Psixologiyasi


26 - j a d v а 1



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

67


26 - j a d v а 1
0 ‘smir organizmida ro‘y beradigan o ‘zgarishlar
haqida gaplashishlari o ‘smirlarda odam lar munosabatlarining 
intim jihatlariga ko‘tarinki qiziqishni yuzaga keltirishi, erotik 
a n ’analar va ilk seksuallikni rivojlantirishi mumkin. H ar ikkala 
jins o ‘srnirlari uchun bu davrda ilk rom antik hislarning yuzaga 
kelishi «birinchi muhabbat»ga duch kelishi, birinchi bo ‘salarni 
olish kabilar m e’yoriy hoi hisoblanadi.
68


4.3. 0 ‘SMIRLIK AVTONOMIYALARI
0 ‘smirlik davrining xarakterli xususiyatlaridan yana biri — 
bu davrda o ‘smirlarda kuzatiladigan o ‘smirlik avtonomiyasi ho- 
latidir. 0 ‘smirlik avtonomiyasining huquqiy avtonomiya, em o­
tsional avtonomiya, makoniy avtonomiya kabi turlari farqla- 
nadi.
M aiu m k i, bola dunyoga kelgan kundan boshlab kim - 
ningdir qaram og‘iga m uhtoj b o ia d i. O ta-onasi va boshqa 
yaqinlari uni oziqlantiradi, kiyintiradi, tarbiyalaydi va bolani 
m untazam nazorat ostida tutadi. Ular bolani har tom onlam a 
q o ilab -q u w atlab turadilar va bola bunday qoilab-quw atlash, 
daldalarga muhtojlik his etib turadi.
0 ‘sm irlik davrida esa bola o ‘z hayotini, xavfsizligini 
ta ’minlash borasida nisbatan mustaqillikka erishadi. Endi u 
o ‘zini-o‘zi himoya qila olishi, lozim b o isa o ‘zi o ‘z imkoniyat- 
lari darajasida m ehnat qilib, yetarli darajada darom ad qilishi, 
o ‘z ehtiyojlarini mustaqil ravishda o ‘zi qondira olishi mumkin 
bo iad i.
Yuqorida keltirib o ‘tilgan huquqiy avtonomiya ayni vaqtda 
bola o ‘sm irlik yoshiga yetishi bilan unga qator huquqiy 
im koniyatlar berilishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda bola 
yuridik shaxs hisoblanib, ovoz berish huquqiga ega b o iad i. 
M abodo bu davrda o ‘smir ota-onasi ajralib ketgudek b o isa, bu 
holatda o ‘smirning qayerda va kim bilan qolishi bola xohishiga 
qarab hal etiladi. Shuningdek bola bu davrda o ‘z imkoniyati- 
dan kelib chiqqan holda rasmiy ravishda jismoniy m ehnat bilan 
shug‘ullanishi ham mumkin. Lozim b o isa , ulardan o ‘z xatti- 
harakati, qiliqlari uchun javob berishi ham talab qilinadi. Shu 
kabi huquqiy imkoniyatlarga ega b o iis h va bundan o ‘smiming 
xabardorligi uning huquqiy avtonomiyasining yuzaga kelishini 
ta ’minlaydi. Bunday avtonomiyaga ega b o iis h o ‘smirda o ‘z 
xatti-harakati uchun javobgarlik, m as’uliyatlilik hissini yuzaga 
keltiradi.
0 ‘sm irlik avtonom iyalaridan yana biri — em otsional 
avtonomiyadir. M aiu m k i bola dunyoga kelgan ondan boshlab 
u onasi va atrofidagilarning emotsional, hissiy q o ila b -q u w a t- 
lashiga, m ehr-m uhabbatini nam oyon qilishiga, erkalashiga 
ehtiyoj his qiladi. Shuning uchun ham ilk bolalik yoshidagi, 
maktabgacha va kichik m aktab yoshidagi bolalarni suyub,
69


erkalab ularni quchib, boshini silab, yoqimli gaplar va m uom a- 
la bilan ularga hissiy yaqinlik namoyon qilinsa, ular bundan 
quvonib, xursand b o la d ila r va erkalayotgan shaxsga nisbatan 
talpinadilar. Buni yosh bolalarning onasiga suykalishi, ulam ing 
pinjiga suqilishi, ularga erkalanishi hollarida kuzatishim iz 
mumkiri. Shuningdek, bolalar o ‘z tengdoshlari bilan boiad ig an
o ‘zaro munosabatlarida nizo-tortishuvlarga duch kelganida va 
ayniqsa, tengdoshlaridan «jabrlanganda», «yengila boshlagani- 
dan», ota-onasidan va atrofidagi yaqinlaridan emotsional dal- 
da, hissiy qo ‘1 lab-quw atlash kutadi va bu borada ularga m uro- 
jaat qiladi. Agar o ‘z vaqtida shu hissiy daldani ola olsa, o ‘zini 
erkin, tetik, g‘olib his qiladi va ular bilan quvonib yuradi. 
0 ‘zining kichkinagina hayotida duch kelgan «muammolari»ni 
hal qilishda kattalar yordamiga muhtojlikni his qiladi, ulardan 
m untazam foydalanishga intiladi.
0 ‘smirtik davrida esa aksincha, o ‘smir endi «yosh bola» 
emas, endi u «katta odam» katta odam esa mustaqil boiishi, 
o ‘z m uam m olarini o ‘zi hal qilishi kerak. Bu davrda kattalar 
yordamiga murojaat qilish tengdoshlar tom onidan qoralanadi. 
Va buni o ‘smirning o ‘zi ham xohlamaydi. Bu davrda o ‘smir- 
larga kattalar tom onidan oldingidek ko ‘rsatiladigan iltifot, 
erkalashlar erish tuyuladi. Endi ular o ‘zlarini erkalab, silab siy- 
pashlarini, «arzimagan narsalar» uchun kattalar tom onidan 
bildiriladigan olqishlami «yoqtirmaydi». Endi ular atrofdagi- 
larni hissiy q o llab -q u w atlash larid an xoliroq b o lish g a, o ‘z 
m uam m olarini o ‘zlari shaxsan hal qilishga intiladilar. Oldinlari 
ko‘chada, bog‘chada, maktabda yuz bergan voqealar haqida 
uyidagilarga shikoyat qilib ota-onasidan yordam so‘ragan 
bolsalar, endi oiladan tashqarida birontasidan dakki eshitib, 
kaltak yeb kelgan taqdirda ham bu haqda ota-onasiga 
bildirmaslikka harakat qiladi va im kon qadar ota-onalarini 
uning «ishlariga» aralashmasliklarini xohlaydi. Bulaming bar- 
chasi o ‘sm irlarda bevosita kuzatiladigan em otsional avto- 
nomiyaning ta ’siridir.
0 ‘sinirlarda kuzatiladigan avtonomiya holatining yana biri 
makoniv avtonomiyadir. Bunga ko‘ra o ‘smirlar im kon qadar 
o ‘z xonasida yo lg lz qolishga, biron-bir ishni bajarayotgan yoki 
biron-bir joyda b o ig a n vaqtlarida im kon qadar yo lg lz b o lis h ­
ga, ayniqsa, o ‘z ota-onasi, oila a ’zolari nazaridan chetroqda 
b o lish g a , o ‘z o ‘y-xayollari bilan m ashg‘ul b o iib vaqt
70


o ‘tkazishga intilib qoladi. Suhbatlashsa ham asosan o ‘z teng- 
doshlari, yaqin o ‘rtoqlari bilangina m uloqotda bo ‘lib o ‘z ota- 
onasi bilan imkon qadar kam roq m uloqotda b o ‘lishga intilib 
o ‘zi bilan o ‘zi ovora bo ‘lib qoladi. Ayni vaqtda o ‘smirda kuza- 
tilayotgan bu hodisalaming asl sababini tushunm agan ayrim 
ota-onalar ularning bunday holatidan xavotirlanib, ular bilan 
oldingiga qaraganda ko ‘proq qiziqib qoladilar. Boshqacha qilib 
aytganda ularning avtonomiyasiga «bostirib kiradilar». Buni esa 
o ‘smirlar yoqtirmaydi. Bunday holatlar o ‘sm irlar va ularning 
ota-onalari o ‘rtasidagi o ‘zaro m unosabatlarida kelishmovchilik- 
lar, nizolarning yuzaga kelishiga asos b o ‘lishi mumkin.
Yuqorida qisman to ‘xtalib o ‘tganimizdek o ‘smir m hiyatida 
kuzatiladigan xarakterli xususiyatlardan biri ularning o ‘ta ta ’sir- 
lanuvchan, jizzaki, qo'rs, sal narsaga xafa bo'lishi uning hissiy 
noturg‘unligi ifodasidir. Bunday holatlarning yuzaga kelish 
sabablaridan biri bevosita jinsiy balog‘atga yetish, ichki sekre- 
tsiya bezlari, ayniqsa jinsiy bezlar vazifalarining faollashuvi va 
shular bilan bog‘liq holda o ‘smir organizmida ro ‘y beradigan 
psixofiziologik o ‘zgarishlar bilan bog‘liqdir.
M a’lumki, o ‘smirlik davrida o ‘smirning «men»i qaytadan 
shakllana boradi. Uning atrofidagilarga, ayniqsa, o ‘z -o ‘ziga 
b o ‘lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin 
o ‘zgaradi. U ning o ‘z shaxsiga b o ‘lgan e ’tibori kuchayadi. 
0 ‘smirlik davrida shaxs egotsentrizmi boshqa davrdagilarga 
qaraganda eng yuqori darajaga yetadi. Bu davrda o ‘smir o ‘z 
shaxsiyatini boshqalardan ustun qo‘yadigan, o ‘ziga ko ‘proq bi- 
no qo ‘yadigan b o ‘lib qoladi. Shu davrda o ‘g‘il bolalarda ham , 
qiz bolalarda ham shunchaki kattalarga taqlid qilib emas, balki 
tom m a’noda o ‘zining xatti-harakatini nazorat qilish, o ‘zining 
yurish-turishi, kiyinishi, tashqi ko ‘rinishiga astoydil e ’tibor 
berish, pardoz-andoz bilan shug‘ullanish kabi holatlar kuzatila- 
di. Biroq bu davrdagi endokrin sistemasi faoliyati, epofiz, jinsiy 
sekretsiya bezlari ajratib chiqaradigan gorm onlar ta ’siri ostida 
o ‘smir organizmida va tana tuzilishida o ‘zgarishlar ro ‘y beradi. 
U ning tan a tuzilishi proporsiyasi buziladi (u nisbatan 
beso‘naqayroq bo ‘lib qoladi), tovushlari o ‘zgarib, do ‘rillab qo­
ladi. Jinsiy balog‘atga yetishning boshlanishi bilan yuzlariga 
husnbuzar chiqa boshlaydi. Bulaming barchasi o ‘smir uchun 
kutilmagan, uncha xush kelmaydigan holatlardir va aynan ana 
shu holat o ‘smiming ta ’sirlanuvchanligini, jizzakiligini ortishiga
71


olib keladi. Shu davrda o ‘smirning tashqi ko‘rinishi, shaxsi- 
yatiga oid bildirilgan arzimagan nojo‘ya gap uning uchun jiddiy 
salbiy kechinmalarga asos b o ‘lishi mumkin.

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə