Psixologiyasi



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

Kaykovus Unsurulmaoni 
— 63 yoshida o g liga atab 
«QOBUSNOMA» yozib, unda o ‘zining bola tarbiyasi, oilaviy 
hayot, 
shaxs kamoloti masalalarini bayon etdi. Kitobdagi 
asosiy g‘oya — yoshlarni ota-onani hurm at qilishga, e ’zozlash- 
ga chaqirishdir. Uning bu boradagi fikrlari pandnom aning 
«Ota-ona haqqini bilmoq zikrida» bobida bayon etilgan: «Har 
bir farzandki, oqil va dono bo ‘lsa, ota-ona, m ehr-m uhabbati- 
ni ado etmakdin bosh tortmagay». U bu borada «Nima eksang, 
shuni o ‘rasan» degan maqolni ishlatib, u oilada bola tarbiyasi- 
ning q o ‘yilishi ana shu m uhim maqol asosida qurilsa, 
maqsadga muvofiq bo ‘ladi, deb hisoblaydi.
M a’lumki, «QOBUSNOMA» tarbiya borasida shunchalik 
nodir asarlardan hisoblanadiki, uni m ashhur hind masali 
«Kalila va Dimna», N osir Xisravning «Saodatnoma», Ahmad 
Yugnakiyning «Hibat ul haqoniq», A lisher Navoiyning 
«Mahbub ul qulub», «Vaqfiya» kabi asarlar qatorida ko‘radilar. 
Undagi fikrlar va ko‘rsatm alar ota-onalar uchun, 
ayniqsa 
o ‘smir va o ‘spirinlik yoshidagi yigit-qizlarni tarbiyalanishida 
muhim dasturdir.
Turmush madaniyati, odob-axloq, sevgi-muhabbat borasi­
da o ‘ziga xos qaytarilmas fikrlar sohibi buyuk bobokalonimiz 
Alisher 
Navoiyning «M ahbub ul-qulub» yoki «Qalblarning 
sevgisi» deb nom qo ‘yilishi bejiz emas. Chunki bu asarda 
Navoiy insonlarga qalbidagi eng kerakli o ‘gitlarini bayon etib, 
ularni turmushdagi, oilaviy hayotdagi turli hodisalar va vaziyat-
21


lard an chiqishga im kon beruvchi yaxshi fazilatlar, ulam i tar- 
biyalash masalalariga diqqatni qaratadi. Risolaning «Uylanish 
va xotinlar to ‘g‘risida» bobida u uylanish va uning foydasi, 
oilaviy m unosabatlar haqida durdona fikrlami bayon etadi, 
U nda asosan insoniyat dunyosida mavjud bo ‘lgan 3 xil sevgi­
ning naqadar go‘zal, tabiiy va insoniyat taraqqiyoti uchun 
zarurligini zikr qiladi. Insoniy sevgi, chin m uhabbat, ikki xil — 
jinsning turm ushda barkam ollik kasb etishi kabi g ‘oyalarni 
tarannum etgan bu nodir asar bugungi davrimiz uchun ham 
g‘oyat gim m atlidir. Navoiy ayol kishining oiladagi o ‘rniga 
quyidagicha to ‘xtaladi:
«Yaxshi xotin — oilaning davlati va baxti. Uyning ozodali- 
gi, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan, 
husnli 
b o is a — ko‘ngil yozig‘i, xushmuomala b o isa — jo n ozig‘idir. 
Oqila bo ‘lsa, ro ‘zg‘orda tartib-intizom b o ia d i, asbob-anjom lar 
saranjom turadi. Kishi bu kabi jufti halol bilan qovushsa, agar 
bunday baxtga erishsa, g‘am va kulfatda sirdoshga, oshkor va 
pinhoniy dard-alam da hamnafas tan mahramiga ega b o iad i. 
Turm ushda boshingga har qanday jafo tushsa, ham darding u. 
Teskari aylanuvchi falakdan har balo kelsa, ko'makdoshing u. 
K o‘nglingga g‘am yuzlansa, u ham roh, badaningga xastalik va 
zaiflik kelsa, uning ham joni halak, am m o xudo ko ‘rsatmasin, 
nomuvofiq xotin uchrasa, o ‘z uyingda halokatli illat paydo 
b o ia d i. U beandisha, shallaqi b o is a , k o ‘ngil undan ozor 
chekadi va yomonlik axtaruvchi b o isa, undan ruh azob cheka- 
di. Tili achchiq b o is a , barchaning diiini yaralaydi, pokiza 
b o im asa, eriga yuzi qoralik keltiradi, agar mayxo‘r b o isa , uy 
odobi yo‘qoladi, axloqsiz b o isa , oila rasvo boiadi».
Buyuk allomaning oilaviy baxt, sevgi va er-xotin m uno­
sabatlari, ularga zarur b o ig a n fazilatlar borasidagi bunday fikr- 
larini bilish, 
ularga rioya qilish har bir yoshning muqaddas 
burchi b o im o g i shart.
Sharqda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qadim dan 
jiddiy ahamiyat berilgan. U lar «Nasihatnoma», «Pandnoma», 
«Hikmatnoma» tarzida bizgacha yetib kelgan. Bu m anbalarda 
qizlarni hayotga tayyorlashda, ularda birinchi navbatda insoniy 
fazilatlar shakllangan b o iish i, oila muqaddas, uni avaylab-as- 
rash aynan uy bekalariga b o g iiq ekanligi haqida turli tarbiyaviy 
ahamiyatga ega b o ig a n hodisalar hikoya qilinadi.
«Bolajonim, sevikli qizim, m eni yaxshilab tingla. N asihat
22


har kimga lozimdur, o'git ham m aga zarurdir. Nasihat bilma- 
ganga o'rgatadi, bilganni esiga soladi. Alloh bergan qonunga 
ko‘ra, hayotga qadam qo‘yadigan har bir qiz erga, har bir 
erkak ayolga muhtoj b o ‘ladi. Erkaklar ayol uchun, ayollar 
erkak uchun yaratilgandir. 
Hayot mavjud ekan, bu qonunni 
hech kim buza olmaydi.
Shu sababli, sen tug‘ilib o ‘sgan va voyaga yetgan uyingdan, 
yayrab-yashnab, o ‘ynab-kulib yurgan yeringdan chiqib, o ‘zing 
bilmaydigan, notanish uyga borasan. Kelajakda bu uy senikidir. 
Sen eringga shunday xizmat qilki, ul ham senga qul bo‘lsin! 
Sen unga yer b o ‘lki, u senga osmon boisin! Sen unga uy b o ‘l, 
ul senga ustun bo ‘lsin!
Aytganlariga amal qilsang, ering bilan go‘zal hayot kechi- 
rasizlar, m as’ud, 
baxtiyor va saodatli turm ush qurasizlar. 
Bizlar ham (har ikki oila — bizning ham eringning oilasi ham) 
huzur-halovatda baxtiyor bo'lam iz. Aks holda (ya’ni aytgan- 
larimga amal qilmasang) 
ikkala oilada ham huzur-halovat 
b o ‘lmaydi. Sen o ‘zing bir jahannam da yashagandek b o ‘lasan.
Qizim! Endi senga aytadigan o ‘n o ‘gitimga quloq sol! 
Bulami doimo yodingda tut:
1. Q anoat sohibasi bo ‘l. 0 ‘z holingga shukur qil. Y a’ni 
ering uyga nimaiki olib kelsa, u xoh yeydigan, xoh kiyadigan 
narsa bo‘lsin, xushfe’llik bilan, go‘zal odob bilan qabul qilib ol, 
eringga tashakkur aytib, xushnudlik ko‘rsat. Zero, baxtli hayot 
kechirmoqning bir yo‘li o ‘z holiga shukur etmoqlikdir. Holiga 
shukur etmagan, o ‘z nafsini tiymagan kishida ko‘ngil huzuri, 
qalb rohati bo ‘lmaydi.
2. Eringga itoat qil, qil degan ishlarini qil, qilma deganini 
qilma! Y a’ni, ering bilan suhbatlashganda, m uloqotda b o ‘l- 
ganda itoatli boMishingni, uning so‘zlarini odob bilan tinglab, 
ado etishingni sening so‘zlashib, quloq solishingdan tushunib 
oladigan bo ‘lsin. Shunda Alloh Taolo sendan xushnud va uyi- 
ngiz saodat nuridan porloq b o ‘ladi.
3. Eringning ko‘zi tushadigan joylarga yaxshi e ’tibor ber! 
Y a’ni uyning ichini, tashqarisini nihoyatda toza tut. Shunday 
qilki, eringning ko‘ziga bir chirkin yer ko'rinm asin.
4. Ust-boshingni toza tut. Ering faqat xushbo‘yni sezsin, 
dimog‘iga yom on hid kelmasin. Chunki yom on hidlar ering 
ko‘z o'ngida sening obro‘yingni tushiradi. Sendan irganishiga 
sabab bo'ladi. Shuni yaxshi bilgilki, tozalik va zariflik eng
23


yaxshi narsalardir. Inson ko‘ziga xush ko ‘rinishlik shular bi­
land ir.
5. Ovqatni vaqtida tayyorla. Ya’ni ovqatlanish vaqtini hech 
qachon kechiktirma. Ering qachon ovqatlanishga o ‘rgangan 
b o isa, o ‘sha paytda ovqatini tayyorlagin. U kelishi bilan darhol 
dasturxon sol. 
Shuni yaxshi bilginki, 
ochlik insonning tez 
jahlini keltiradi.
6. Uyqu vaqtini, uyg‘onish paytini yaxshi bilib ol! Ya’ni, 
uning qachon uyquga ketish payti bo ‘lsa, o ‘rnini tayyorlab 
qo ‘y. Zero, uyqusizlik insonni xafaqon etadi. Asabning buzu- 
lishi, xafaqonlik odamlarning ehtirosi
m uhabbatini sekin- 
sekin so‘ndiradi.
7. Eringning moli va ashyosiga juda e ’tiborli b o ‘1! Ya’ni, 
eringning m ol-dunyosini yaxshi saqla, ashyolarini avayla, 
muhofaza qilgil. Chunki uning m ol-dunyosi senikidir. Em ing 
m ol-dunyosini isrof etmaslik ish bilish va qadriga yetish de- 
makdir.
3. 
Eringning qarindosh va yaqinlariga hurm at k o ‘rsat! 
Y a’ni eringning qarindoshlari va yaqinlariga hurm at, uning 
e ’tiborini qozonm oq demakdir. Ularni hurm at qilish eringni 
hurm at qilish demakdir. Bu esa qadr va e ’tibor qozonishdir.
9. Eringning sirini boshqalarga aytma! 
Ya’ni eringning 
b a ’zi sirlarini bilgan vaqtingda ehtiyot b o iib , 
uni saqla, 
birovlarga aytib yurma. Agar aytib qo ‘ysang, uning g‘azabini 
keltirib qo ‘yasan, 
ishonchini yo'qotasan. Bunda tuzayotgan 
oilangiz buziladi.
10. Eringning dinga to ‘g ‘ri keladigan barcha buyruqlarini 
ado qil! H ech qachon unga nisbatan itoatsiz bir harakat 
bolm asin. Agar bir shunday harakat b o isa, senga kin saqlab, 
oxiri dushman b o iad i. U senga dushmanlik y o iin i tutsa, sen 
ko‘p zarar ko‘rasan va qolingdan hech narsa kelmaydi.
Shuni yaxshi bilib olginki, ering xafa b o lg a n d a sen 
nash’ali, xursand bolishdan, u xursand b olganda, sen xafa 
b o lish d an juda ehtiyot bolgin. Chunki uning xafa b o ig an
paytida sening xursand ko‘rinishing, uning quvonchli b o ig an
vaqtlarida sening g ‘amgin bolishing unga ham dard bolm aslik 
kabi bir qusurni o ‘rtaga tushiradi. Bu esa, fahmsiz va tarbiyasi 
yom on odamlarga munosib ishdir.
Bu sen kabi yuksak bir tarbiya ko‘rgan aqlli va oqila xotin- 
larga munosib emas.
24


Bolajonim! Eringga qanchalik k o ‘p sevgi va hurm at 
ko‘rsatsang, o ‘zing shunchalik m uhabbat va hurmatiga erisha- 
san. Aytganlarini qanday bajarsang, so‘zlarini tinglasang, shu 
darajada m uhabbat va hurm atga sazovor b o ‘lasan.
Farzandim! Shuni yaxshi bilginki, bu o ‘gitlarimni o ‘rniga 
qo‘yib bajarib, keragicha amal qilib, o ‘zingning shaxsiy istak va 
orzularingga erishishing uchun ering ham o ‘z istaklariga erishi- 
shi kerakdir. Ering istaklarini o ‘zingning orzu-istaklaring deb 
bilsang, u holda bu o ‘gitlarimga amal qilgan bo ‘lasan!»
Bu nasihat oila uyasida jannat hayotida yashashni istagan 
kelinchaklarga qaratilgandir. Bu o ‘gitlar butun hayoti davomida 
o ‘z tajribasidan o ‘tkazgan onaning nasihatidir.
Bu nasihat hozirda ham shirin turm ush qurish va uni chi- 
royli idora etish uchun har bir turmushga chiquvchi aqlli qizga 
suv va havodek zarurdir.
Qanoat, sabr-bardoshli bo ‘lish, erning xohishiga qarab, uni 
hurm at qilish, oilada tozalikka, hayot gigiyenasiga rioya qilish, 
pazanda b o lish , ovqatni vaqtida, mazali pishirish, rejali te- 
jam kor bo ‘lish har bir oilaning barqarorligini, osoyishtaligini 
ta ’minlovchi omillardir.
Y usuf Tovasliy o ‘gitlariga ko‘ra, erining m ol-m ulkini 
saqlash — bu o ‘zining, bolalarining m ol-m ulkini saqlash de- 
makdir. Uyda er mulkini tejamaydigan, saqlashni bilmaydigan 
xotin oila zavolidir. Shuningdek, erning qarindoshlariga hurm at 
ko‘rsatish aqlli ayol uchun eng to ‘g‘ri yo‘ldir. Ota-bobolarimiz 
«gulni sevgan tikonni e ’zozlaydi», — deydilar. Erining qarindosh­
lariga izzat va hurm at ko‘rsatishni bilmaydigan ayol huzur ichi­
da yashash yo‘llarini bilmaydigan ayoldir. Gul sevilib, tikon sevil- 
maydimi? Tikonni izzat qilmagan, gul isidan bebahra qoladi. 
Erining qarindosh yaqinlariga hurm at ko‘rsatishni bilmagan ayol 
erining ko‘nglini ololmaydi, uning m ehrini qozona olmaydi, u 
erining nafratiga uchraydi, muhabbatini so‘ndiradi. Aqlli ayollar 
bunday yo‘lni tanlamaydilar.
Shu o ‘rinda donishm andlar ayol kishi erning sirini 
o ‘zgalarga oshkor etmaslik ham ulam ing eng yaxshi fazilati 
ekanligini uqtiradilar. «Erning siri — oilaning siri. Haqiqatda er 
sirini qalbining eng to ‘rida tutgan aqlli xotinlar o ‘z oilalarida 
huzur va rohat quradiganlardir».
Shuning uchun har bir oqila ona, qizini uzatar ekan yoki 
qizini oilaviy hayotga tayyorlar ekan — baxtli yashashi, baxtli
25


yashash uchun esa faqat oilada yashamog‘ini uqtirishi kerak. 
Chuitiki juft bo ‘lib yasham oq hayot sunnatidir. N ikoh vositasi- 
da, shar’iy yo‘l bilan juft b o ‘lib yashash — axloqiy poklik va 
sog‘lik garovi, jam iyat mustahkamligi asosi ekanligini anglatish, 
unga amal qilishini tushuntirishi kerak.
Yuqorida keltirilgan fikrlar yoshlarning yaxshi oila qurishi 
va baxtli yashashi uchun zarur dasturulamal hamdir.
M ana shunday o ‘gitlar bilan o ‘stirilgan qizlarimiz ibo-ha- 
yoli, andishali bo ‘lishgan. U lar ota, aka-uka va erlarining hur- 
m atida b o ‘lishgan.
T urkiston xalqlarining psixologiyasi, turm ush tarzidagi 
o ‘ziga xosliklar, o ‘zbek ayolining odobi va axloqi, oilada o ‘zini 
tutishi juda ko‘p ohm lar va allom alam i qiziqtirib kelgan.
Masalan, XIX asrning 70-yillarida farangistonlik etnograf, 
olim a, m u saw ir B urdon xonim T urkiston ellari o ‘rtasida 
tadqiqot olib borgan edi. U bu xalqlaming hayot tarzi bilan 
tanishish jarayonida ayollaming odobi, bolalarga m unosabati va 
er-xotin munosabatlarining guvohi bo ‘ldi. Unga o ‘zbek ayoli­
ning o ‘z uyida, to ‘y-marosimlarda, qo ‘n i-q o ‘shnilar bilan m u ­
loqotda o ‘zini tutishi, axloq-odobi, sharm-hayosi uni hayratda 
qoldirdi. «Biz, — deb yozgan edi u, — m adaniylashgan 
O vro‘po ayollari axloq-odobni, iffatni bizning nazarim izda 
yow oyi hisoblangan turkistonlik ayollardan o ‘rganm og‘imiz 
joiz ekan... Lesgaft, D idro nazariyalaridan m utlaqo bexabar bu 
ayollar axloq nazariyasidan q o ila n m a yozsalar arzir ekan...» 
/«Saodat»,1993, 10/.
Olima xonimning zam ondoshi va maslakdoshi XIX asrning 
oxiri va XX asr boshlarida yashab ijod qilgan Faxr-ul banot 
Sibgatulloh qizi ham o ‘z davrining olimasi edi. U ning asarlari 
birinchi navbatda xotin-qizlarga qaratilgan b o ‘lib, «Qizlar tar- 
biyasi», «Oila saboqlari» kabi kitoblari qizlar m aktablarida 
darslik sifatida ham qo‘llanilgan. Bu risola 87 saboqdan iborat 
b o ‘lib, unda xulq-atvor, yurish-turish, m uom ala m adaniyati- 
ning psixologik asoslari berilgan.
Q adim dan qizlar tarbiyasi, 
ularni e ’zozlash, ularga 
o ‘zgacha m ehr bilan qarash xalqimizning oliy fazilati b o ‘lgan. 
Shu sababdan xalq og‘zaki ijodi nam unalarida ham bu masala- 
ga e ’tibor berilgan. Buning tasdig‘i sifatida ushbu rivoyatni 
keltirishni lozim deb topdik.
«Bir vaqtlar davlatmand aqlli odamning qizi aqlli-odobli
26


yigitga uzatilibdi. 
Kuyov odobli b o ‘lganligi uchun qaynota 
tom onidan juda sevikli kuyov bo ‘libdi.
Qizning ukalari atrofidagilaming ta ’siridanmi, yoki yoshlik 
qilibmi, otalari pochchasini bunchalik yaxshi ko‘rishiga g‘ayr- 
lik qila boshlabdilar.
0 ‘g‘illaridan biri akasiga bir kun: — Akajon, otam hadeb 
«Kuyovim, kuyovim» degani degan. H am m a vaqt pochcham iz 
uyga kelganda turli shirin ovqatlar qilinadi. Otam «kuyov u n ­
day, kuyov bunday» deb maqtaydi, xolos. Kuyov shunday 
yaxshimi? — deydi.
Bu gaplardan xabar topgan ota — ey, mening aqli to ‘lish- 
magan o ‘g‘ilginam, kuyovimni nega yaxshi ko‘rishimni bilasan- 
mi? — deydi. U sen bilan mening nomusimizni q o ‘riqlaydi. 
Qizimizni, onangni, farzandimizni, bolajonimizni himoya qi­
ladi. Aslida m en qizimni himoya etishim kerak, lekin hozir u 
him oya qilayapti. Men uni yaxshi k o ‘rm ay kim ni yaxshi 
ko‘ray? Qizimizni juda yaxshi ko‘rganim uchun kuyovimni ju ­
da yaxshi ko‘raman. Kuyovimni sevish qizimni sevish de­
makdir. Agar qizimga kuyovim qaramasa, men qarashim kerak 
b o ‘ladi. Sevikli o ‘g‘illarim, ko‘zim nurlari! Ayol, ona, qiz 
oilaning nomusidir. Nomusni saqlash, q o ‘riqlash mard erkak- 
larning ishidir. M ana, nomus nimaligini sizlarga o ‘rgatdim. 
Men qanday b o ‘lsam, siz ham shunday bo ‘lasiz. Onangiz siz­
ning nom usingizdir. M en o ‘lsam, pochchangizga bir gap 
b o ‘lsa, opangizga siz qaraysiz, uning nomusini siz q o ‘riqlaysiz. 
Shunday ekan, mening aytganimga quloq solib, pochchangizga 
m ehr va hurm at ko‘rsatasiz, deydi.»
Shariatda qizini turmushga chiqarib, undan aloqasini uzgan 
ota haqiqiy ota hisoblanmagan. Haqiqiy ota qiz farzandini ham 
astoydil tarbiyalaydi, ham turm ushga beradi, ham keyinchalik 
unga mehribonligini ko‘rsatib turadi. Farzandi, avlodi qadr- 
qimmatini bilmagan, avlodiga muhabbati boMmagan, avlodini 
yomon yo‘ldan qaytarmagan, to ‘g‘ri yo‘lga boshlamagan ota 
haqiqiy, chin musulm on emas, deyiladi.
Shuning uchun ham Hadisi Sharifda har kimki uch qiz 
farzand o ‘stirib, ularni turmushga berib, ularga yaxshilik qilish- 
ni davom ettirsa, ul kimsa jannatiydir, deyilgan.
Fan va ilm -u m a’rifat taraqqiyotida m uhim o ‘rin tutgan 
XIX asming ikkinchi yarmi va XX asr olim, m a’rifatparvar-
27


lari — Ahmad Donish, Furqat, Muqimiy, Zavqiy, Avaz 0 ‘tar, 
Abdulla Avloniy kabilar esa Sharq mutafakkirlaridan ruhlanib, 
axloq-odob, oila etikasi va psixologiyasiga oid qator asarlar 
yaratdilar.
Abdulla Avloniyning oila pedagogikasi va psixologiyasiga 
oid fikrlari ham diqqatga sazovordir. Uning 1913-yilda yozgan 
va ] 917-yilda ikkinchi marta nashr qilingan «Turkiy guliston 
yoxud axloq» asari Kaykovusning «Qobusnoma», Yusuf Xos 
Hojibning «Qutadg‘u bilik», Nosir Xisravning «Saodatnoma», 
Sa’diyning «Guliston va bo‘ston», Jomiyning «Bahoriston», 
Navoiyning 
«Mahbub ul-qulub» 
asarlariga o ‘xshash janrda 
yozilgan bo ‘lib, m uallif unda oilada bola tarbiyasi va um um an 
oilaning ijtimoiy rolini ochib bergan. Avloniy tarbiya jarayoni­
da oilaning va jam oatchilikning o ‘rnini alohida ta ’kidlaydi. 
Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida 
ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar 
g‘oyat katta ahamiyatga ega.
Bolaning shaxs sifatlariga to ‘xtalib, unda oilaning rolini 
ko‘rsatar ekan, «Qush uyasida ko‘rganini qiladur», — deydi. 
«Inson javhari qobildir, agar yaxshi tarbiya topib, buzuq 
xulqlardan saqlanib, go‘zal xulqlarga odatlanib katta bo ‘lsa, har 
kim qoshida maqbul, baxtiyor bir inson b o ‘lub chiqar...». 
D em ak olim, bola tarbiyasida oilaning rolini birlamchi qilib 
q o ‘yadi: “ ... tarbiyani tug‘ilgan kundan boshlam oq lozim ekan. 
Tarbiyani kim qilur? Qayda qilinur? degan savol keladur. Bu 
savolga «birinchi uy tarbiyasi — bu ona vazifasidir. Ikkinchi 
maktab va madrasa tarbiyasi — bu ota, muallim, mudarris va 
hukum at vazifasidir, — degan javob bersak». K o‘rinib turibdi- 
ki, Avloniy bolaning mukam m al tarbiyasi nafaqat oilaga, balki 
maktab va jam oat tashkilotlariga ham bog‘liqligini e ’tirof etib, 
tarbiya masalasini um um insoniy vazifalar darajasida talqin et- 
gan.
Yuqoridagi qisqacha tahlillarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, 
m usulm on olami, Sharq mutafakkirlari orasida oila m uam m o- 
lari bilan shug‘ullangan va shu xususda o ‘zlarining qimmatli 
fikrlarini kelgusi avlodlar uchun qoldirgan olimlar juda ko ‘p. 
Biz ulam ing ayrimlariga to ‘xtaldik xolos.
28



Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə