Psixologiyasi



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

u ch in ch id an , 
oiladagi barcha munosabatlar zam inida salbiy 
yoki ijobiy holatlar yuzaga keladi, ya’ni oila a ’zolaridan kim- 
ningdir kimgadir ta ’siri oqibatida shaxs yoki yaxshi shakllanishi 
va komil inson darajasiga yetishi yoki tarbiyasi og‘ir, xulqi 
buzuq odam bo ‘lib tarbiyalanishi mumkin.
Demak, jamiyat uchun nihoyatda ahamiyatli hisoblangan 
ota-ona va bola, er va xotin, oila a ’zolarining o ‘zaro m uno­
sabatlari bilan bog‘liq bo ‘lgan m uam m olar aynan oila negizida 
yuzaga keladi. Shuning uchun ham qadim zam onlardan bosh- 
lab oila, undagi m unosabatlar masalalari har bir davrning do- 
nishmand, olim, mutafakkirlari tom onidan o ‘rganilib kelingan- 
ligini va ularning qarashlarida bu masalalarning yoritilganligini 
kuzatam iz. Bu qarashlarni, fikrlarni sizning hukm ingizga 
havola etish orqali oila, o ‘zaro m unosabatlar m uam m olari 
bizning hayotimizda doim o m uhim masalalar sirasiga kirishini 
qayd etamiz.
Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti
14


m uam m olari uzoq asrlardan buyon jam iyatning eng ilg‘or 
kishilari, olim lar, buyuk allom alar va donishm andlarning 
diqqat markazida asosiy masalalardan b o ‘lib kelgan. Sharqning 
buyuk allomalari hisoblangan Abu N asr Forobiy, Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Y usuf Xos H ojib, M ahm ud 
Q oshg‘ariy, Kaykovus, X otam ibn Tay, A lisher N avoiy, 
Z ahiriddin M uham m ad Bobur, R izouddin ibn Faxriddin, 
Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, A bdurauf Fitrat, 
Abdulla Avloniy kabi ko‘plab olim va yozuvchilar bu masalalar 
yuzasidan o ‘zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ket- 
ganlarki, ular hozirgi zam on fani uchun ham katta ijtimoiy va 
mafkuraviy ahamiyatga egadir. U larning asarlarida oila va 
oilaviy munosabatlarga ham alohida e ’tibor berilgan, shuning 
uchun biz yuqoridagi buyuk mutafakkirlaming ayrim pedagogik 
va psixologik qarashlari yoritilgan asarlarini tahlil etish orqali 
talabalarga m azkur m uam m olam ing naqadar dolzarb ekanligini 
bayon etamiz.
Sharq mutafakkirlarining barchasini g‘oyaviy jihatdan bir- 
lashtirgan asos shu b o ‘lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamoloti- 
da oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini yuqori q o ‘yishgan, 
ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kam olotida oilaning o ‘mi, 
ota-ona va yaqin kishilaming yo‘naltiruvchi va tarbiyalovchi 
vazifalariga alohida e ’tibor berganlar. U lar faqat oiladagina 
rivojlanishi m um kin b o ig a n sifatlar — halollik, poklik, m ard- 
lik, mehribonlik, haqgo‘ylik kabi qator fazilatlami barcha sifat- 
lardan yuqori qo‘yishlari bilan birga insoniy munosabatlarda 
nam oyon bolad ig an yuksak fazilatlar, aw alo, ota-onadan bo ­
laga o ‘tishi va ularning jam iyat taraqqiyotiga ijobiy ta ’siri kabi 
qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy ko‘rsatm alam i o ‘z fal- 
safiy-axloqiy, sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab 
berganlar.
Zardushtiylikning qadim iy kitobi — «Avesto»da oila 
muqaddas dargoh ekanligi, oila barqarorligida er va xotinning 
teng m as’ulligi, farzand tarbiyasi to ‘g ‘risidagi fikrlar bayon etil- 
gan. Oilaning tinch va farovon bo ‘lishi nimalarga bog‘liq ekan­
ligi haqida esa: «Porso, inson uy tiklab, olovga, oilasiga, xotin 
va farzandlariga o ‘rin ajratib bersa, uyida n o z -n e ’m atlari 
muhayyo b o ‘lib, xotin va farzandlari farovon yashasa, uyida 
e’tiqod, sobit olovi alangali, boshqa narsalari ham m o ‘l-ko‘l 
bo ‘lsa, o ‘sha m anzil muhtaramdir», — deb yozilgan.
15


Bu kitobda ko‘rsatilishicha, oilada ota yetakchi b o ig an i 
m a’qul. Shuningdek, unda ifodalangan oila va oilaviy m uno- 
sabatlarga ham m a rioya etishi lozim b o ‘lgan. Eng ahamiyatli 
jihati shundaki, unda er-xotinni o ‘zaro sodiq, g‘am xo‘r, m eh- 
ribon boiishlari lozimligi va ayolning haq-huquqini himoya 
qilish o ‘sha davrda ham qonun darajasiga k o ‘tarilganligi 
m a’lumdir. U m um an olganda, zardushtiylik davridanoq oila 
masalalariga katta e ’tibor qaratilgan b o iib , bu esa oilaning 
jam iyatda tutgan o ‘rni va mavqeyini mustahkamlash uchun 
azal davrlardanoq zam in yaratilganligini kuzatamiz.
M a iu m k i, 
Islom
dinining 
m uqaddas 
m anbalaridan 
b o im ish Q ur’on va Hadislarda ham odob-axloq, ayollaming 
turmushdagi o ‘rni va vazifalari, er va xotin o ‘rtasidagi m uno­
sabatlar, bolalar tarbiyasi, oila yuritish, nikoh va m uhabbat 
masalalariga keng o ‘rin berilgan.
Quyida hadislar to ‘plam idan bir necha misollar keltiramiz:
«Tangri nazdida bandalarning eng yaxshisi o ‘z ahli-ayoliga 
foydasi ko‘p tegadigan kishidir» / 18-hadis/ , «Odamlar ichida 
xotin kishiga nisbatan haqlirogi uning eridir. Erkak kishiga 
nisbatan odamlarning haqlirogi — bu uning onasidir» /34- 
hadis/;
«Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq- 
odobini ham yaxshilangiz» /38-hadis/; «Qachonki er o ‘z xo- 
tiniga va xotin o ‘z eriga qarashsa, Tangri ham ularga rahm at 
nazari bilan qaraydi, bordi-yu kaftini kaftiga qo ‘ysa, barm oq- 
lari 
orasidan gunohlari 
duv-duv to ‘ kiladi» 
/4 4 -h a d is/; 
«Sizlarning har biringiz bamisoli cho‘pondirsizlar va o ‘z q o i 
ostingi
2
'.dagilarga m as’uldirsizlar, Podshoh o ‘z fuqarolariga, er 
o ‘z ahli avoliga, xotin erining uyiga, xodim o ‘z xojasi moliga, 
farzand o ‘z otasi mulkiga m as’uldir. Demak har birlaringiz 
m as’uldirsizlar» / 116-hadis/; «Hech bir ota o ‘z farzandiga 
xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi / 1 36-hadis/.
Keltirilgan nam unalardan ko‘rinadiki, demak diniy m an- 
balarda ham oilaning m uqaddas ekanligi, erkak-ayollarning 
oila oldidagi burch va m as’uliyatlari, ota-onaning bola va o ‘z 
navbatida farzandning ota-onasi oldidagi vazifalari, erning xo- 
tiniga hurm at va e’zozi muqaddas qadriyatlar sifatida qaralgan 
ekan.
Agar xalq eposi va diniy risolalar odam larda o g iz d an
o g izg a, avloddan avlodga ko ‘chib saqlanib kelgan b o is a ,
16


xalqning eng donishm and fuzalolari qimmatli fikrlarini xalq 
an ’analariga tayangan holda o ‘z asarlarida yoritib, ularni kel- 
gusi avlodlar uchun qoldirganlar, shunday faylasuf-oliinlardan 
biri 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə