Psixologiyasi


25 - j a d v а 1



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

63


25 - j a d v а 1
0 ‘smirlarning yosh psixologik xususiyatlari
64


rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijti­
moiy va shu kabilarning m azm un-m ohiyati ham o ‘zgaradi. Bu 
davrda o ‘sm ir hayotida, uning ruhiyati, organizm ining 
fiziologik holatlarida, uning ijtimoiy holatida jiddiy o ‘zgarishlar 
sodir bo'ladi. Aksariyat holatlarda ularda bir-biriga qaram a- 
qarshi bo ‘lgan turli xil a n ’analar kuzatiladi. Bu davrga kelib 
bola endi «bola» emas va shu bilan birga hali «katta» ham 
emas. Uning o ‘z -o ‘ziga va atrofdagilarga nisbatan b o ‘lgan 
munosabatlari butunlay boshqacha xarakter kashf etib boradi. 
Uning qiziqishlari tizimi, ijtimoiy yo‘nalganligi qaytadan shakl- 
lanadi, o ‘z -o ‘zini anglashi, baholashi, qadriyatlari o ‘zgaradi. 
Uning uchun o ‘z «men»i va shu «men»ning ahamiyati ortadi.
4.2. 0 ‘SM IR ORGANIZMIDA RO‘Y В К RADI G AN
0 ‘ZGARISHLAR
0 ‘smir organizmida ro ‘y beradigan o ‘zgarishlar shundan 
iboratki, bola rivojlanishining ayni shu davrida biologik, 
fiziologik yetukligi borasida tub o ‘zgarishlar amalga oshadi. 
Fiziologik rivojlanish va jinsiy balog‘atga yetish jarayonining 
yangi bosqichi boshlanadi. Organizmdagi o ‘zgarishlar bevosita 
o ‘smir endokrin sistemasining o ‘zgarishi bilan boshlanadi. Bu 
davrda gipofiz bezining vazifalari faollashadi. Uning old qismi- 
dan ajralib chiqadigan garm on organizm to ‘qimalarining o ‘sishi 
va boshqa m uhim ichki sekretsiya bezlari (qalqonsimon bez, 
buyrak usti va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Ularning 
faoliyati o ‘sm ir organizm ida ko ‘plab o ‘zgarishlarni yuzaga 
keltiradi, jum ladan bo‘y o ‘sishining keskin tezlashishi (bir yil- 
da o ‘g‘il bolalarda 4—5 sm, qizlarda 3—4 sm o ‘sishi kuzatila­
di), jinsiy balog‘atga yetish (jinsiy organlaming rivojlanishi va 
ikkilamchi jinsiy belgilaming paydo b o ‘lishi amalga oshadi. Bu 
jarayonlar qiz bolalarda 13—15 yoshlarda nisbatan jadal kecha- 
di. 
Jism oniy rivojlanish va jinsiy yetilishning aksele- 
ratsiyalashuvi kuzatilayotgan hozirgi vaqtda ayrim qizlar 9—10 
yoshda, o ‘g‘il bolalar esa 11 — 12 yoshlarida jinsiy balog‘atga 
yetishning boshlanish bosqichida b o iish i mumkin.
B o‘yning o ‘sishi, vaznning ortishi, ko ‘krak qafasining 
kengayishi — bularning barchasi jism oniy rivojlanishning 
o ‘smirlik yoshiga xos xususiyatlaridir. Shular tufayli o ‘smirning
3 — O ila psixologiyasi
65


tashqi ko‘rinishi bolaning tashqi ko‘rinishiga qaraganda farq qi­
ladi: tana proporsiyasi kattalarga xos ko‘rinishga ega b o iad i. 
Shuningdek o ‘sm irning yuz tuzilishi ham o ‘zgarib, bosh 
suyagining yuz qismi jadal rivojlana boradi. 0 ‘smirlik yoshida 
um urtqa pog‘onasining o ‘sishi b o ‘yning o ‘sish tem pidan orqada 
qoladi. Chunki 14 yoshgacha um urtqa pog‘onalari o ‘rtasidagi 
oraliqlar tog‘aylar bilan to ig a n b o ia d i, bu esa ortiqcha jism o- 
niy z o iiq ish , tana holatining n o to ‘g ‘ri turishi tufayli um urtqa 
pog‘onasining n o to ‘g ‘ri rivojlanishga m oyilligini bildiradi. 
U m urtqa rivojlanishini buzilishining eng ko‘p holati 11—15 
yoshlarga to ‘g‘ri keladi va ayni shu yoshlarda ro ‘y berishi 
m um kin b o ig a n defektlarni ham bartaraf etish ham oson 
kechadi. 20—21 yoshlarga yetib tos suyaklarining o'sishi 
yakunlanadi (shu davrda qizlaming jinsiy organlari ham yeti- 
ladi).
M uskul vazni va muskul kuchlarining ortishi jinsiy 
balog‘atga yetishning oxirlarida nisbatan jadalroq amalga osha­
di. Bunda o ‘g‘il bolalarda muskullaming rivojlanishi erkaklarga 
xos tipda, qiz bolalam ing yumshoq to ‘qimalari esa ayollamiki- 
ga xos tipda amalga oshadi. Bu esa har bir jins vakiliga o ‘ziga 
xos erkaklik va ayollik sifatlarini beradi. Bu jarayonlarning ni- 
hoyasiga yetishi esa o ‘smirlik davridan keyin amalga oshadi.
Muskul kuchlarining ortishi o ’smir jism oniy imkoniyatlari- 
ni kengaytiradi. Buni bolalar juda yaxshi anglaydilar va ular­
ning har biri uchun bu juda m uhim ahamiyatga ega. Biroq 
o ‘smir muskullari kattalarnikiga qaraganda tez toliquvchan 
b o ia d i va davomli kuchlanishlarga dosh berolmaydigan b o i a ­
di. Shuning uchun sport va jism oniy m ehnat bilan shug‘ulla- 
nishda buni inobatga olish lozim.
Turli organ va to ‘qim alam ing o ‘sishi yurak faoliyatiga ham
yuqori talablar qo ‘yadi. 0 ‘z navbatida yurak ham qon tom ir- 
lariga qaraganda tezroq o ‘sadi. Bu jarayon yurak-qon tom ir sis- 
temasi faoliyatidagi funksional buzilishlarga sabab b o iish i, yu­
rak urishining tezlashishi, qon bosimining ortishi, bosh og‘rig‘i, 
bosh aylanishi, tez toliquvchanlik kabilar ko‘rinishida nam oyon 
b o iish i mumkin.
Shuningdek, o ‘sm irlik davrida ichki sekretsiya bezlari 
faoliyati bilan b o g iiq ravishda organizmda keskin o ‘zgarishlar 
ro ‘y beradi. Ayniqsa qalqonsim on bez va jinsiy bezlar ajratib
66


chiqaradigan gorm onlar organizmda m odda almashinishining 
katalizatori vazifasini bajaradi. Chunki endokrin va nerv sis- 
temalari bir-biriga uzviy bogiiqdir. Shunga ko‘ra o ‘smirlik 
davri bir tom ondan quw atn in g keskin ortishi va ikkinchi 
tom ondan patogen ta ’sirlarga o ‘ta sezgirligi bilan xarakterlana- 
di. Shuning uchun aqliy yoki jism oniy ortiqcha toliqish, uzoq 
muddatli asabiy zo ‘riqish, affektlar, 
kuchli salbiy hissiyotlar 
(qo‘rqish, g‘azab, xafagarchilik) endokrin buzilishlarga (m en­
strual siklning vaqtincha buzilishiga) va nerv sistemasi vazi- 
fasining buzilishiga sabab bo ‘lishi mumkin. Bunday buzilishlar 
ta ’sirlanuvchanlikning ortishi, o ‘zini tuta bilmaslik, parishon- 
xotirlik, ishda mahsuldorlikning pasayishi, uyquning buzilishi 
kabilarda nam oyon bo ‘ladi.
0 ‘smirlik davrida endokrin va nerv sistemalari faoliyatining 
bolalik davrida mavjud bo ‘lgan muvozanati buziladi, yangisi 
esa endigina o ‘matilayotgan bo ‘ladi. Bunday qayta qurilishlar 
albatta o ‘sm irning ichki holati, kayfiyati, ruhiyatiga ta ’sir 
ko‘rsatadi va ko‘pincha uning um um iy noturg‘unligiga, ta ’sir- 
lanuvchanligiga, seijahlligiga, harakat faolligiga, vaqti-vaqti bi­
lan ham m a narsalarga befarq bo‘lib qolishligi va lanjligiga asos 
b o iad i. Bunday holatlam ing yuzaga kelishi ko‘pincha qizlarda 
menstrual sikl boshlanishidan biroz oldinroq yoki sikl davrida 
ko‘proq kuzatiladi.
Jinsiy balog‘atga yetish va jismoniy rivojlanishdagi o ‘sish 
o ‘smir ruhiyatida yangi psixologik tuzilishlaming yuzaga ke- 
lishida muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, bu o ‘smir uchun 
juda sezilarli bo‘lgan o ‘zgarishlar b o ‘lib, ular o ‘smirning katta 
bo ‘lganini his qilishining yuzaga kelishining obyektiv manbasi 
b o ‘lib xizmat qiladi (uning asosida o ‘smir o ‘zining kattalarga 
o ‘xshashligini his qiladi). Ikkinchidan, jinsiy balog‘atga yetish 
boshqa jins vakiliga qiziqishni rivojlantiradi, yangi kechinm a, 
hissiyot, tuyg‘ulam i yuzaga keltiradi. 0 ‘smiming ichki bandligi 
va yangi taassurotlar, kechinmalarga munosabati darajasi ular­
ning o ‘smir hayotidagi o ‘m i keng ijtimoiy sharoitlar bilan, 
o ‘smir hayotining konkret individual sharoitlari, uning tarbiyasi 
va muloqoti xususiyatlari bilan belgilanadi. Bu o ‘rinda o ‘smir 
shaxsi shakllanishiga faqat kattalar uchun m o ‘ljallangan kitob- 
lar va kinofilmlar salbiy ta ’sir ko‘rsatishi mum kin. Bulaming 
barchasi, shuningdek o ‘rtoqlari bilan sevgi va jins muam m olari

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə