli shkalasi bo’lgan shpritslardan foydalanish
lozim. Itlar inyeksiyadan keyin 15 daqiqa mobaynida veterinar shifokorning nazoratida bo’lishi kerak. Preparat qo’llanishi bilan bir
vaqtda itlarga antigistamin vositalarining qo’laniishi tavsiya etiladi.
Agar eritmaning hisoblangan hajmi 10 ml dan ortiq bo’lsa, og’riq bo’lmasligi uchun uni hayvonning ikki-uchta joyiga kiritish lozim.
Hayvonlarga «Imisan» bilan ishlov berishni veterinar shifokor yoki veterinar feldsher o’tkazishi lozim.
Yoppasiga ishlov berishdan avval preparatning har bir seriyasi hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkazilishi lozim.
3 sutka ichida asoratlar bo’lmasa, preparat barcha hayvonlarga beriladi.
KUTISH DAVRI:
Yirik qoramolni va qo’ylarni go’sht uchun so’yish Imisan preparatini oxirgi qo’llashdan keyin kamida 45 sutkadan keyin
ruxsat etiladi, majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti go’sht-suyak unini ishlab
chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.
Sog’iladigan sigirlarning sutini oziq-ovqat maqsadida ishlatish preparatni qo’llashdan keyin kamida 7 sutkadan so’ng ruxsat etiladi.
Ushbu muddatdan avval sut qaynatiladi, keyin hayvonlarga yedirish uchun ishlatiladi. «Imisan» bilan ishlov berilgan sog’iladigan
qo’ylarning sutini butun sut emizish davri mobaynida oziq-ovqat maqsadida ishlatish mumkin emas.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
«Imisan» (Imisan) – yirik qoramol va mayda shoxli mollar, otlar
va itlarning qon-parazitar kasalliklarini davolash va profilaktika qilish uchun, inyeksiyalar
uchun eritma shaklidagi dori vositasidir. Ta’sir etuvchi moddasi imidokarb dipropionat.
QADOQLANISHI:
50 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparatni ehtiyotlik bilan quruq, yorug’likdan pana joyda, 2°C dan
25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
IMISAN
Inyeksiya uchun eritma