Psixologiyasi



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

22 - j a d v a I
Oilaning kommunikativ vazifasi
3.7. OILANING REKREATIV VAZIFASI
N ikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, ibtidoiy 
zam onlardan buyon unga xarakterli b o iib kelgan xususiyatlar- 
dan biri, undagi shaxslararo m unosabatlar talablaridan biri uni 
o ‘z a ’zolarining axloqiy-psixologik himoyalanishini ta ’minlash, 
shuningdek bolalarga va m ehnatga yaroqsiz yoki keksa 
qarindoshlarga moddiy va jism oniy yordam ko‘rsatish kabilar- 
dan iborat b o iib kelgan.
55


Bu holat o ‘z navbatida oilaning asosiy vazifalaridan yana 
birini, uning rekreativ vazifasini tashkil qiladi. O ilaning 
rekreativ — o ‘zaro jismoniy, moddiy, m a’naviy va psixologik 
yordam ko‘rsatish, bir-birining salomatligini mustahkamlash, 
oila a ’zolari dam olishini tashkil etish vazifasidir. Bu vazifa 
keyingi yillarda yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oila 
a ’zolari salomatligini mustahkamlash, oila a ’zolarining dam 
olishini tashkil etish, oila a ’zolarining bevosita m ehnat, o ‘qish 
va boshqa ijtimoiy faoliyatlaridan xoli holda, ya’ni bo ‘sh vaqt- 
larni birgalikda o ‘tkazishlarini qanday tashkil qilishlari, unda 
bulam ing o ‘zaro munosabatlari xarakteri qanday ekanligi bu- 
gungi kun oilasi mustahkamligi uchun m uhim ahamiyatga ega 
bo ‘lgan omillardan hisoblanadi. Bo‘sh vaqt jam iyatning niho­
yatda m uhim ijtimoiy qadriyatlaridan biridir. Bu qadriyatdan 
odam lar turlicha foydalanadilar. B o‘sh vaqtini m untazam
ravishda qanday o ‘tkazishiga qarab har bir odamning yetuklik
23 - j a d v a 1
Oilaning rekreativ vazifasi
56


darajasiga, m a’naviy dunyosiga baho berish mumkin. Bu bora- 
da erishilgan yutuqlarim izdan biri shuki — dam olish va 
sog‘lomlashtirish ishlariga davlat miqyosida aham iyat berila 
boshlandi. Lekin ko‘pchilik turli sabablar bilan (ularning o ‘zlari 
ko ‘proq moddiy sababni ko‘rsatishadi) m adaniy dam olishga 
e ’tibor bermay qo‘yganligini ham aytib o ‘tish lozim. Hozirgi 
vaqtda oilaviy dam olish, oilaviy turizm va qator oilaviy tadbir- 
lar doirasi kengayib bormoqda.
Shuni ham ta ’kidlab o ‘tish joizki, hozirgi vaqtda oilaning 
rekreaktiv vazifasini davlat va ijtimoiy tashkilotlar o ‘z zimmasi- 
ga olmoqda. Odamlarning xavfsizligini ta ’minlash, qariyalarga 
bepul tibbiy yordam ko‘rsatish (bizning milliy xususiyatlarimiz- 
ga yot bo ‘lsa-da, qariyalar uylarining ochilishi), odam lar dam 
olishlari va o ‘z sogiiqlarini tiklab olish imkoniyatlarini beradi- 
gan dam olish uylari va sanatoriyalarning ochilishi kabilar shu- 
lar jumlasidandir. Lekin shu bilan birga oila a ’zolarining axlo- 
qiy-psixologik himoyalanganligini ta ’minlashdagi roli tobora 
ortib bormoqda. Chunki odam faqat o ‘z oilasidagina va faqat 
o ‘z yaqinlari qurshovidagina o ‘zini tom m a’noda xotiijam, 
erkin his qila olishi mum kin, xolos. Bu borada oilaning o ‘rnini 
hech bir ijtimoiy muassasa bosa olmaydi.

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə