Professional futbol ligasi tomonidan


Musobaqalarda hakamlik qilishga O‘FA Hakamlik-inspektorlik  qo‘mitasi tomonidan tavsiya etilgan hakamlar qo‘yiladi. 14.3



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

14.2.
Musobaqalarda hakamlik qilishga O‘FA Hakamlik-inspektorlik 
qo‘mitasi tomonidan tavsiya etilgan hakamlar qo‘yiladi.
14.3.
O‘FA va O‘zPFL shtat xodimlari, hududiy futbol assotsiatsiyalari 
rahbarlari hakamlik qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
14.4.
Superliga, Pro liga, Birinchi liga, O‘zbekiston kubogi, O‘zbekiston Liga 
kubogi, Superkubok, ayollar chempionati va birinchiligi kabi uchrashuvlarga 
hakamlar O‘FA Futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi bilan kelishilgan 
holda O‘FA Hakamlar bo‘limi tomonidan tayinlanadi. Mazkur tayinlov O‘zPFL bosh 
direktori tomonidan tasdiqlanadi.
14.5.
U-21, U-18, U-16, U-14, U-10 kabi musobaqalarga hakamlar HA 
tavsiyasiga ko‘ra O‘FA Hakamlar bo‘limi tomonidan tayinlanadi.
14.6.
Jamoalarning uchrashuvga tayinlangan hakamlarni almashtirish 
borasidagi murojaatlari qabul qilinmaydi. 
14.7.
Agar uchrashuvga tayinlangan hakamlar brigadasi uchrashuvga yetib 
kela olmagan bo‘lsa, O‘FA Hakamlar bo‘limi uchrashuvga HAning malakali 
hakamlaridan biri tayinlaydi. Yordamchilardan biri biror sababga ko‘ra maydonga 
chiqa olmasa, zaxira hakami uning o‘rnini egallaydi va zaxira hakami vazifasini ham 
bajaradi. 
14.8.
Uchrashuv boshlanishidan kamida bir soat oldin bosh hakam O‘zPFL 
komissari bilan birga futbol maydonini ko‘zdan kechiradi va uning sifatini 5 ballik 
tizimda baholaydi. Mazkur baho o‘yin qaydnomasida ko‘rsatiladi. Baholash 
jarayonida maydon bilan bog‘liq muammo yuzaga kelsa, mezbon tomon mazkur 
muammoni uchrashuv startigacha hal qilishi shart.
14.9.
Zaxira hakami va O‘zPFL komissari klub rasmiylarining hujjatlarini 
tekshiradi. Ular jamoa rahbarlari bilan birgalikda futbolchilarni uchrashuvga qo‘yish 
qoidalariga rioya qilinishi uchun mas’uldir.
14.10.
Maydonga chiqishdan avval hakamlar brigadasi uchrashuv 
qaydnomasiga kiritilgan futbolchilar litsenziyalarini tekshirishi, shuningdek, 
futbolchilarning raqamlari uchrashuv qaydnomasiga mos ekanini solishtirishi lozim. 
14.11.
Futbolchini almashtirish paytida zaxira hakamiga almashtirish 
varaqasi bilan birga maydonga chiqayotgan futbolchining litsenziyasi taqdim 
etiladi.
14.12.
Zaxira hakami maydon perimetri bo‘ylab texnik va boshqa zonalarga 
oid xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi uchun mas’uldir. U to‘plarni uzatib turadigan 
yosh futbolchilarga va o‘z vazifalarini bajaradigan boshqa texnik xodimlarga tegishli 
yo‘riqnoma beradi. 
14.13.
Uchrashuv yakunlangandan so‘ng bosh hakam O‘zPFL komissari bilan 
birga 30 daqiqa davomida uchrashuv qaydnomasini to‘ldirishi lozim. Agar 


23 
uchrashuv davomida ogohlantirishlar, chetlashtirishlar va futbolchilarning 
jarohatlari, shuningdek, stadionda tartibbuzarliklar yuz bergan bo‘lsa, bosh hakam 
O‘zPFL komissari bilan birgalikda bu haqda batafsil uchrashuv qaydnomasida bayon 
etishi kerak. 
14.14.
Uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin, 
shuningdek, hakamlar xonasida yoki hakamlar brigadasining yo‘lida yuz bergan 
barcha noxushliklar va chetlashtirishlar (ikkinchi ogohlantirish va “yaqqol gol urish 
uchun imkoniyatidan mahrum qilish” uchun chetlashtirish bundan mustasno) 
haqida bosh hakam va uning yordamchilari O‘zPFL komissarini ogohlantirib, O‘zPFL 
bosh direktori nomiga bildirgi xati yuborishi shart. 
14.15.
Hakam uchrashuvda yuz bergan ogohlantirish yoki chetlashtirish
boshqa noxushliklar haqida ma’lumotni qaydnomaga kiritishni O‘zPFL komissariga 
bildirmagan bo‘lsa, u O‘FA “Intizom kodeksi”ga muvofiq uchrashuvlarni olib 
borishdan chetlashtiriladi.
14.16.
Uchrashuvlarda faoliyat olib boruvchi VAR tizimi hakamlari bilan 
bog‘liq majburiyatlar O‘FA hamda O‘zPFL tomonidan alohida kelishilgan holda 
tartibga solinadi.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə