Psixologik trening asoslari


Gumanistik yo‘nalish faoliyati



Yüklə 2,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/190
tarix21.05.2022
ölçüsü2,48 Mb.
#87506
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   190
fayl 776 20210505

 
Gumanistik yo‘nalish faoliyati
ham aynan individuallikni boshqarishga 
qaratilgan usullardan hisoblanib, mazkur yo‘nalish ekzistensializmning 
falsafiy g‘oyalariga asoslangan bo‘lib, vaqt, hayot, ozodlik, ma’suliyat, 
tanlov huquqi, muloqot, sevgi, hayot mazmunini anglash muammolarini 
o‘rganishga qaratilgan (M.Xaydegger, P.Sartr, Kamyu). Inson mehribon, 
ozod bo‘lishi belgilangan deb qabul qilinib, individuallik integrativ yahlitlik 
hisoblanadi. Gumanistik yo‘nalishning asosiy tamoyillari: 
1.Psixolog va mijoz uchrashuvi ikki har xil kishilarning uchrashuvi.
2.Agarda psixolog mijozga o‘zining asl his-tuyg‘ularini anglashga, 
qabul qilishga va namoyon qilishga imkon yaratib bera olsa, mijoz 
muammolari o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi. 
3.O‘z hayot tarzi, fikr-mulohazalari, xulq-atvorini tanlashga mijoz o‘zi 
mas’ul. 
Inson tomonidan ruhiy uyg‘unlikka erishish, ya’ni hayot mazmunini 
anglash, ma’naviy qadriyat, estetik his-tuyg‘ulami sifatiy o‘zgarishiga asos 
bo‘ladi. “Men” - konsepsiyasini adekvat shakllantirish o‘z- o‘zini anglash va 
shu asosida o‘zini faollashtirish uchun muhim omil hisoblanadi. 
Psixokorreksion yordam ko‘rsatishda mijozni o‘z-o‘zini anglashi, 
shaxsiy uyg‘unlik, “Men”ni adekvat integratsiyasi, borliq chegaralarini 
kengaytirib berish psixologning asosiy vazifasi hisoblanadi. Ushbu 
yo‘nalishning asosiy metodi ekzistensial tahlil hisoblanib, unda “inson - 
biladi - his etadi - istaydi” formulasi inson ozod mavjudot tushunchasi 
asosida tahlil qilinadi. Agarda individ kelajakni tasavvur qila olmasa, o‘zini 
salbiy his etib, ichki olami torayadi, rivojlanish imkoniyatlari sustlashib, 
oqibatda nevrozlar yuzaga kela boshlaydi. Demak, yordam ko‘rsatish 
vaqtida shaxsning ruhiy olamini tahlil qilish asosida o‘zini erkin his qilishga 
imkon yaratib berib, mijozni uni bog’lab turgan, bezovta qilayotgan 
oqibatlardan xalos qilinadi. 
Demak, aytish mumkinki, inson o’zini –o’zi o’zgartirish imkoniyatiga 
ega bo’lib, ichki va tashqi “Men” o’rtasidagi mutonosiblikni saqlashi
buning uchun inson o’z xatti-harakatini doimo chetdan kuzatishi, 
harakatlarini to’g’ri yoki noto’g’riligini nazoratga olishi orqali shakllanib 


21 
borishligi, turli psixoemotsional zo’riqishlardan chiqish imkoniyatlarining 
mavjudligi bilan individual shakldagi treninglar va autotreninglar 
psixologiyada keng qo’llanilib o’z samarasini ko’rsatmoqda. 

Yüklə 2,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə