Psixologiyasi



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

Abu Ali ibn
Sinodir /9 8 0 —1037/. Buyuk olim sifatida u barcha hodisalar- 
ning ilmiy m ohiyatini ochib berishga harakat qilgan. Ibn 
Sinoning pedagogik va psixologik qarashlari ijtimoiy asosda 
qurilgan b o iib , u bola tarbiyasida um um insoniy tamoyilning 
qollanilishini yoqlab chiqqan va tarbiyachi ota-onalarga bolani 
qattiq tana jazosidan ko‘ra, 
shaxsiy ibrat orqali tarbiyalash 
m a’qulligini uqtirgan. 
M utafakkirning qalam iga m ansub 
b o ig a n «Donishnoma», «Risolayi ishq», «Tib qonunlari», «Uy 
xo‘jaligi» kabi qator asarlari 0 ‘rta Osiyo xalqlari axloq-odobi, 
psixologiyasi va tabobat olamida alohida o ‘rin tutgan yirik 
ilmiy tadqiqotlar hisoblanadi.
/Axloqiy tarbiya masalalarida alloma oilaning o ‘m ini alohi­
da ta ’kidlagan. 
Oila va oilaviy m unosabatlar masalasi uning 
«Tadbiri manzil» asarida o ‘ziga xos tarzda bayon etilgan.
Oilaviy munosabatlarning turli tom onlarini yoritar ekan, 
Ibn Sino, aw alom bor oila boshligl oldiga qator talablam i 
qo‘yadi. Oila boshligl, deb yozadi u, ham nazariy, ham amaliy 
jihatdan oilada tarbiya masalalarini mukam m al o ‘zlashtirm ogl 
lozim. Agar oila bo sh lig l tajribasiz b o isa , u o ‘z a ’zolarini 
yaxshi tarbiyalay olmaydi, oxir-oqibat u yaxshi ijobiy nati- 
jalarga erisha olmaydi, yom on tarbiya nafaqat ushbu oila, balki 
q o ‘shnilarga, m ah alla-k o ‘yga ham yom on ta ’sir qilishi
18


mumkin. Oiladagi bola tarbiyasi ota-onaning jam iyatda tutgan 
mavqeyidan q a t’i nazar, ularniig birlamchi vazifasidir, deb 
hisoblaydi Ibn Sino. O ta-ona davlat boshlig‘imi yoki oddiy 
fuqaromi, baribir, u bola tarbiyasi borasida m as’uldir. Davlat 
boshliqlari, rahbarlar bola tarbiyasi xususida barchaga ibrat 
bo ‘lmoqlari lozim.
Ibn Sinoning bola tarbiyasi, tarbiya psixologiyasi va rah- 
barlarga q o ‘ygan ushbu talablari o ‘sha davrda qanchalik 
taraqqiyparvar va zarur bo ‘lsa, bizning bugungi kunimizda ham
u o ‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q.
Uning fikricha, tarbiyachi, ya’ni ota-ona «nafaqat so‘z bi­
lan, balki amalda ham bola ruhiga ta ’sir ko‘rsatm og‘i lozim» 
/Ib n Sino. Tadbiri manzil, 44-bet/.
Ibn Sinoning sevgi-muhabbat va er-xotin munosabatlari 
borasidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir, «Eng yuksak sevgi 
deb, 
ta ’kidlaydi u, — bu insoniy sevgi b o ‘lib, bunday sevgi 
kishini saxovatli qiladi, uni oqko‘ngil va jozibali kishiga aylan- 
tiradi». Allomaning fikricha, sevgi inson zimmasiga juda katta 
axloqiy va huquqiy m as’uliyat yuklaydi. U inson baxtining ne- 
gizi, deganda oshiqlik emas, balki oshiq-m a’shuqlikni tushu- 
nadi. O shiq-m a’shuqlik bilan turm ush qurish oila m ustahkam- 
ligining asosi sifatida ta ’kidlanadi.
Turm ush qurgan er-xotinlar m unosabati borasida esa m u- 
tafakkir, «Erkak kishi oila boshlig‘idir, u oilaning barcha ehti- 
yojlarini qondirm og‘i lozim, chunki bu uning birlamchi vazi­
fasidir», — deb yozadi. Ayol esa erkakning munosib yo‘ldoshi, 
u bola tarbiyasi borasida eng yaxshi voris va yordamchidir. 
Uning er-xotin munosabatlari xususidagi fikrlari ham o ‘sha 
davr uchun o ‘ta ilg‘or va ahamiyatli edi. 
U o ‘zining «Oila 
xo‘jaligi» kitobida ayollar axloqan eng maqbul, yuqori sifatlarga 
ega bo ‘lmoqlari lozim, deb yozadi. Shu kitobning «Afsofiy bex- 
tarin zanxo» /Ayollarning yaxshi fazilatlari haqida/ bo ‘limida 
ularning quyidagi fazilatlari ta ’kidlanadi: «Ayol aqlan dono, 
uyatchan, iboli, iffatli b o ‘lib, ko ‘p gapirmasligi lozim: u eriga 
b o ‘ysunmog‘i, uni sevmog‘i, farzandlar tug'ib, doimo halol, 
pok, to ‘g‘ri so‘z, kam tar b o ‘lishi kerak, injiq b o ‘lmasligi, o ‘z 
iffati va obro‘sini to ‘kmasligi lozim; u hech qachon eriga nis­
batan dim og‘dorlik, viqor hissini ko‘rsatmasligi, o ‘z ishlarini 
yaxshi, o ‘z vaqtida bajarib, oilaning m oddiy boyliklarini te- 
jamkorlik bilan ishlatmog‘i lozim; o ‘z xulq-atvori bilan o ‘z
19


erining qalbida hadiksirash hissiga o ‘rin qoldirmasligi kerak» 
/Ib n Sino. «Tadbiri manzil», 38-bet/.
Bizning fikrimizcha, oila va ayol o ‘rni xususida Ibn Sino 
b a ’zan bir tomonlilikka yo‘l qo‘ygandek tuyuladi, chunki b un­
da asosiy e ’tibor va urg‘u faqat ayol shaxsiga qaratiladi, lekin 
bu fikrlarning asosida ayollarning psixologik jih atd an oila 
m uhitini ifodalaydigan kishilar sifatida qarash hozirgi davr 
uchun ham ahamiyatlidir.
U m um an, Ibn Sino ayol kishiga insoniy m unosabatda 
b o ‘lib, er va xotin o ‘rtasidagi m unosabatlar o ‘zaro hurm at va 
bir-birini tushunishga asoslanmog‘i lozimligini himoya qilib 
chiqqanligi diqqatga sazovor jihatdir.
Ibn Sinoning m ehnat tarbiyasi borasidagi fikrlaridan biri, 
masalan, har bir bolani, deydi u, «Biror hunarga o‘rgatmoq 
shart, yosh yigit biror hunarni o ‘rgansa, uni hayotda tatbiq eta 
olsa va m ustaqil h u n ar tufayli oilani t a ’minlaydigan b o ‘lsa- 
gina. otasi uni uylantirib q o ‘ymog‘i lozim», — deb hisoblaydi. 
Demak, allomaning oila qurish uchun zarur ijtimoiy va iqtisodiy 
yetuklik haqidagi fikrlari biz uchun hozir ham zarurdir. Sababi, 
oilaning mustahkamligi va baxtli boMishi aynan oila qurganlar- 
ning ham ijtimoiy, ham iqtisodiy jihatdan. yetukliklariga va 
ayniqsa. yigitning oila qurishga tayyorgarligiga bog‘liqdir.
XI asrning buyuk mutafakkiri va shoiri 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə