Psixologiyasi


4.7. 0 ‘SM IR 0 ‘G‘IL BOLALARDA KUZATILADIGAN



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

83


4.7. 0 ‘SM IR 0 ‘G‘IL BOLALARDA KUZATILADIGAN
0 ‘ZGARISHLAR
Jinsiy balog‘atga yetish davrida o ‘g‘il bolalarda beixtiyor 
urug‘ ajralish hollari — pollyutsiya ro ‘y berishi m um kin (lot. 
Pollutio — bulg‘anish). Pollyutsiya ko‘pincha uyqu vaqtida 
ro ‘y beradi. Birinchi pollyutsiyaning yuzaga kelishi o ‘g‘il 
bolalarda spermatazoidlar ajralib chiqa boshlaganidan dalolat 
beradi. U rug‘donlardan ajralib chiqqan urug‘ pufakchalari 
va pubertat bezlari aralashib ular urug‘ ko‘rinishida jinsiy 
yo‘llarda to ‘planadi va jinsiy a ’zo taranglashuvi bilan tabiiy 
ravishda tungi beixtiyor ajralishlar ko‘rinishida ajralib ch i­
qadi.
Birinchi pollyutsiyalar o ‘rtacha 15— 16 yoshlarda ro ‘y bera­
di. Shu fursatdan boshlab pollyutsiya uzoq muddat jinsiy tanaf- 
fusda b o ‘lgan katta yoshdagi erkaklarda ham ro ‘y berishi 
mumkin.
Tunda urug‘ning ajralishi m utlaqo norm al, fiziologik 
hodisadir. U jinsiy hayot bilan yashamaydigan har bir yigit yo­
ki erkakda kuzatiladi. Shuning uchun pollyutsiyadan xavotir- 
lanish ham kerak emas. Ulardan so‘ng hech qanday buzilish 
ro‘y bermaydi.
Pollyutsiyalar odatda, oyda 1—3 m arta ro 'y berish 
mumkin. Ular bundan kam roq ham, 1,5—2 oyda bir marta 
ham b o iish i mumkin. 0 ‘rtacha pollyutsiya 10 kundan 60 kun- 
gacha oralig‘ida b o iad i. Agar pollyutsiya har kecha yoki bir 
kechada bir necha marta ro ‘y bergudek bo ‘lsa, unda vrachga 
murojaat qilish lozim.
Pollyutsiya vositasida organizm ortiqcha urug‘ 
suyuqligi- 
dan va jinsiy zo‘riqishdan xalos b o iad i. Bu organizm ning 
maqsadga muvofiq va tabiiy reaksiyasi b o iib jinsiy to ‘xtalish 
uchun fiziologik sharoit yaratadi.
Pollyutsiya haddan tashqari tez takrorlanmasligi uchun yi- 
gitlarga yotishdan oldin o ‘tkir taom lar iste’mol qilishi, ko‘p 
suyuqlik ichishi, issiq ko'rpaga o ‘ranishi, plavka yoki badanga 
zich yopishib turadigan trusada yotish tavsiya etilmaydi. Yotish 
joyi o ‘ta yumshoq ham bolm asligi kerak. Bundan tashqari jin ­
siy organlarni toza saqlash kerak.
Shuni ham nazarda tutish joizki, biologik jinsiy yetilishni 
ijtimoiy vetilish bilan uyg'unlashtirib yuborm aslik kerak.
84


Menstruatsiya siklining boshlanishi bilan qiz bola hom ilador 
b o ‘lishi mumkin bo ‘lgani bilan uning organizmi hali normal 
jinsiy hayotga tayyor emas. Bu holat xuddi shuningdek o ‘g‘il 
bolalar, o ‘smirlarga ham taalluqli. 0 ‘g‘il bolalar — o ‘smirlar- 
ning jinsiy balog‘atga yetishi fiziologik jihatdan ham butun 
yoshlik davri davomida amalga oshadi. Ijtimoiy jinsiy yetuklik 
deb, faqat shaxsning shakllanishi nihoyasiga yetib, axloqiy va 
fuqarolik yetukligi shakllangan yoshini hisoblash m um kin. 
Ijtimoiy jinsiy yetuklik faqat bolani dunyoga keltirish imkoni- 
yati bilan emas, balki uni har tom onlam a norm al rivojlanishi 
uchun eng maqbul sharoitlam i yaratib bera olish bilan belgi­
lanadi.

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə