68
69
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
«Toltroks 2,5%» broylerlar, kurkalar, g’ozlar va o’rdaklarning koksidiozlarida, davolash-profilaktika
maqsadida qo’llanadi.
Preparat parrandalarga to’shamasida koksidiyalar miqdorining o’ta yuqori darajasiga yetganda (10 – 20
ming/g), shuningdek parrandalarda kasallikning klinik alomatlari paydo bo’lganda belgilanadi.
1 ml preparat tarkibi:
Toltrazuril
25 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
«Toltroks 2,5%» ichimlik suvi bilan, quyida keltirilgan sxemalardan biriga muvofiq, qo’llanadi:
a) ikki
kun ketma-ket, parrandaning 1 kg tana vazniga 7 mg toltrazuril dozasida (parrandaning
100 kg tana vazniga 28 ml preparat), uning ekvivalent miqdori 1 l ichimlik suviga 1 ml preparat
bo’lib, uni 48 soat davomida ichiriladi.
b) 1 l ichimlik suviga 3 ml preparat bo’lib, uni parrandaga 8 soat davomida ikki kun ketma-ket
ichiriladi.
Zarur bo’lganda, og’ir kasallik holatida, davolash kursi 5 kundan keyin takrorlanadi.
Davolash eritmasi (preparat suv bilan aralashtirilganidan keyin) 48 soat davomida o’z faol
ta’sirini saqlab qoladi. Eritmalarning 1 l ichimlik suviga 1 ml «Toltroks 2,5%» miqdorida va undan
yuqoriroq konsentratsiyasida, ya’ni 1:1000 nisbatida, cho’kma tushishi mumkin. Cho’kma paydo
bo’lsa, eritmani ishlatishdan avval yaxshilab aralashtirish lozim.
Antiprotozoy
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Toltrazuril parrandalarda parazit sifatida yashovchi barcha koksidiyalarga nisbatan (E. acervulina, E.
brunetti, E. necatrix, E. mitis, E. adenoides, E. meleagrimitis, E. anceris, E. truncata), shu jumladan boshqa
koksidiyalarga qarshi preparatlarga chidamli shtammlarga nisbatan samarali ta’sir etadi. Preparatning
tarkibiga kiruvchi toltrazuril eymeriyalarning hujayra ichidagi rivojlanishining barcha bosqichlariga
koksidiotsid ta’sir ko’rsatadi.
Toltrazuril organizmga ta’sir etish darajasiga ko’ra o’rtacha xavfli moddalarga kiradi (GOST 12.1.007-76 ga
muvofiq 3-xavflilik sinfi), tavsiya etilgan dozalarda va ulardan 10 baravar yuqori dozalarda parrandalarda
nojo’ya holatlarni va asoratlarni keltirib chiqarmaydi, va koksidiozga immunitetning shakllanishiga
to’sqinlik qilmaydi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Tavsiya etilgan dozalariga va qo’llash sxemalariga rioya qilingan holda bo’lmaydi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
«Toltroks 2,5%» tuxum qo’yadigan tovuqlarga qo’llanishi mumkin emas.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
«Toltroks 2,5%» parrandalar uchun yem qo’shimchalari, vitaminlar va boshqa
dori vositalari bilan birgalikda qo’llanishi mumkin.
KUTISH DAVRI:
Parrandani go’sht uchun so’yish dori vositasini qo’llash to’xtatilganidan keyin kamida
8 kun o’tganda ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan
parrandaning go’shti go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
EHTIYOT CHORALARI:
Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina
qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni
darhol ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak.
Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi.
Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish
lozim.
Preparatning idishini oziq-ovqat maqsadlar uchun ishlatish taqiqlanadi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
«Toltroks 2,5%» parrandalar koksidiozlarini davolash uchun
mo’ljallangan. Ta’sir etuvchi moddasi toltrazuril hisoblanadi. Preparat rangsizdan och
jigar ranggacha bo’lgan, suv bilan oson aralashtiriladigan shaffof suyuqlikdir.
QADOQLANISHI:
1000 ml. li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat ehtiyotlik bilan, yorug’likdan pana joyda, +5°C dan +25°C
gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
TOLTROKS
2,5%
Og’iz orqali ichish uchun suspenziya
70
71
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Preparat yirik qoramol va mayda shoxli mol, otlar, cho’chqalar, uy hayvonlari va mo’ynali hayvonlar uchun
qo’llanadi.
TARKIBI.
Massa ulushi:
Polisulfid oltingugurt
2,5%
Umumiy oltingugurt
5,0%
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat qo’tir kanalari tomonidan shikastlangan teri joylariga avvalgi tayyorgarlikdan so’ng
(sovunli iliq suv bilan yuvish, qo’tirlarini olib tashlash) surtiladi.
Ishlov berish ikki marta, 8-10
kundan keyin takrorlanadi.
Mayda hayvonlarga qo’tir holatida, avvalgi tayyorgarlikdan va qo’tirlarini olib tashlashdan
so’ng, shikastlangan joyi yaxshilab moylanadi va 5-7 tomchi preparat kiritiladi, quloq ildizidan
tepasigacha quloq chig’anog’i uqalanadi. Ishlov berish ikki marta, 7-10 kundan keyin takrorlanadi.
Insekto-akaritsidlar, rodentitsidlar va
dezinfektantlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Ishqorlar bilan reaksiyaga kirishganda oltingugurt faol birikmaga aylanadi. Preparat teriiga surtilganidan
keyin, molekulyar oltingugurt, oltingugurt vodorodi va oltingugurt angidridi hosil bo’ladi, ular akaritsid,
antiseptik ta’sir ko’rsatadi va terining retseptorlarini achishtiradi.
Oltingugurtning qo’tirga qarshi ta’siri uning akaritsid ta’siri va qisman achishtiruvchi ta’siri borligi bilan
izohlanadi. Teri retseptorlarini achishtirish tufayli epidermis sho’ralab tushadi, moddalar almashinuvi
ancha yaxshilanadi va kanalar ketkaziladi.
Preparatning eng samarali ta’siri optimal namlik bo’lganda va +30°C haroratida kuzatiladi. Havoning
yuqori namligida oltingugurt angidridging bir qismi sulfat kislotaga aylanadi, u hayvonlar terisini kuchli
achishtirib, kananing xitin qoplamasi orqali kam o’tadi, shu sababli preparatning akaritsid ta’siri kamayadi.
Polisulfon Sarcoptes, Psoroptes, Otodectes turidagi qo’tir kanalariga qarshi akaritsid ta’siriga ega.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparatni qo’llash mumkin bo’lmagan
holatlar mavjud emas.
KUTISH DAVRI:
Ishlov berilgan hayvonlarning go’shti va suti
cheklashsiz ishlatiladi.
EHTIYOT CHORALARI:
Preparat teriga yoki ko’z shilliq pardasiga
tekkanda, uni ko’p suv miqdori bilan yuvish kerak.
Preparat bilan ishlash tugaganidan keyin yuzi va qo’lini iliq suv bilan
yaxshilab yuvish lozim.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Polisulfon - majmuiy akaritsid preparat bo’lib, hayvonlar
qo’tirini davolash va profilaktika qilish uchun suvli eritma.
QADOQLANISHI:
100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparatni ehtiyotlik bilan, yorug’likdan pana joyda, 4°C dan + 20°C
gacha haroratda saqlash lozim.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 1 yil.
POLISULFON
Eritma