Psixologiyasi



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

o ‘y l a m a s d a n , 
uyalmasdan, to ‘yinmasdan sevardi».
Yunon axloqparvar faylasufi Plutarx qarashlarida insoniylik 
va m a’rifat g‘oyalari mujassamlashgan. Uning fikrlari asosan 
oilaviy munosabatlarni barqaror olib borishga, shaxsning o ‘zini 
bilib olib boshqalarga munosabat ko‘rsatishi kerakligiga qaratil- 
gandir. U ning fikricha, sevish sevilishga nisbatan ancha 
m a’quldir, chunki, sevish orqali kishi ko‘p nuqsonlardan, xato- 
lardan xalos b o ‘lishi, atrofidagilarni boshqacha tushunishi va 
boshqacha m unosabatda bo‘lishga qodir b o la olishiga kuch 
topa oladi.
G ‘arb faylasuf mutafakkirlarining qarashlari va asarlarida
diniy qarashlarda sevgi, do‘stlik kabi emotsional munosabatlar
95


va hissiyotlar mavzusi markaziy o‘rinni egallagan. Biroq ularda 
ilgari surilgan ilmiy g'oyalar bu hislarning inson uchun 
ahamiyati yoki zararini ta ’kidlash bilan, shu tushunchalarga 
ta ’rif berish darajasida qolgan.
5.2. MUHABBAT VA UNING TURLARI
Shunisi taassuflanarliki, hozirgi kunga qadar m uhabbat 
tushunchasiga yagona ilmiy ta ’rif, tavsif berilmagan, bevosita 
unga bag‘ishlangan ilmiy asarlar nihoyatda kam. Kishilar ongi- 
da b o ‘lgani kabi badiiy asarlarda ham m uhabbat haqidagi 
turlicha, ko‘pincha bir-biriga zid fikr va ta ’riflarni uchratish 
mumkin.
Ba’zi mualliflar esa m uhabbat hislarini sof ruhiyat kom po- 
nenti sifatida bayon etib, undagi fiziologik kom ponentni inkor 
etadilar. Fiziologik kom ponent hayvonlarga xos bo ‘lgan or- 
ganik ehtiyojlarni qondirishdan iborat instinktning ifodalanishi 
sifatida idrok etiladi. Shu sababli ham ular odam hayvo- 
niy hirsdan, jinsiy intilishlardan ozod b o ‘lishi kerak deb 
hisoblashadi va m uhabbat hislariga bir yoqlama yondashishadi. 
Klassik asarlarda jum ladan qadimgi hind traktatida m uhabbat- 
ga birm uncha to ‘liq ta ’rif beriladi: «Aql mayli hurm atni 
tug‘dirsa, qalb mayli do ‘stlikni, tana mayli xohishni tug‘diradi. 
Aql, qalb va tana bir b o ‘lib sevgi-m uhabbatni tug‘diradi». 
Volter: «Sevgi-muhabbat — bu ham qalb, ham aql va tanaga 
bir vaqtning o ‘zida hujum qilinadigan eng kuchli, zavqli his- 
tuyg‘ulardan biridir», — deb ta ’rif beradi. Bu ta ’riflami o ‘zaro 
taqqoslash va ruhiy tahlil qilish, sevgi-m uhabbatda zaruriy 
ruhiyat kom ponenti bilan bir paytda fiziologik kom ponent ham 
hisoblanadi.
Qadimgi yunonlar sevgi-muhabbatni qanday yo‘nalishda 
ketishiga qarab ikki turga — «eros» va «agape»ga bo ‘lganlar, 
vaholanki. ular m uhabbatning ikki muhim tom onidir, ya’ni 
«eros» — muhabbat obyektiga ega bo ‘lishga, uni o ‘ziniki qilib 
olishga qaratilgan bo ‘lsa, «agape» - hissiyotni boshidan kechi- 
rayotgan shaxsning hissiyot obyektiga o'zini bag‘ishlashdir. Ana 
shu hissiyot har bir odam da uchraydi. Shu hissiyotlarda qaysi 
biri ustunlik qilishiga qarab, kishidagi muhabbatni, aniqrog‘i 
hissiyotni boshidan kechirayotgan shaxsni va uning muhab- 
batdagi istiqbolini ham oldindan aytib berish mumkin. Basharti
96


«agape» ustunlik qilsa, hissiyotning um ri uzoq b o ‘lishi va 
aksincha «eros» ustun b o ‘lsa, tez orada hissiy qoniqish sodir 
b o ‘lib, bunday odamdagi m uhabbat hislarining um ri nihoyatda 
qisqa b o iish i mumkinligi kuzatiladi.
Sevgi-muhabbat tuyg‘ularini D.A. Li bir necha turlarga 
b o iad i:
1. EROS — kuchli sevgi-muhabbat hislari b o iib , bu hislar 
asosida yotgan motiv m uhabbat obyektiga jism oniy ega b o iish . 
Bunda jinsiy intilish yetakchilik qiladi.
2. LYUDUS — sevgi hislarini unchalik chuqur b o ‘lmagan 
muhabbat o ‘yini sifatida idrok qilinadigan, sevgi hislari obyekti 
oson almashishi mumkin b o ig a n turi.
3. STO RG E — tashqi ko‘rinishidan kuchli ifodalanmagan, 
am m o ishonchli m uhabbat — d o ‘stlik turi.
4. PR A G M A (L +S) — lyudus va storgelardan iborat 
doimo ong nazoratida b o ig an , sevgan shaxsining manfaatlarini 
ko‘zlagan maqsadlari asosida yuzaga kelgan sevgi hislaridir.
5. MANIYA (E +L) — eros va lyudusdan iborat b o iib , 
sevgan kishi sevgi obyektidan tobeligi bilan xarakterlanadi. 
Ammo eros va lyudusdan bu turning farqi sevgan shaxsda o ‘zi- 
ga ishonch hislari yetarli bolm aydi.
6. AGAPE (E +S) — eros va storgelar yig‘indisidan iborat 
kuchli ifodalanadigan sevgan kishi m uhabbat obyektiga ham m a 
narsasini va hatto o ‘zini ham baglshlashga tayyor b o ‘lgan his­
lar turi va hokazo.
Kuzatishlarga ko‘ra erkaklarning sevgi-muhabbat hislarida 
ko‘proq qismini eros va lyudus, ayollarda esa pragma, storge va 
maniya turlari tashkil etadi.
0 ‘smir va o ‘spirin yoshidagi o ‘g‘il va qiz bolalarda ko‘proq 
maniya turi, katta yoshdagilarda esa boshqa turlar kuzatiladi.
Bir shaxsning hayotida m uhabbatning yuqoridagi bir necha 
turlari alohida kuzatilishi mumkin. Ba’zilarda esa faqat bitta 
tur uchraydi. Bizning fikrimizcha, m uhabbat turlari sevgan va 
sevilgan kishilaming yoshiga, husniga, m a’lumotiga, madaniy 
saviyasiga, jam iyatda tutgan mavqeyiga, hayot tarziga, dunyo- 
qarashiga, qaysi m uhitda tarbiya ko‘rganligiga, xarakteriga, jin ­
siy xulqiga, qaram a-qarshi jins haqidagi tasaw uriga, nerv sis- 
temasiga, milliy psixologik xususiyatlariga bogiiq. Ba’zi yigit 
va qizlarda sevgi hislari bir turda boshlanib, m a’lum vaqtdan 
so‘ng o ‘zga turiga o ‘tishi mumkin. Masalan: «Eros» turida
4 — O ila psixologiyasi
97


boshlanib «agape»ga aylanish yoki «lyudus» tarzida yuzaga ke­
lib, «storge» turiga o ‘tishi mumkin.
Agar m uhabbat turiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, erkin 
muhabbatning shakllanishi o ‘rta asrlarga to ‘g‘ri keladi. Xususiy 
m ulkchilikning ravnaqi, antagonistik sinflarning mavjudligi, 
ayollarning huquqsizhgi erkin m uhabbatning ravnaq topishiga 
to ‘sqinlik qiladi. «Layli va M ajnun», «Tohir va Zuhra», 
«Farhod va Shirin», «Romeo va Julyetta» kabilarni erkin 
muhabbatning yuzaga kelishi va uning taqdiri haqidagi ilk asar- 
lar deb aytish mumkin.
Taraqqiy etgan jam iyatda yangi tartiblarga asosan yuzaga 
kelgan oila, erkak va ayol o ‘rtasidagi mavjud tengsizliklarni 
y o ‘qotish m uhabbatning yuqori darajada ravnaq topishiga 
zaruriy shart-sharoit yaratadi.
Lekin afsuski, b a’zi yoshlar «erkin hayot», «erkin m uhab­
bat» kabi ruhiyat omillarini no to ‘g ‘ri tushunib, m a’naviy axloq- 
sizlikka mayl q o ‘yishyapti, insonlar o ‘rtasidagi eng nozik 
bo'lm ish jinsiy m unosabatlardan esa «boylik orttirish», «go‘zal 
hayot» kechirish manbayi sifatida foydalanishmoqda. Bu axlo- 
qiy tubanlik, nosog‘lom dunyoqarash oqibatidir. Bu hoi ba’zi 
oilalarda m a’naviy tarbiya masalasi unutib q o ‘yilganligining, 
ayrim ta ’lim -tarbiya muassasalari va ularning pedagogik 
jam oalarining o ‘z vazifalarini yetarli darajada uddalay olmayot- 
ganliklari natijasidir.

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə