Psixologiyasi


 ‘SMIRLARDA DO ‘STLIK, YOQTIRISH



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

4.8. 0 ‘SMIRLARDA DO ‘STLIK, YOQTIRISH,
SEVGI HISLARI
K o‘pchilik uchun jinsiy yetilish nafaqat tanadagi o ‘zgarish- 
larni bildiradi, bu davrda inson his-tuyg‘ulari ham o ‘zgarib bo- 
rayotganligini sezish mumkin.
Ba’zida o ‘g‘il-qizlarning kayfiyati ko‘tariladi, b a ’zida esa 
tushkunlik holatida o ‘zini sezishi ham m um kin. Yonidagi 
o ‘rtoqlari va tengdoshlariga nisbatan d o ‘stlik, yoqtirish yoki 
yoqtirmaslik kabi xislatlarni ham boshidan kechirishi yoki 
b o ‘lmasa tengdosh o ‘g‘il yoki qizlarga nisbatan sevgiga 
o ‘xshash hislarni o ‘zidan o ‘tkazishi ham mumkin. Shuning 
uchun unda tengdoshlari bilan b o ‘lgan m unosabatda m u- 
rakkabroq va m azm unliroq jihatlar ham kuzatila boradi. Bir xil 
qiziqishlar, mashqlar, m anfaatlar birligi asosida o ‘rtoqlik va 
do ‘stlik munosabatlari vujudga keladi. D o ‘stlar bilan suhbat- 
lashuv gohida shunchalik yoqimli va m uhim b o ‘ladiki, 
qarindoshlar bilan bunchalik zavqli bo lm aslig i m um kin. 
Chunki bu davrda yaqin, tushunadigan kishi bilan dardlashish, 
sirlashish ehtiyoji yuqori bo‘ladi. Shuning uchun bu davrda har 
bir o ‘smirning orzusi chin do ‘st topish va unga ham do ‘st 
b o ‘lishdir. Unda bu davrda d o ‘stlarga muhtojlik ehtiyoji yuzaga 
keladi, o ‘z his-tuyg‘ulari va m uam m olarini o ‘rtoqlashm oq- 
chidek ko‘rinadi va haqiqatan ham bunga intiladi. Psixolog tili 
bilan aytganda, d o ‘st — bu «alter Ego», ya’ni ikkinchi «Men» 
bo‘lib, u o ‘sha paytdagi «Men» ning bir qismi sifatida idrok 
qilinadi. D o ‘st o ‘smir uchun shunday odamki, u bilan barcha
85


dard-u hasratlarini m uhokam a qiladi, qalbidagi m uam m olarini 
unga to ‘kib solgisi keladi. Shuning uchun uni xush k o ‘rishlarini 
va unga m aslahatlar berishlarini xohlaydi. D o ‘stlik tuyg‘usi 
psixologik jihatdan o ‘z -o ‘zini anglash va boshqa odam ni tushu- 
nishga yordam beradi. Bu davrga xos ikkita xususiyat u ham
bo ‘lsa, o ‘z tengdoshlari bilan m uloqot qilishning ehtiyoji ortishi 
va shu m uloqotni amalga oshirish hisoblanadi. M uloqotni 
kutish — murakkab o ‘ziga xos holat b o ‘lib, bunda o ‘smir 
shartli va shartsiz ravishda qiziqarli va m uhim , takrorlanmas 
uchrashuv va m uloqotni kutadi. Shu sababdan ular ota-onalari, 
atrofidagi kattalar va um um an boshqalarga diqqat va qiziqish 
bilan qaraydilar. M uloqot ko‘payishi natijasida d o ‘stlik kelib 
chiqadi va bu do‘stlik o ‘smir uchun o‘zini mustaqil va katta 
odam sifatida hisoblay olishiga turtki b o ia oladi. D o ‘stlikning 
asosiy sharti esa — o ‘zaro bir-birini tushunish hisoblanadi. 
D o ‘stlar gohida gap-so‘zsiz ham yuz ifodasi, yurish-turishga 
qarab ham tushuna oladilar. 0 ‘smirlik davridagi o ‘gil-qizlarda 
bu his m uhim boiganligi uchun o ‘qituvchi ularda kim bilandir 
d o ‘st b o ia olishlari uchun o ‘zlarida qaysi sifatlarni mujassam 
eta olishi kerakligini uqtirishi kerak. Bu xislatlar esa ushbu- 
lardir:
• hurm at, uni o ‘z xatti-harakatlari va fikrlashi bilan ko ‘rsa- 
tish mumkin. Doim o oldida b o iish , e’tibor bilan tinglash, ke­
rak b o is a yordam bera olish, kechira olish;
• rostgo‘y b o ‘lish, o ‘zini boshqalardan ustun, yuqori 
qo'ym aslik, ikkiyuzlamachilik qilmaslik;
• dilkashlik, boshqa odam fikriga quloq tutish, o ‘zaro 
tushunishga erishish.
Bilish kerakki, d o ‘stlar osm ondan tushm aydi. Buning 
uchun har bir odam o ‘zi birinchi qadam ni tashlashiga to ‘g‘ri 
keladi. Bo‘sh vaqtni to ‘g ‘ri tashkil qilib turli to ‘garaklar, jis­
moniy mashqlarni o ‘rgatadigan maskanlarda shug‘ullanilsa ham 
d o ‘st orttirish imkoniyati paydo b o iad i. Qiz bola bilan o ‘g‘il 
bolaning orasida d o ‘stlik hislari va munosabatlari b o ia d i, buni 
inkor etib boim aydi. Bu do ‘stlik tufayli ular bir-birlariga ijobiy 
ta ’sir etadilar, ular bir-birlarini tarbiyalaydilar. Qizlar bilan 
o ‘g ‘il bolalar d o ‘stlik m unosabatida boim asalar, o ‘g‘il bolalar 
johil, q o ‘pol, shavqatsiz b o iib qolishlari mumkin. Qizlar esa 
shalpaygan, beqaror b o iish lari mumkin.
D o ‘stlik munosabatlarining aham iyatini ifoda etuvchi mil-
86


liy merosimizdan biri — xalq maqollarida ham do ‘stlikning 
odam uchun kerakligi bayon etilgan:
«D o‘stsiz boshim, tuzsiz oshim». Yoki «D o‘st bilan obod 
uying gar b o ‘lsa u vayrona ham , d o ‘st qadam qo ‘ymas ekan, 
vayronadir koshona ham».
D o ‘stlikni ifodalovchi qanday m aqollarni yana keltirish 
mumkin? Shuningdek, o ‘quvchilarda do ‘stlik mavzusiga qi- 
ziqishni orttirish uchun darsda kim ko‘proq maqol yoki hik- 
m atlar keltirish musobaqasini tashkil etish mumkin.
Tanadagi b o ‘layotgan o ‘zgarishlar va jinsiy rivojlanish 
mobaynida yigit va qizlarning o ‘zaro qiziqishi kuchayadi va bu 
kuchayish yoqtirish, sevgi tarzida ham nam oyon b o ‘ladi. Agar 
d o ‘sthk o ‘zaro bir-birini tushunishga asoslangan o ‘zaro m uno­
sabatlar ko‘rinishi bo ‘lsa, sevgi esa qalblar yaqinligiga asoslan­
gan va his-tuyg‘ularining nam oyon b o ‘lishining m uhim aloma- 
tidir. Sevgi bu nafaqat hissiyot, balki boshqalam i seva olish qo- 
biliyati va sevimli bo‘Ia olishdir. Shu sababdan o ‘smirlar uchun 
bu hissiyotning borligi juda katta ahamiyatga egadir. 0 ‘smirlar 
bir-biriga m ehr qo ‘yishganda asosan tanlagan odam larining 
tashqi ko‘rinishlari, aqliy imkoniyatlari va obro‘lariga e ’tibor 
beradilar. Lekin keyinchalik yosh ulg‘ayib borgan sari odamlar 
sevgi obyektini tanlashda uning tashqi qiyofasi, aqli yoki qan- 
daydir afzalliklariga emas, balki uning insoniy fazilatlariga 
ko‘proq e’tibor berishlari kuzatiladi. Aytish m umkinki, sevgi 
hissini dastlabki bosqichi — o ‘zaro yoqtirib qolish, yoki sim- 
patiya bo ‘lib, bunda tanlagan odam ning tashqi qiyofa belgilari- 
ga ko‘proq ahamiyat beriladi. M asalan, chiroyli kiyingan va 
orasta bo ‘lib ko‘ringan qiz bola davrada ko ‘pchilikning nigohi- 
ni o ‘ziga tortadi va natijada davradagilaming ko‘pchiligi uni 
yoqtirib qolishlari m um kin, lekin shu yoqtiruvchilar orasida 
qaysi biri shu qizga ham m a’lum darajada yoqsagina, ular 
o ‘rtasida o ‘zaro yoqtirish yuzaga kelishi m um kin b o ‘ladi. Shu 
tarzda o ‘g‘il-qizlar orasida o ‘zaro yoqtirishdan keyin boshqa 
bosqich — sevgiga aylanishi m um kin. D em ak, o ‘sm irlik 
davridagi o ‘g‘il-qizlar k o ‘pincha davralarda b o ‘lishni, bi- 
rovlarga yoqish uchun tashqi ko‘rinishlariga alohida e ’tibor be­
radilar. Shuning u ch u n yoqim toy b o ‘lsa-yu, lekin biror 
odamning e ’tiboriga sazovor bo ‘lmasa, o ‘smir o ‘g‘il-qizlarda 
xafalik hissi yuzaga kelishi mumkin. 0 ‘smirlarda sevgi m uno- 
sabatlarining kechishida faqat qaram a-qarshi jins vakili emas,
87


balki aynan shu davrda ota-onaning qadrlanishi va ularga nis­
batan sevgi-muhabbat, yaqin aka-uka yoki opa-singilga nis­
batan m uhabbat, qiziqqan predmeti yoki narsasiga nisbatan 
ham m uhabbat ko‘rinishlari yuzaga kelishi va nam oyon b o ‘lishi 
mumkin. 0 ‘smirlar o ‘zlarining qiziqqan obyektlarini nuqsonsiz, 
ideal tarzda tasvirlaydilar o ‘z tuyg‘ularini o ‘zlari ham hali 
anglab yetmaydilar, ular his tuyg‘ularini qanday qilib izhor 
etish va o ‘zlarini qanday tutishni ham bilmaydilar, ularning bu 
hissiyotlari ko‘proq mavhum o ‘ylarga olib keladi. Natijada kim 
to ‘g‘risida ko'proq o ‘ylash ehtiyojga aylanadi.
Agar o ‘smir kimgadir nisbatan o ‘z his-tuyg‘ularida do ‘stlik- 
ka qaraganda boshqacha ekanligini payqasa, kuchayib borayot- 
ganini sezsa, demak, bu o ‘smirda d o ‘stlikdan boshqacha hissi- 
yotni kechayotgani ayon bo ‘ladi. Sevish va sevilish ajoyib 
tuyg‘u bo ‘lib, bunda o ‘ziga xos hayajonli daqiqalarda bezovta- 
lanish, tanlagan kishisi bilan birga ko‘proq vaqt o ‘tkazish haqi­
da o ‘ylash ko‘payadi va bu holat asosiy maqsadga aylanib qola­
di. Aytish kerakki bu tuyg‘u o ‘zaro hurm at, xushmuomalalik va 
ishonchga asoslanadi. Xayoliy m uhabbat og‘ushida inson 
ko‘pincha boshqalarning kamchiligini payqamaydi chunki xa- 
yolot va tasavvur ko‘proq ifodalanadi.
H ar bir odamning sevish qobiliyati qaysi yoshida qanday 
kechishi mumkinligi olimlar tom onidan aniqlangan. Bu davr- 
larni keltiradigan b o isak , bu uch yosh atrofidagi davr, bunda 
birdaniga bolaga o ‘z yoshi yoki kattaroq yoshdagi qiz yoki 
o ‘g'il bola yoqa boshlaydi. 0 ‘sha yoqtirib qolgan odamiga 
o ‘zining yaxshi konfeti, pecheniysi, olmasini ravo ko‘ra bosh­
laydi. 0 ‘zaro iliqlik munosabatlari asosida yarim bolalarcha 
muhabbat kichik maktab yoshidagi davrda, ya’ni 7—8 yoshlar­
da ham ko‘rinadi. 0 ‘smirlik davrida ham qaram a-qarshi jins 
vakiliga nisbatan bu kabi hissiyot nam oyon b o iad i. Bunda 
ko‘proq muloqotga kirishish, sevib qolgan kishisiga nisbatan 
ko‘proq qiziqish, yoki tashqi qiyofasidagi qandaydir jihatini 
kuchli yoqtirib qolish tarzida sevgi hislari kuzatiladi. 0 ‘smirlik 
davridagi o ‘g ‘il-qizlar hali to ‘la shakllanmagan shaxs pallasida 
ekanliklari tufayli ulardagi sevgi hislari o ‘ziga xos belgilarga ega 
ekanligi ko‘rinadi:
Birinchidan, sevgi hislari masalalari ularni sevgi hislari 
paydo bo ‘lishidan ancha oldinroq qiziqtira boshlaydi, o ‘qigan 
kitoblari, eshitgan qo ‘shiqlari, ko‘rgan filmlaridan va kattalar-
88


ning suhbatlaridan ular sevgi qanday his ekanligini, bu hisga 
odam lar intilishi va kutishlarini yaxshi biladilar. Bu sirli tuyil- 
gan hisni o ‘zlarida ham his etish, sevib ko‘rish, uni o ‘zida 
kechirish istagi kuchayib boradi. Bu o ‘ziga xos o ‘smir orga- 
nizm ida yuz berayotgan fiziologik jarayonlar ta ’siriga ham 
bogiiqdir.
Ikkinchidan, bu yangi sohada o ‘z -o ‘zini anglash, sevib 
k o ‘rish va sevilish ehtiyoji yuzaga keladi. Shuning uchun 
o ‘smirlik davridagi o ‘g‘il-qizning sevgi hislari bu sevgi debo- 
chasi b o ‘lib, bu hali jiddiy parvarishni taqozo etuvchi nozik 
tuyg‘udir.
U chinchidan, o ‘smir sevgisida hali ko‘p fantaziya bor. 
Sevib qolgan kishisi timsolida u xayolidagi kishining eng yaxshi 
sifatlarini tasaw ur etadi. M uloqot olib borish ehtiyoji kuchlili- 
gi, ko‘ngil yaqinligini his etish xohishi mavjudligi kabilar bilan 
xarakterlanadi. Shuningdek unda o ‘ziga ishonch hislari ham 
kuchsizdir, unda uyatchanlik bor.
T o‘rtinchidan, o ‘smiming sevgi hislari u uchun o ‘ziga xos 
qiziqarli kitobga o ‘xshaydi, shuning uchun u hayotdan uzilgan 
va hayot bilan bogianm agandir.
Bu keltirilgan xususiyatlarni bilgan holda, o ‘smirlar uchun 
sof sevgi tuyg‘usini his qilishda adashmaslik, har qanday hissi- 
yotlar qurboni b o ‘lmay, aql-u farosat bilan yondashishni 
tavsiya qilamiz.

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə