Psixologiyasi


Nikoh-oila munosabatlarining evolutsiyasi



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

Nikoh-oila munosabatlarining evolutsiyasi
6 - j a d v a 1
ham mumkin. K o‘pincha esa tabulam i buzganlar, ular buni 
bilib qilganmi yoki bilmaymi, bundan q at’i nazar so‘zsiz ja- 
zolangan, yo‘q qilib yuborilgan.
Ishlab chiqarishdagi jinsiy tabulam ing yuzaga kelishi urug‘ 
o ‘rtasida erkak va ayolni maishiy ajratib qo ‘yish bilan kuzatila-
31


di. Tabu vaqtida erkaklarga nafaqat ayollarga teginish, balki 
ularga qarash, ular bilan gaplashish, ular tayyorlagan ovqatni 
iste’mol qilish, hatto ular bilan bir tom ostida ya’ni «bir uyda» 
b o ‘lishi taqiqlangan.
Dehqonchilikning yuzaga kelishi, mavsumiy dala ishlari- 
ning ortib borishi bilan jinsiy tabulardan xoli vaqtlar borgan 
sari kam muddatli bo ‘lib boravergan. Erkaklarda ham , ayollar- 
da ham jinsiy zo‘riqishning jadalligi ortib borgan. Shuning 
uchun tabulardan xoli qolgan vaqt oralig‘i o ‘ziga xos shahvoniy 
aysh-u ishratlarga aylana borgan.
Atoqli psixolog Z. Freyd bu davrni o ‘z navbatida bayram- 
larga qiyoslagan. Chunki aksariyat bayramlarda, boshqa kun- 
lari taqiqlangan deyarli barcha narsaga ruxsat beriladi. Bu 
bayramlarda hech nima bilan cheklanmagan, jo ‘shqin jinsiy 
m uloqotlar amalga oshirilgan.
Shunday qilib, qisqa muddatli estrus yuzaga kelgan, biroq 
endi bu estrus biologik sabablar bilan emas, ijtimoiy sabablar 
bilan bc>g‘liq bo ‘lgan. 
Bu vaqtlarda hali na nikoh va na oila 
mavjud bo‘lgan.
() ‘z navbatida tabular keyinchalik nikohning ilk turlaridan 
b o ‘lrnish ekzogam nikohlarni yuzaga keltiradi (ekzogam
nikoh — urug‘lararo, qabilalararo nikoh). Chunki tabular faqat 
o ‘z urug‘i uchungina taalluqli bo ‘lib, unda qon-qarindoshlar 
o ‘rtasida jinsiy m uloqot taqiqlangan, boshqa qabila yoki urug‘ 
a ’zolariga esa taalluqli bo‘lmagan. Shuning uchun erkaklarga 
qayerdadir, ovloq joyda boshqa urug‘ga mansub b o ‘lgan ayolni 
uchratib qolib, undan shahvoniy obyekt sifatida foydalanishi 
mumkin bo ‘lgan. M abodo erkaklar uzoq m uddat qishloq xo‘ja- 
lik ishlari bilan band b o ‘lgan vaqtlarida biron-bir begona erkak 
bilan ayollar ham bu ishni qilishgan. Tabu davom etayotgan 
davrda bir urug‘ erkagi o ‘z ayollaridan uzoqda, o ‘z kulbasida 
boshqa urug‘ga mansub ayolni saqlashi mumkin bo ‘lgan.
Keyinchalik bu tasodifiy aloqalar qabila qoidalarida odatiy, 
zaruriy, ko‘zda tutilgan odatlarga aylanib bordi. Bu o ‘rinda 
odamlarga, bu «boshqa urug‘dagilar» bilan bo‘lgan aloqalardan 
tu g cilgan nasllar nisbatan b o ;ydor, b aq u w at abjir ekanligi 
seziliэ bordi. Bu aynan hozirgi zamon odami gomosapiens 
shakllana boshlagan davrga, taxminan bundan 42—45 ming yil­
lar muqaddamga to vg‘ri keladi.
Shunday qilib endogam iya 
(faqat bir urug4 vakillari
32


o ‘rtasidagi jinsiy aloqa)dan, agomiya, ya’ni jinsiy munosabatlar- 
ning vaqtinchalik taqiqlanishi orqali ekzogamiya (turli qabila 
vakillari o ‘rtasidagi m untazam jinsiy aloqa) yuzaga keldi. Bundan 
nikohning guruhli nikoh (дуально родовой) turi yuzaga kelgan. 
G uruhli nikohda bir urug‘ erkaklari boshqa urug‘ning barcha 
ayollari uchun er va aksincha ikkinchi urug‘ning erkaklari bi­
rinchi urug‘ ayollarining erlari hisoblangan.
G uruhli nikohning yuzaga kelishi qaytanga nikoh juftlari 
doirasini m a’lum bir guruh a ’zolari bilangina chegaralab, bir- 
muncha, qisqartiradi.
Bunday hollarda boshqa urug‘dagi «erkak» bu qabilaga 
faqat bitta maqsadda, «nikoh» maqsadidagina kelar edi, o ‘zlari 
esa ona oilalarida yashardi va ishlashardi, 
ular o ‘zlarining 
«xotin»lari yashaydigan oilada hech qanday huquqqa ega emas 
edilar.
G uruhli nikoh ikki urugliing nikoh aloqalaridan iborat 
bo‘lgan — nikoh munosabatlarining birinchi shakli b o ‘lgan. 
A lbatta, bunday urug‘larni hali m oddiy n e ’m atlar ishlab 
chiqish emas, balki bolalam i dunyoga keltirishgina bog‘lab tur- 
gan. 
Ishlab chiqarish va bolalami dunyoga keltirish m uno­
sabatlari bir-biridan ajratib q o ‘yilgan edi. Jinsiy aloqalar esa 
faqat bir-birlari bilan mulkiy ishlab chiqarish ishlari bilan 
bog‘lanmagan odam lar o ‘rtasidagina mavjud bo ig an .
Guruhli nikoh shaxsiy nikoh bo im ag an , ya’ni unda biron- 
bir doimiy «ег-xotinlik» juftlari mavjud b oim agan. H ar bir 
ayolning nikoh jufti aynan kim bolishligi urug‘ tom onidan bel- 
gilanmagan, bu faqat odamlarning xolis xohishlari, istaklarining 
namoyon b o iish i b o ig a n xolos. U rug‘ faqat zo‘ravonlik, maj- 
burlash hollari kuzatilgandagina aralashishi m um kin b o ig an , 
ya’ni har bir individga o ‘zi qanday xohlasa, shunday y o l tutish 
huquqi ta ’minlangan. Bunday munosabatlarni hozirgi zam on 
tili bilan «nikoh», deb atash mushkul, chunki bunday m uno­
sabatlar juftlardan na huquq, na majburiyat va na o ‘zaro 
mas’uliyatni talab qilgan. Shuningdek, oila deb atash mumkin 
b o ig an , bolalam i boqish va tarbiyalash bilan b o g iiq b o ig a n
alohida bir m uhabbat ham boim agan.
Tabiiyki, guruhli nikohda u yoki bu bolaning otasi kim 
ekanligini aniqlash mushkul b o ig an , shuning uchun bolalar- 
ning kelib chiqishi faqat ona tom onidangina hisoblangan. 
U rug‘ni faqat ayolga tegishli tom oni tan olingan. Bolalar faqat
2 — O ila psixologiyasi
33


o ‘z onasinigina bilganlar. Ularning singillari, singiUarining bo- 
lalari, tu g lsh g a n aka-ukalari va boshqa qarindoshlar ona 
u ru g ln i tashkil qilgan.
G uruhli nikohning m oddiy asosi b o ‘lib asosan uy xo‘jaligi- 
ni yuritish hisoblangan, chunki bu vaqtga kelib ovchilik ham ­
m a vaqt ham urug‘ ehtiyojini qondira olmay qolgan. Bu davrda 
ayol uy xo‘jalik ishlari bilan bog‘liq b o ig a n barcha ishlarni ba- 
jargan va shu bilan b o g iiq holda urug‘ a ’zolari o ‘rtasida o ‘ziga 
xos hurm atga ega b o ig a n , urug‘ oqsoqollari kengashida e ’ti- 
borli o ‘rin egallagan. M atriarxat (onalik) davri bir necha o ‘n 
ming yillar davom etgan.
Keyinchalik guruhli nikoh doirasida o ‘zaro mayllar zaminida 
yetarlicha doim iy juftlar shakllana boshladi. B undan paydo 
b o ig a n juftli nikoh dastaw al bir erkak doimo faqat bitta ayol 
bilan yashashligini bildirm agan. Erkak kishi bir necha ayol 
bilan b o iish i m um kin b o ig a n , xuddi shuningdek ayol ham bir 
necha erkak bilan m unosabatda b o ig a n . A n iq ro g l, bunday 
nikohni juftli nikoh em as, balki ibtidoiy-egalitar, y a’ni teng 
huquqli nikoh deyish to ‘g‘riroq b o ia d i. Tabiiyki, urug‘ning bir- 
m uncha boobro‘ a ’zolari bir necha ayolga ega b o iish i m um kin 
b o ig an . Bu davrga kelib ko‘p erlilik kamroq uchragan.
Bunday juft nikohlar taxm inan bundan 25—24 ming yillar 
m uqaddam urug‘ ichida xo‘jalik va iqtisodiy m unosabatlarning 
yangi shakllariga o lis h bilan xususiy mulkchilikning yuzaga ke­
lishi bilan b o g iiq b o ig an . Bu y o ld a qo‘yilgan birinchi qadam 
«sovg‘a ayirboshlash» deb atalgan odat bo ig an .
D ehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi bilan 
urug‘ning, qabilaning har bir a ’zosi m ehnati mahsuldorligi 
sezilarli darajada ortgan va bu ortiqcha iste’m ol mahsulotlari- 
ning yuzaga kelishiga olib kelgan. H ar bir ishchi o ‘zi yaratgan 
mahsulotni qabilaning «umumiy qozoniga» tashlaydigan es- 
kicha taqsimot shakli endi ishlab chiqarishning yanada rivoj- 
lanishiga to ‘sqinlik qila boshladi (chunki bu qabilaning порок, 
dangasa a ’zolarini ham ishlab chiqish faoliyatidan jazosiz 
qutulib qolishligiga olib kelgan). Shuning uchun qabila or­
tiqcha m ahsulotni m a’lum bir qismini qabila mulkiga o ‘zining 
abjirligi, chaqqonligi, ishlab chiqarish faoliyatida ko‘proq m u- 
vaffaqiyatlarga erishganligi bilan farqlanib turgan a ’zolariga 
«mukofot» tariqasida taqsim lashga ruxsat berishga m ajbur 
b o ig a n . H am m aga teng taqsim lash bilan birga asta-sekin
34


odamning imkoniyatiga, uning qabila mulkiga qo ‘shayotgan 
ulushi miqdoriga qarab «mehnat haqi» taqsimlana boshlangan.
Agar teng taqsimlanishda jam oa m ahsulotidan ulush olish 
«huquqi» m azkur urug‘ga taalluqliligiga qarab berilgan b o ‘lsa 
(jamoa mulkiga qancha hissa qo‘shganidan qat’i nazar), endi 
bu 
«huquq» mahsulot yaratishdagi ishtirokiga asoslanadigan 
b o ‘ldi.
U rug‘ning ayrim a ’zolarida ortiqcha m ahsulot, shaxsiy 
mulkning paydo bo ‘lishi, oilaning shakllanishi tom on q o ‘yilgan 
yangi qadam b o ‘lgan «sovg‘a ayirboshlash»ni yuzaga keltirdi. 
Erkak kishi boshqa urug‘dagi «o‘z ayoliga» «mukofotini» sovg‘a 
qilgan, shuningdek ayol ham o ‘zinikini unga bergan. Toki ular 
o ‘rtasida sovg‘a ayirboshlash davom etar ekan, erkak bilan ayol 
o ‘rtasidagi jinsiy aloqa ham davom etavergan. Sovg‘a ayirbosh- 
lashning to ‘xtatilishi esa ular o ‘rtasidagi aloqaning ham tu- 
gashini bildirgan. Shunday qilib, nikohning yana bir turi indi­
vidual juft nikoh yuzaga kelgan.
Bunda ayolni o ‘zining qondosh qarindoshlari, ya’ni o ‘z 
urug‘i erkaklari bilan teng taqsimlash munosabatlari, boshqa 
urug‘dagi erkaklar bilan esa sovg‘a ayirboshlash munosabatlari 
bog‘lab turgan.
Shuni aytib o ‘tish joizki, juftli oilaning yuzaga kelishi, 
boshidanoq uni o ‘z urug‘iga qarshi q o ‘yishni va onalik urug‘i 
asoslarining buzilishiga olib kelishini bildirgan. Ya’ni erkak 
kishi o ‘z mukofotini boshqa urug‘dagi 
«o‘z ayoli» va uning 
bolalariga qanchalik ko‘p bersa, 
uning o ‘z onalik urug'iga 
shunchalik kam ulush qolgan.
Biroq «er» hali «xotinning» va uning bolalarining yagona 
boquvchisi bo ‘lmagan. Juftli oilalam i yanada asosliroq b o ‘lishi 
uchun sovg‘a ayirboshlash noadekvat b o ‘lishi kerak edi, ya’ni 
er xotiniga, xotin eriga berganga qaraganda ko‘proq berishi 
lozim edi, shunday qilib u(er) xotinning bolalarini boquvchisi 
b o ‘lib qolishi, sovg‘a ayirboshlash munosabatlari boquvchilik 
munosabatlariga aylanishi lozim edi. Shu bilan birga erkakni 
xotin va uning bolalari bilan aloqasi m untazam va uzoq m ud­
datli b o ‘lib bordi. 
N ihoyat (дуально родовой) qabilalararo 
nikoh zaminida doimiy o ‘rin olgan xo‘jalik birligi — jam oa 
tashkil topdi, unga erlar o ‘z xotinlari va ularning bolalari bilan 
kirdi. Erkaklar o ‘z singillaridan, ayollar esa mos ravishda o ‘z 
aka-ukalaridan ajralishdi. Yangi iqtisodiy xo‘jalik birligi yoki
35


oilaning yana bir turi — juft oila yuzaga keldi, unga, asosan er, 
xotin va uning bolalari kirdi.
Endi nikoh o ‘ziga xotinning bolalarini tarbiyalash va bo- 
qishni ta ’minlashni maqsad qilib qo ‘ygan erkak va ayolning it- 
tifoqiga aylandi. Buning uchun er-xotinning har biri o ‘z 
urug‘idan olgan ulushidan, mahsulotidan foydalanishgan. Juft 
nikohning yuzaga kelishi bilan juftlar o ‘rtasidagi jinsiy m uno­
sabatlar nafaqat shunchaki axloqiy m e’yorlar bilan boshqari- 
ladigan doiralarga, balki, ijtimoiy-iqtisodiy doiraga (ramkaga) 
kiritildi.
Oilani ibtidoiy jam oa tuzum i davridagi rivojlanishining 
umumiy ko‘rinishlari asosan nikoh rishtalarini mustahkamlash 
sari borib, nikohgacha va nikohdan tashqaridagi aloqalarni 
chegaralab borgan. M asalan, Yangi Gvineyadagi papauslarda 
nikoh mustahkamligini ta ’minlovchi shunday iqtisodiy vosita- 
lardan biri b o ‘lib kelin uchun to ‘lanadigan to ‘lovlar(qalin) xiz- 
mat qilgan. Er xotinini, uning bevafoligi uchun jazolash 
huquqmi olgan, shuningdek yetkazilgan «axloqiy ziyon uchun» 
uning o ‘ynashidan moddiy rag‘bat ham talab qilishi mumkin 
bo ‘lgan. (Albatta, bu erkakni shu xotinning bolalarini boqishda 
faqat uning eri bo ‘lganligi uchungina ishtirok etishga majburligi 
bilan bog iiq b o ‘lgan. Shu bolalarni onasining eri — ota deb 
atalgari, bu o ‘rinda biologik nuqtayi nazardan u haqiqatan ham 
shu bolalarning otasi bo ‘lmasligi mumkin. Hali u vaqtlarda 
biologik qarindoshlik ahamiyatga ega bo ‘lmagan.
Xususiy mulkchilikning yuzaga kelishi va m ustahkam la- 
nishi bilan sinfiy m unosabatlar shakllana borgan, bu esa 
nikohr ing hozirgi zam on shakli — monogamiyaning shaklla- 
nishiga asos bo ‘lgan. M onogam oila va m onogam nikoh o ‘zi- 
ning klassik shaklida faqat sinfiylik jamiyatining yetilishi bilan 
tasdiqlana borgan.
Xususiy mulkchilikning yuzaga kelishi bir odam ishlab 
chiqarish vositalarining to ‘la yoki boshqaruvchi egasi b o ‘lib 
qolishini, boshqa odam esa ulardan butunlay m ahrum b o ‘lish- 
ligini yoki xususiy mulk egasi tobe bo ‘lishligini bildiradi. Agar 
aw alida ijtimoiy (jamoa) mahsulotini olish uchun faqat shu 
jam oaning a ’zosi b o ‘lishgina kifoya bo ‘lsa, keyinchalik buning 
uchun odamning ijtimoiy (jamoa) mehnatidagi haqiqiy ishtiro- 
ki talab qilindi, so‘ng esa nafaqat jam oaga a ’zolik va na 
m ehnat, balki aynan ishlab chiqarish vositalariga, xususiy
36


mulkka egalik jam iyatda ishlab chiqilgan m ahsulotni taqsim- 
lashga asos bo ‘lib qoldi.
Teng taqsimlash va m ehnatiga yarasha taqsimlash o ‘rniga 
xususiy m ulkka egaligiga qarab taqsim lash yuzaga keldi. 
M ehnatning o ‘zi, o ‘z -o ‘zicha jam oa tom onidan yaratilgan 
m ahsulotdan ulush olishga huquq berolmay qoldi. Qul o ‘zi 
yaratgan mahsulotning arzimagan qismini olish huquqiga ham 
ega b o ‘lmagan, chunki uning o ‘zi ham (butun borlig‘icha, hat- 
to uning hayoti ham) to ‘laligicha xususiy mulk egasiga, quldor- 
ga tegishli bo ‘lgan. Bu jam iyat miqyosida, oila miqyosida ham
shunga o ‘xshash o ‘zgarishlar ro ‘y bergan. Xususiy mulkchilik- 
ka, sinfiylik jamiyatiga o ‘tish bilan, teng taqsimlanishning bu ­
tunlay yo‘qolishi bilan bolalarni boqish, tarbiyalash majburiyati 
butunlay oila zimmasiga yuklatiladi. Bunda er faqat ishlab 
chiqarish vositalarining egasi, mulkdori bo ‘lganligi uchungina 
boquvchi hisoblanadi. Bu o ‘rinda u m ehnatda ishtirok etishi 
yoki ishtirok etmasligi hech qanday ahamiyatga ega bolm agan. 
Ayol esa faqat xususiy mulk egasi b o ‘lmaganligi uchun bo­
quvchi rolida mavjud bo ‘lgan. Uning m ehnatda ishtirok etishi 
(hatto oiladagi barcha moddiy boyliklar faqat uning m ehnati 
evaziga yaratilgan b o ‘lsa-da) hech qanday rol o ‘ynamaydi. 
Shunday qilib, sinfiylik jam iyatida er-xotin o ‘rtasidagi aloqalar 
asosida ularning ishlab chiqarish vositalariga b o ‘lgan m uno­
sabatlari yotadi.
Agar hatto ijtimoiy taqsimot b o ‘yicha kelayotgan m ahsu­
lotning hammasi xotin tom onidan yaratilgan bo ‘lsa ham , agar 
hatto er xotinni emas, balki xotin erni ta ’minlaydigan bo ‘lsa 
ham xususiy mulk egasi bo ‘lib er hisoblangan, aynan u b o ­
quvchi hisoblangan. Shunday qilib, bu davrga kelib xotin qul 
rolini bajarishga tushib qolgan. Ayollar k o ‘plab fuqarolik 
huquqlaridan m ahrum etilgan, u qonun oldida ham o ‘z eri bi­
lan teng b o ‘lmagan. Quldorlik va feodal jamiyatlarda faqat 
erkaklargina bevosita ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish m uno­
sabatlari tizmiga kirishgan. Ayollar esa bu tizim lar bilan faqat 
o ‘z erlari vositachiligi orqaligina aloqada b o ‘lgan.
Shu bilan birga erga oila uchun barcha majburiyat, barcha 
m as’uliyat yuklatilgan. Er qonuniy tartibda oilani barcha a ’zo­
larining, o ‘z farzandlarining x o ‘jayini deb e ’lon qilingan. 
Qondoshlikni onalik chiziqlari b o ‘yicha hisoblash m um kin 
bo‘lmay qolgan, uning o ‘rniga qarindosh-urug‘chilikni otalik
37


chizig‘i, shajarasi b o ‘yicha hisoblab kelingan. M asalan, 
N apoleon kodeksida jum ladan, otasi kimligidan q at’i nazar 
«Nikohda urug‘langan bolaning otasi er hisoblanadi», — deb 
ta ’kidlangan. Bu erkakni o'zining biologik jihatdan ham ota- 
likning ishonchliligini ta ’minlashga o ‘z xotinini begona erkak 
bilan aloqaga kirishish ehtim olini bartaraf etishga intilishlarini 
tug‘dirdi. X otindan vafodorlikni talab qilish ham , kelindan if- 
fatlilikni talab qilish ham shundan kelib chiqqan. H atto er 
ko‘pincha xiyonat ustida tutib olingan xotinini o ‘ldirish uchun 
qonuniy huquqqa ham ega bo ‘lgan. M asalan, Fransiyada XIX 
asrning oT talarida ham xotinning eriga xiyonat qilganligi 
uchun unga 3 oydan 2 yilgacha qam oq jazosi belgilangan. Bu 
talablar (monogamiyaning bu turi) aslida faqat ayollar uchun 
tarqatilgan. Ayol kishi uchun jinoyat deb hisoblangan va jiddiy 
oqibatlarga (huquqiy va ijtimoiy) olib keluvchi xatti-harakat 
(masalan, turm ush o ‘rtog‘iga xiyonat qilish), erkak uchun, 
qandaydir o b ro ‘ yoki ju d a yom on baholanganda unchalik 
ahamiyatli b o ‘lmagan, faxr bilan «osib yurish» m um kin b o ‘lgan 
axloqiy dog‘dek hisoblangan.

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə