Professional futbol ligasi tomonidan


Legioner futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov amalga  oshirilmagunicha legioner futbolchi ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.  11.9



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

11.8.
Legioner futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov amalga 
oshirilmagunicha legioner futbolchi ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. 
11.9. 
Klub
 
xorijiy mutaxassisni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov amalga 
oshiradi.


20 
11.10.
Legioner futbolchi va xorijiy mutaxassislarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik 
uchun to‘lov miqdori O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
12-bob. 
O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tgan futbolchilarning musobaqalardagi 
ishtirokini tartibga solish 
12.1.
O‘z klubi bilan tuzgan shartnomasi (kelishuv bitimi) sabab O‘zPFL 
ro‘yxatidan o‘tgan futbolchining boshqa har qanday klub safida maydonga tushishi 
taqiqlanadi.
12.2. 
Superliga klubi 30–45 nafar (kamida 17 nafar futbolchi 1999-yil va 
undan kichik bo‘lishi, 5 nafari esa 2003 va undan kichik bo‘lishi lozim) futbolchini 
O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazishi kerak.
12.3. 
U-21 chempionatida 1999-yil yoki undan katta 2 nafar futbolchining 
ishtirok etishiga ruxsat etiladi.
12.4. 
Superliga va Pro liga klublarining U-18 chempionatida ishtirok etuvchi 
jamoasi uchun kamida 20 nafar shu yosh toifasidagi (2003) futbolchini ro‘yxatdan 
o‘tkazish kerak.
12.5. 
Pro liga klubi 20–25 nafar futbolchini O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazishi 
kerak. 
12.6. 
Birinchi liga klubi 20–25 nafar futbolchini O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazishi 
kerak.
12.7. 
Ayollar Oliy va Birinchi ligasi jamoalari 20-25 nafar futbolchini O‘zPFL 
ro‘yxatidan o‘tkazishi kerak. Bunda klub kamida 4 nafar 2003-yil va undan keyin 
tug‘ilgan futbolchini (keyingi o‘rinlarda — yosh futbolchi) ro‘yxatdan o‘tkazishi 
shart. Ayollar jamoalari uchrashuv qaydnomasiga U-16 jamoasi safida ro‘yxatdan 
o‘tgan ko‘pi bilan 4 nafargacha futbolchini kiritishga haqli. U-16 jamoasining 
kamida 10 nafar futbolchisi mahalliy futbolchi bo‘lishi shart.
12.8. 
Futbolchi o‘zi ro‘yxatdan o‘tgan klubning asosiy tarkibidan boshqa 
jamoalarida maydonga tusha olmaydi (Superliga futbolchisining U-21 
chempionatida ishtirok etishi hamda Superliga va Pro liga asosiy tarkiblarining 
2003-yil va undan kichik futbolchisining U-18 jamoasida to‘p surishi bundan 
mustasno).
12.9.
Klub bir klubga bir mavsumning o‘zida 2 nafardan ortiq futbolchini 
ijaraga berishi mumkin emas. Shuningdek, klub bir mavsum davomida umumiy 
hisobda 6 nafardan ko‘p futbolchini o‘zi ishtirok etayotgan liganing boshqa klubiga 
ijaraga berishi mumkin emas. 
12.10.
Futbolchi ijaraga berilgan taqdirda u o‘zining asl shartnomasi mavjud 
bo‘lgan klubga qarshi maydonga tushishga haqli. Ijara shartnomasi tuzilayotganda 
mazkur bandga zid keluvchi shart qo‘yish taqiqlanadi.
12.11.
U-18 chempionatida to‘p suruvchi futbolchi bilan yil oxirigacha 
bo‘lgan kelishuv bitimi imzolanishi kerak. U-18 hamda farm-klub jamoasi tarkibida 


21 
ro‘yxatdan o‘tgan futbolchi shu jamoaning Superliga yoki Pro liga musobaqasidagi 
asosiy jamoasi tarkibida yilning istalgan davrida maydonga tushishi mumkin. Buning 
uchun U-18 jamoasi a’zosi bilan professional mehnat shartnomasi tuzilishi kerak.
12.12.
U-18 jamoasi uchun ro‘yxatdan o‘tgan futbolchi shu jamoaning U-21 
jamoasida kelishuv bitimi asosida o‘z litsenziyasi bilan o‘ynash huquqiga ega. 
12.13. 
Superliga va Pro liga klublari o‘z qoshidagi U-14, U-16 jamoalari uchun, 
shuningdek ayollar jamoalari o‘z qoshidagi U-16 jamoasi uchun 20–22 nafar 
futbolchini musobaqaning alohida Nizomida ko‘rsatilgan sanaga qadar O‘zPFL 
ro‘yxatidan o‘tkazishi kerak.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə