Psixologiyasi


 . OILANING FELITSITOLOGIK VAZIFASI



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

3.8 . OILANING FELITSITOLOGIK VAZIFASI
Hozirgi zam on oilasining tobora ahamiyati ortib borayot- 
gan vazifalaridan biri uning felitsitologik vazifasidir (italyancha 
«felitsite» — baxt). Shaxsiy baxtga erishishga intilish oilaviy 
munosabatlar tizimida ko‘p jihatdan hal qiluvchi b o iib bor­
moqda. Baxt nima o ‘zi? Hozirgi zam on oilasi o ‘z a ’zolarining 
baxtini ta ’minlashda qanday rol o ‘ynaydi? Baxtga intilish har 
bir inson uchun tabiiydir va ayni shu baxtga intilish ularni oila 
qurishga undaydi. Inson o ‘ziga ato etilgan baxtning to ‘rtdan 
uch qismini oiladan choraktaga yetar-etm as qismini boshqa 
narsalardan topadi.
Oilada er-xotinning bir-birini to ‘liq tushunishi — ularning 
o ‘zlarini baxtli his qilishlarini ta ’minlaydi.
Shuningdek, o ‘zidagi mavjud tabiiy-ijodiy im koniyatlar 
(iqtidor)ni ro‘yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash 
ham insonga o ‘zini baxtli his qilish imkonini beradi. Keyingi 
vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga inti-
57


lish darajasi ham ortib borm oqda. Lekin b a ’zan порок yo‘llar 
bilan pul topish orqali baxtli b o ‘lishga intilish yoki o ‘zgalar 
hisobiga shaxsiy baxtga intilish kabi salbiy holatlar ham uchrab 
turadi. Ba’zan esa oila a ’zolarining (ayniqsa, er-xotinning) 
shaxsiy baxtga o ‘z -o ‘zicha intilishi oilalarda noxush holatlar 
(xiyonat kabi)ni ham keltirib chiqarishi m um kin. Shuning 
uchun har bir shaxs o ‘zida ko ‘proq vijdonlilik, poklik, halollik 
kabi m a’naviy-axloqiy fazilatlami tarbiyalashga e ’tibor berishi 
lozim.
24 - j a d v a 1
Oilaning felitsitologik vazifalari
58


3.9. OILANING REGULYATIV VAZIFASI
Oilaning regulyativ vazifasi oila a ’zolari o ‘rtasidagi o ‘zaro 
munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek birlamchi ijti­
moiy nazoratni, oilada ustunlik va obro‘ni amalga oshirishni 
o ‘z ichiga oladi. Bunda kattalar tom onidan yosh avlodni nazo­
rat qilish va ularni moddiy ham da m a’naviy tom ondan qo‘llab- 
q u w atlash nazarda tutiladi. 0 ‘tgan zam onlarda oilaning 
boshqarish vazifasi m a’lum darajada rasmiy tarzda belgilab 
ham qo ‘yilgan. Unga ko‘ra oilada kim oila boshlig‘i bo'lishligi, 
uning obro‘si va ustunligi qayd etilgan va oilaning shu a ’zosi 
(asosan ota) butun um ri davomida o ‘z farzandlari va oila a ’zo­
lari xatti-harakati, xulqi uchun javobgar bo ‘lgan. Ota-onasiga 
b o ‘ysunmaganlami jazolash hollari ham nazarda tutilgan.
Hozirgi zam on egalitar oilalarida esa oilaning boshqaruv 
vazifasi asosan axloqiy m e ’yorlar, oila a ’zolarinig shaxsiy 
obro‘si va birinchi navbatda ota-onalarning bolalarga nisbatan 
bo ‘lgan munosabatlaridagi obro‘si kabilar yordamida amalga 
oshiriladi. Shunga ko‘ra b a’zi oilalarda oilani boshqarish, unga 
boshchilik qilish oila a ’zolarining qiziqish va imkoniyatlarini 
hisobga olgan holda amalga oshirilsa, b a’zi oilalarda (er-xotin- 
ning alohida-alohida) liderlikka intilishi natijasida oilaviy nizo- 
lam ing ortib borishi, bolalarning har tom onlam a e ’tibordan 
chetda qolishi, natijada jinoyatchilik ko‘chasiga kirib ketishi 
kabilar kuzatiladi. Ba’zi oilalarda ayol liderligining mavjudligi 
o ‘g‘il bola shaxsida ayollarga xos xususiyatlaming ko'payib bo- 
rishiga olib kelishi mumkin.
Shu bilan birga oilaning boshqaruv vazifasi oila a ’zolari­
ning xulqi, m as’uliyati, majburiyati kabilami ham boshqarishni, 
nazorat qilishni o ‘z ichiga oladi. Odam oila qurganidan so‘ng, 
albatta, uning ijtimoiy mavqeyi o ‘zgaradi. Endi u «uylanmagan 
yigit», «turm ushga chiqm agan qiz» em as, balki 
«oilali» 
odamdir. Shunga ko‘ra u o ‘zining xatti-harakatlari, xulqini 
ham oilali odamga xos tarzda qaytadan ko‘rib chiqadi. Oila 
qurish tufayli uning m as’uliyati ortadi. Erning va xotinning 
xulqi ham endi o ‘ziga xos boshqariladi.
Regulyativ
— bu o‘rinda boshqarish ma’nosida qo'llaniladi.



Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə