Psixologiyasi



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

1.2. JAMIYAT YA OILA
H ar qanday jam iyat taraqqiyotida oilalaming, oilalar mus- 
tahkamligining o ‘rni beqiyosdir. Chunki tirik organizmning sa- 
lomatlsgi uni tashkil qiluvchi har bir hujayraning sog‘lomligiga 
bog‘liq bo ‘lganidek, butun organizm o ‘z faoliyatini maqsadga 
muvoflq amalga oshirishida har bir hujayraning munosib o ‘rni 
b o ‘lganidek, oila ham davlat, jamiyat deb atalgan butun bir or- 
ganizm ni tashkil etuvchi hujayradir. Har bir oilaning sog'lom 
b o ‘lishi, ularda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, mana 
shu m uhitda dunyoga kelib, shaxs sifatida shakllanib, so‘ng o ‘zi 
yashayotgan davlatning fuqarosi sifatida o ‘z davlatining iqti- 
sodiyoti, ijtimoiy hayoti taraqqiyotini ta ’minlovchi, hal qiluv­
chi omil b o ‘lgan inson kamolotida oilaning tutgan o ‘rni be­
qiyosdir.
N im a sababdan biz ko‘proq oila va unda yuz beradigan 
m unosabatlarga e ’tiborli b o ‘lamiz, 
nim a sababdan oila 
m askanida o ‘zimizni yaxshi, baxtli his etsak, ishimiz ham 
yurishgandek, om adim iz chopgandek b o ‘ladi? C hunki oila 
bizning hayotimizdagi eng aziz va muqaddas dargoh! Faqat 
oilagina insonning baxtli bo ‘la olishi, o ‘zini kimlargadir kerakli 
his eta olishi yoki bo‘lmasa o ‘zini ezilgan, omadsiz sezishiga 
sabab bo‘la oladi. Shuningdek. jamiyat taraqqiyotining kutilgan 
darajaga chiqa olmasligi, uning taraqqiyotiga to ‘sqinlik qiluv­
chi, uning inqiroziga olib keluvchi kuchlarning yuzaga kelishi- 
da ham oilaning hissasi kattadir. Chunki nosog‘lom psixologik
8


1 - j a d v a I
Oila psixologiyasi fanining predmeti,
maqsadi va vazifalari
9


muhitli, nizo-janjalli, o ‘zaro m ehr-oqibatsiz m uhitda dunyoga 
kelib, shakllangan bola, keyinchalik nafaqat o ‘z ota-onasi, aka- 
ukalariga nisbatan balki atrofdagilarga, qolaversa, o ‘zi yashagan 
jamiyatga nisbatan ham mehr-oqibatsiz, shafqatsiz, zolim, xud- 
bin, yurt m anfaatlariga zid, tashqi kuchlar ta ’siriga oson 
beriluvchan, shu asosda esa o ‘z oilasi, o ‘z xalqi, o ‘z yurti 
uchun xavfli odam b o ‘lib yetilishi mumkin.
Oila va uning jam iyat hayotidagi o ‘rni beqiyos b o ‘lib, 
Konstitutsiyaning 14-bobi oilaga bag‘ishlangan.
Oilalarning mustahkamligi jam iyatning iqtisodiy, ijtimoiy, 
siyosiy, milliy xavfsizligini, uning ravnaqi, taraqqiyotini bel- 
gilovchi, hal qiluvchi omil hisoblanadi. Hozirgi vaqtda jam iya- 
timiz uchun, insoniyat taraqqiyoti uchun, mustaqilligimiz is-

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə