Psixologiya kafedrasi


Kichik guruhlar psixologiyasi



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə161/206
tarix26.10.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#131851
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   206
3-kurs Matem Majmua

Kichik guruhlar psixologiyasi

Kichik guruhlar muammosi ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va ko’plab ilmiy tadqiqotlar o’tkazilgan obyektlardandir. Bu muammoni tadqiq etishda olimlar o’z oldiga shunday masalani qo’yganlar, ya’ni, individ yakka holda yaxshi ishlaydimn yoki guruhda yaxshiroq samara beradimi, boshqa odamlarning yonida bo’lishi uning faoliyatiga qanday ta’sir ko’rsatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday sharoitlarda individlarning o’zaro hamkorligi emas, balki ularning bir vaqtda bir yerda birga bo’lganligi faktining ta’siri o’rganildi. Olingan ma’lumotlar shuni ko’rsatdiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo’lgan individ faoliyatining tezligi oshadi. lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlandi. Bunday ma’lumotlar amerikalik N. Triplett, nemis olimi A. Mayer, rus olimi V.M. Bexterev, yana bir nemis olimi V. Myode va boshqalarning tadqiqotlarida ham qayd etildi. Bu psixologik hodisa ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy fassilitasiya nomini oldi, uning mohiyati shundan iborat ediki, individning faoliyat mahsullariga uning yonida bo’lgan boshqa individlarning bevosita ta’siri bo’lib bu ta’sir avvalo sensor kuchayishlar hamda ish-harakatlarning, fikrlashlarning tezligida namoyon bo’ladi Lekin ayrim eksperimentlarda teskari effekt ham kuzatildi, ya’ni boshqalar ta’sirida individ reaksiyalaridagi tormozlanish faoliyatining susayishi holatlari; bu narsa fanda ingibisiya deb ataladi.


Kichik guruxlarga xos qonuniyatlar
Birinchidan, kichik guruhlarning hajmi, uni tashkil etuvchi shaxslar soni xususida shunday fikrga kelindiki, kichik guruh ''diada" ikki kishidan tortib, to maktab sharoitida 30-40 kishigacha deb qabul qilindi. Ikki kishilik guruh deyilganda, avvalo oila - yangi shakllangan oila ko’proq nazarda tutiladi. Lekin samarali o’zaro ta’sir nazarda tutilganda 7-2 kishi ko’zlanadi. Bunday guruh turli ijtimoiy psixologik tadqiqotlar uchun ham, sosial psixologik treninglar o’tkazish uchun ham qulay hisoblanadi.
Ikkinchidan, guruhning o’lchami qanchalik katta bo’lsa, uning alohida olingan shaxslar uchun qadrsizlanib borish xavfi kuchayadi. Ya’ni, shaxsning ko’pchilikdan iborat guruhdan o’zini tortish va uning normalarini buzishga moyilliga ortib boradi.
Uchinchidan, guruhning hajmi kichiklashib borgan sari shaxslararo o’zaro munosabatlar taranglashib boradi. Chunki, shaxslarning bir-birlari oldida mas’uliyatlarining oshishi va yaqindan bilishlari ularning o’rtasidagi aloqalarda doimo aniqlik bo’lishini talab qiladi. Munosabatlardagi har qanday disbalanslar, ya’ni nomutanosibliklar ochiq holdagi ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.
To’rtinchidan, agar guruh a’zolarining soni toq bo’lsa, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar juft bo’lgan holdagidan ancha yaxshi bo’ladi. Shundan bo’lsa kerak, boshqaruv psixologiyasida odamlarni biror nimaga saylashda va umuman rasmiy tanlovlarda guruhdagi odamlar soni toq qilib olinadi.
Beshinchidan, shaxsning guruh taz’yiqiga berilishi va bo’ysunishi ham guruh a’zolarining soniga bog’liq. Guruh soni 4-5 kishi bo’lgunga qadar, uning ta’siri kuchayib boradi, lekin undan ortib ketgach, ta’sirchanlik kamayib boradi. Masalan, ko’chada sodir bo’lgan baxtsiz hodisaning guvohlari soni ortib borgan sari, jabrlanganga yordam berishga intilish, masuliyat hissi pasayib boradi.
Bu qonuniyatlarni bilish, tabiiy guruhlarni boshqarish ishini ancha yengillashtiradi.



Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə