Psixologiya kafedrasi


Etnopsixologik tadqiqotlarda qo’llaniladigan metodlar



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə160/206
tarix26.10.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#131851
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   206
3-kurs Matem Majmua

Etnopsixologik tadqiqotlarda qo’llaniladigan metodlar
Etnopsixologik tadqiqotlarda xilma-xil uslub va metodlar qo’llaniladi. Chunki bunday tadqiqotlarda shaxs xususiyatlarini o’rganuvchi turlicha testlardan tortib, proyektiv metodlar, eksperimentlarning turlicha ko’rinishlari, so’roq metodlari — anketa, intervyu, sosiometriya, shakl metodlari va boshqalar ishlatiladi. Bu metodlar hozirgi kunlarda ham ''madaniy muhit va shaxs", guruhlararo munosabatlar hamda boshqa tadqiqotlarda qo’llanilmokda. Bunday ishlarni faqatgina ijtimoiy psixologlar emas, balki umuman psixologiya bilan shug’ullanuvchi olimlar ham o’tkazmokdalar. Lekin shunday bo’lishiga qaramay, etnopsixologik metodlarni hammaga ham birday qo’llash to’g’ri kelmasligi tufayli ularning tanqisligi sezilarlidir. Chunki etnopsixologiya muammosi bilan shug’ullanishni maqsad qilib qo’ygan har bir tadqiqotchi yo mavjud metodikalardan birini qayta o’zgartirishga, yoki bo’lmasa, o’zicha yangi metodni kashf qilishga majbur bo’lmokda. Nihoyat, etnopsixologik metodlarni qo’llashning noqulayligi shundaki, masalan, Amerikada juda yaxshi natija berib, ishonchli ma’lumotlar to’plangan metodika Osiyo mamlakatlari yoki bizning jumxuriyatimiz sharoitida umuman hyech narsani o’lchamasligi mumkin. Shuning uchun ham hozirda butun jahon olimlari har qanday madaniy muhitdan ham yuqori turadigan, universal test yoki metodika yaratish fikrining asossizligi haqida umumiy fikr bildirmoqdalar.
Etnopsixologik tadqiqotlar o’tkazishni maqsad qilib qo’ygan har qanday tadqiqotchi asosiy prinsiplar sifatida madaniy muhit sharoitlarining xilma-xilliga va ularning o’zaro bir-birlariga ta’sir ko’rsatishini inobatga olmog’i zarur. Bu narsa etnopsixologik tadqiqot dasturini tuzishda albatta, hisobga olinishi kerak Misol uchun, O’zbekiston sharoitida tadqiqot o’tkazilmoqchi bo’linsa, quyidagi narsalarga e’tiborni qaratish lozim: bu sharoitida yashovchi barcha millatlarga xos bo’lgan umumiy psixologik omillar va ularni aniqlash usullari; faqat o’zbek millatiga xos bo’lgan psixologik sifatlar va omillarni aniqlash; aniqlangan omillarni yoki psixologik sifatlarnn o’lchaydigan yoki eksperimental usulda tekshirishga imkon beradigan metodlarni tanlash va ularni konkret sharoitlarga moslash; tadqiqotchilar guruhini tekshirilayotgan milliy guruh tilini, urf-odatini biladigan xodimlar bilan ta’minlash. Chunki, tadqiqot obyekti hisoblangan guruhda o’sha guruh tilida tadqiqot o’tkazish kerak, bu orqali esa tekshiriluvchilarga qo’yilgan har bir talab, savol va topshiriqlar ular uchun tushunarli bo’lishi ta’minlanadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, u yoki bu milliy guruh psixologiyasini, undagi etnik stereotiplarni tekshirishga qaratilgan maxsus metodlar yo’q, shuning uchun ham tadqiqotlar mavjud metodlar orasidan keragini tanlab, ularni joy sharoitlariga moslashtirish zaruratini tug’diradi va buning uchun zarurat bo’lsa bu metodlarni u tildan bu tilga tarjima qilish ham kerakdir. Tarjima xususida shuni aytish kerakki, maxsus psixologik testlar yoki metodlarni (anketalar, so’roqlar, shkalalar savollarini) tarjima qilish tarjimondan yuksak bilimdonlik va professional sifatlarni talab qiladi. Aks holda, metodika o’z qimmatini yo’qotishi yoki kerakli sifatni aniqlamasligi yoki o’lchamasligi mumkin. Hattoki, noverbal (og’zaki berilgan) testlarni turli sharoitlarda qo’llab, olingan ma’lumotlarni sharhlash bosqichida uning mazmuni yoki maqsadi o’zgarganligi ko’plab tadqiqotlarda isbotlangan. Shuning uchun ham har qanday metodik uslubni qo’llashdan oldin uni kichikroq guruh doirasida sinab ko’rish va natijalarni ekspertlarga berib yoki boshqa yordamchi metodlar yordamida qayta sinovdan o’tkazish yo’li bilan tekshirib olish maqsadga muvofiqdir.
Konkret etnopsixologik tadqiqotlarga qo’yiladigan yana bir talab — tadqiqotni tabiiy sharoitlarda, tekshiriluvchilar uchun tanish bo’lgan joylarda qisqa ko’rsatmalar berish yo’li bilan o’tkazishdir. Chunki etnopsixologik tadqiqotlarda ko’pincha turli yosh, kasb va ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar ishtirok etadilar. Shuning uchun ham ularning barchasi uchun tushunarli, aniq topshiriqlar tizimini tuza olish ham psixologdan qator professional malakalarni talab qiladi. Metodik uslublar milliy psixologiyani o’rganishda millatning ko’p qirralarini, psixologik holatini aniqlashga imkon beradi. Bu esa tadqiqotchining uslubiy tayyorgarlik darajasiga bog’liqdir.


Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə