Professional futbol ligasi tomonidan


O‘FA va O‘zPFL o‘zaro kelishgan holda Musobaqaga xorijlik hakamlar  yoki hakamlar guruhini jalb qilishga haqli



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

14.17.
O‘FA va O‘zPFL o‘zaro kelishgan holda Musobaqaga xorijlik hakamlar 
yoki hakamlar guruhini jalb qilishga haqli.
 
15-bob. 
Musobaqalarda nazoratchilik qilish 
15.1. 
Musobaqalarda nazoratchilik qilishga O‘FA Hakamlik-inspektorlik 
qo‘mitasi tomonidan tavsiya etilgan nazoratchilar qo‘yiladi. 
15.2.
Musobaqalarda ishtirok etuvchi jamoalarning mavsum uchun 
qaydnomasiga kiritilgan shaxslarga nazoratchilik qilish taqiqlanadi.
15.3. 
Jamoalarning uchrashuvga tayinlangan nazoratchini almashtirish 
haqidagi murojaati qabul qilinmaydi. 
15.4. 
Superliga jamoalari uchrashuviga tayinlangan nazoratchi U-21 
chempionati uchrashuvida ham nazoratchilik qiladi.
15.5.
Nazoratchi mazkur Reglament, “Futbol o‘yini qoidalari” (2020–2021-
yillarda chiqarilgan), shuningdek, IFAB tomonidan qabul qilingan o‘zgartish va 
qo‘shimchalar, “Futbol bo‘yicha musobaqalarda hakamlik sifati uchun hakamlarni 
baholash bo‘yicha yo‘riqnoma” talablariga qat’i rioya etishi shart. 
15.6.
O‘zPFL komissari bo‘lmagan uchrashuvlarda nazoratchi stadion va 
tegishli xizmatlarning uchrashuvni o‘tkazishga tayyor ekani, shuningdek, mazkur 
Reglamentda o‘yin o‘tkazish uchun talab qilingan boshqa hujjatlar mavjudligini 
tekshirishi lozim. Agar ushbu hujjatlar bo‘lmasa yoki mazkur Reglament talablari 
bajarilmasa, nazoratchi klub direktori va stadion direksiyasidan aniqlangan 
kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, stadionni uchrashuvga tayyorlashni talab 
qilishi zarur. 


24 
15.7.
Uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyingi 
chetlashtirishlar (ikkinchi ogohlantirish va “oxirgi umid foli” uchun chetlashtirish 
bundan mustasno), shuningdek, hakamlar xonasida yoki hakamlar brigadasining 
yo‘lida yuz bergan barcha noxushliklar, hakamlikning sifati bo‘yicha e’tiroz yoki 
shikoyatlar keltirilishi haqida nazoratchi O‘zPFL bosh direktori nomiga 
bildirishnoma taqdim qilishi kerak. 
15.8.
Nazoratchilik sifati Hakamlik-inspektorlik qo‘mitasining Tahlil 
komissiyasi tomonidan baholanadi. O‘zPFLda saqlanuvchi nazoratchi bildirgisi Tahlil 
komissiyasi tomonidan tekshirilganidan so‘ng, uning xulosasi hakamlar va 
nazoratchilar tomonidan bajarilgan ishlar yuzasidan moliyaviy tabelga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi.
15.9.
Nazoratchi uchrashuv yakunidan so‘ng 48 soatdan kechiktirmay 
O‘zPFLga o‘rnatilgan shakldagi bildirgini elektron tarzda yetkazishi shart. 

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə