Psixologiyasi


JINSIY BALOG‘ATNI ERTA YOKI KECH YUZAGA



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

4.5. JINSIY BALOG‘ATNI ERTA YOKI KECH YUZAGA
KELISH XUSUSIYATLARI
Biz yuqorida o ‘sm irlarda jinsiy balog‘atga yetishning 
umumiy xususiyatlari haqida to ‘xtalib o ‘tar ekanmiz, uning 
individuallik xususiyatlariga ham ega ekanligini ta ’kidlagan 
edik.
Um um an jinsiy yetilish o ‘g‘il bolalarda 12 yoshdan 19 
yoshgacha, qiz bolalarda 10 yoshdan 17 yoshgacha bo ‘lgan 
yoshlar oralig‘ida ro ‘y beradi. Shunga ko‘ra u ayrim o ‘smirlar- 
da ertaroq, ayrimlarida esa kechroq boshlanishi mumkin. Jinsiy 
yetilish ertaroq yoki kechroq boshlangan bolalar odatda,
77


m a’lum bir noqulaylikni yuzaga keltiradigan psixologik m uam - 
molarga duch keladilar.
Bu borada alohida e ’tibor qaratiladigan 4 xil holatni kuza- 
tish mumkin:
Jinsiy balog‘atga yetishishi kechikayotgan o‘g‘il bola. 
Bu
o ‘sm:ir, uning o ‘rtoqlari, tengdoshlari yetilib, kattalar qatoriga 
q o ‘sbilgan ayni vaqtda u hali ham bolaligicha qolayotganini ju ­
da yaxshi tushunadi. U birontasi bilan gaplashib qolgudek 
b o ‘lsa (ayniqsa, telefonda), uni ovozining ingichkaligi tufayli 
ikkinchi tom on uni qiz bola deb o ‘ylashi mumkin. Yoki unga 
qiz bola deb m urojaat qiladi. Uning uchun bu o ‘ta haqoratdir! 
U sport bilan shug‘ullanishga juda qiziqadi, biroq u o ‘z teng­
doshlari bilan musobaqalasha olmaydi, chunki ular unga qara­
ganda ancha gavdali. C ho‘milish joylarida yechinish, kiyim al- 
m ashtirish xonalarida bolalar uning muskullarining zaifligi, jin ­
siy a'zosi boshqa bolalarnikidan kichikligini ko‘rsatishib uning 
jahlini chiqarishadi. Bunday vaziyatlarda, o ‘smirda, o ‘zining 
haqiqiy holati, ahvolining nom unosibligini his qilish chu- 
qurlashadi: m ana ikkinchi yilki uning bo‘yi hatto ko‘pchilik 
qizlarnikidan ham past, ular ham bunga qaraganda tez 
o ‘sishyapti. Boshqalarda kuzatilayotgan o ‘zgarishlar va o ‘sish- 
lar bunda hali kuzatilgani yo‘q. U o ‘zida m utlaqo n o to ‘g ‘ri ni- 
m adir sodir bo ‘layotganligidan xavotirlanadi, biroq bu haqda 
birontasi bilan o ‘rtoqlashishga ju r’at eta olmaydi. Bunday holat 
o ‘ta noxushdir. Bunaqa bola ko‘pincha maktabda sodir etilishi 
m umkin b o ‘lgan ko‘ngilsizliklarning manbayiga aylanib qolishi 
m um kin, chunki unga doim o atrofdagilarning (ayniqsa, teng- 
doshlarining) uni erkak ekanligidan shubhalanishlarini inkor 
etishiga, ularga o ‘zining «erkak» ekanligini ko ‘rsatib turishiga 
to ‘g‘ri keladi.

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə