Psixologiyasi



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

30 - j a d v a I
Muhabbat yoshi va bosqichlari
qo‘rqasan», «o‘z so‘zining ustidan chiqmagan qiz bola» kabi 
iboralarni qo ‘llashadi. Bu iboralar ularning asosan o ‘z jinsini 
ustun qo ‘yishga intilishi, qiz bolalarni tan olmasligini ko‘rsatsa, 
qizlar ham o ‘z navbatida o ‘g‘il bolalarni nazar-pisand qil- 
masliklarini ko‘ramiz.
5.4. MUHABBAT BOSQICHLARI
T o ‘laqonli sevgi — m uhabbatni his etgan har bir inson 
muhabbatning boshlang‘ich, alangalangan va o ‘zaro hurm at 
bosqichlarini bosib o ‘tadi.
Boshlang‘ich bosqich haqiqiy, istiqboli porloq, bir umrlik 
sof m uhabbatning boshlanishi yoki aksincha shunchaki bir 
havas bo ‘lishi yoki umri qisqa sevgining biror-bir ko‘rinishi 
b o iis h i m um kin. M azkur bosqich m uhabbatning «agape» 
turining boshlanishi yoki «lyudus» turining o ‘zginasi bo ‘lishi 
mumkin.
101


Bu albatta, sevib qolgan odamning dunyoqarashiga, uning 
o ‘ziga xos xususiyatlariga, y a’ni tez sevib qolishiga, hissiyotni 
paydo qilgan omillarga, ya’ni o ‘z shaxsini tasdiqlash, o ‘zgalar- 
dan qolishmaslik, b o ‘sh vaqtini xursandchilik bilan o ‘tkazish, 
oila, ota-onalar iskanjasi yoxud nazoratidan ozod b o iis h , 
erkinlikni q o ‘lga olish, oila qurish, haqiqiy um r yo‘ldoshini 
uchrarib, bir u m r unga g‘am xo‘rlik qilish, unga hayotini 
bag‘ishlashi va hokazolarga bog‘liq.
Birinchi bosqichning o ‘sib ikkinchi va uchinchi bosqich- 
larga o ‘tishi zarurmi, yo‘qmi? — degan savol ko‘pchilikni qi- 
ziqtiradi. Birinchi bosqichda, yuqorida aytganimizdek, hamisha 
ham ro‘laqonli m uhabbat boiaverm aydi. Ikkinchi bosqichga 
o‘tgandagina uni haqiqiy to ia q o n li m uhabbat deyish mumkin.
Birinchi bosqich ko‘p kishilarda kuzatiladi va ikkinchi 
bosqichga o ‘tmasdan so‘nib qoladi. M uhabbatning bu bosqichi 
estetik didimizga birm uncha to ‘g‘ri keladigan, estetik va jinsiy 
ehtiyojlarni qondirish (jmsiy yaqinlik shart emas) m umkin 
b o ig a n ikki jinsni m a iu m vaqtgacha b o ig an o ‘zaro m uno- 
sabati natijasida yuzaga keladigan hissiyotdir. Bu ko‘pincha 
m uhabbatning «lyudus» turini tashkil qiladi. Lekin ko‘chada 
uchratib, birdan yoqtirib qolish kabi hollarni birinchi bosqichga 
kiritib boim aydi.
Ikkinchi, ya’ni alangalangan bosqichdan birinchi bosqichga 
qaytilrnaydi. Ikkinchi bosqichdan faqat uchinchi — o ‘zaro hur­
mat bosqichiga o ‘tish mum kin, xolos. Demak, faqat birinchi 
bosqichgina qaytish xarakteriga ega, ikkinchi bosqichdan bosh- 
lab hissiyot ortga qaytmas xususiyat kasb etadi. Faqat m a iu m
sabablarga ko‘ra bu bosqichlar «tez» bosib o ‘tilishi mumkin. Bu 
ayniqsa, yoshlikda ilk sevgi — m uhabbatni boshdan kechirishda 
yoki birdan sevib qoladigan yengil tabiatli kishilarda uchrashi 
m um kin. Buni birdan alanga olib tez so‘ngan gulxanga 
o ‘xshatish mumkin. Demak, bunday hissiyot uzoq davom et- 
maydi. Bundan m uhabbat o ‘tkinchi tuyg‘u ekan-da, degan xu- 
losa kelib chiqmasligi kerak.
Birinchi bosqichning o ‘rtacha davom ettirish vaqti hissiyot­
ni boshidan kechirayotgan shaxsning yoshiga, jinsiga, hayot 
tarziga, shaxsiy xulq-atvoriga, shuningdek bir qancha tashqi va 
ichki sabablarga b o g iiq b o iib , b a’zida hatto bir necha soatdan 
bir necha kungacha, bir necha yilgacha davom etishi mumkin. 
Buning aniq o ich o v i b o iish i m umkin emas.
102


Q izlar hissiyotidagi ruhiy om il yigitlardagiga nisbatan 
kuchli b o ‘lganligi va oilaviy hayot bilan oilaviy baxt qizlar ha- 
yotida muhim o ‘rin egallashi sababli sevgan kishisiga fidoyilik, 
uning manfaatlarini o ‘z m anfaatidan yuqori baholash, sevgan 
kishisiga o ‘zini bag‘ishlash fazilatining kuchliroq ifodalanishi 
sababli ko ‘proq qizlarda bu bosqich tezroq o ‘tadi.
H ayotda ko ‘p qizlarning aldanish oqibatida hom ilador 
b o ‘lib qolishi, yigitlaming boshqa qiz bilan turm ush qurib 
ketishi bu bosqichning qizlarda nisbatan tez kechishini ko‘rsa- 
tadi. Buning sababini qizlarning shunchaki yengiltakligidan 
qidirm asligim iz, ruhiy jarayonga bog‘liq ekanligini tushu- 
nishimiz lozim.
B irinchi bosqichni nisbatan tezroq bosib o ‘tgan q iz­
lar uch u n ikkinchi bosqich yigitlardagiga nisbatan uzoq 
davom etadi. Buning sababini quyidagicha tushuntirish 
mumkin:
— aw alo qizlarda ruhiy omilning jinsiy omilga nisbatan 
ustunligi ko‘pincha jinsiy hayot ularda hissiyotning ikkinchi 
bosqichida boshlanadi. Yigitlarning hissiyotida jinsiy omilning 
kuchliligi sababli ruhiy qoniqish tezroq kechadi, chunki ruhiy 
omil miqdorining o ‘zi kamdir;
— jinsiy hayot kechirish bilan his-tuyg‘ular yigitlar uchun 
oila qurgandan so‘ng paydo bo ‘ladigan yangilik emas, chunki 
ularning b a ’zilari uylanm asdan oldin ham an ch a-m u n ch a 
tajribaga ega bo‘ladilar.
Qizlar esa oila qurganlaridan, ya’ni jinsiy hayot kechira 
boshlaganlaridan so ‘ng ilgari ularga batam om n o m a’lum
b o ‘lgan his-tuyg‘ular oilaviy hayotning aham iyatini yanada 
oshiradi, erga b o ‘lgan m ehr-m uhabbat yanada oshadi. Shu bois 
qizlarda ikkinchi bosqichning um ri uzayadi.
U chinchi bosqich ikkinchi bosqichdan hissiyotning kuchi 
va tashqi ifodalanishining birm uncha susayishi bilan m uhabbat 
obyektini ideallashtirgan tarzda em as, balki sevgilisining 
shaxsidagi yutuq ham da kamchiliklarini obyektiv idrok qilinishi 
bilan farq qiladi.
Aksariyat sevishganlar va er-xotinlar u ch u n ikkinchi 
bosqichdan uchinchisiga o ‘tish ular orasidagi munosabatlarni 
saqlanib qolishiga shubha tug‘diradi. Bu shubha bosqichdan 
bosqichga o ‘tishda emas, balki har bir sevishgan juftlarda 
muqarrar yuzaga keladigan sevgini o ‘zaro hurm at bosqichiga
103


o ‘tishini oldindan bilmaslik o ‘tishdagi hissiy o ‘zgarishlami no- 
to ‘g‘ri talqin etish, «muhabbat obyektini tanlashda adashdim 
shekilli», kabi yanglish fikrlarni yuzaga kelishidadir.
Aksariyat yosh oilalarda shunday vaqtda er-xotin orasida 
kelishm ovchiliklar ko ‘payadi va ko'pchilik yoshlar bunday 
vaziyatda oiladan chetda yangi sevgi-m uhabbat obyektini 
qidirib qolishadi. Ayrim oilalar esa bu o ‘zgarishlarni noto‘g‘ri 
talqin etib, ajralib ham ketishadi. Shuning uchun yoshlar 
muhabbat hislarini turli bosqichlarda bo ‘ladigan o ‘zgarishlarni 
oldindan bilishlari va o ‘z hissiyotlarini oldindan qurbon qil- 
masliklari kerak.
Uchinchi bosqich um rning oxirigacha davom etishi yoki 
turli va chetdan bo ‘ladigan ta ’sirlarga ko‘ra barham topishi 
mumkin.
Agar er-xotinlarning birida «yangi muhabbat» tug‘ilib qol­
sa, turm ush buzilib ketishi mumkin. 0 ‘rtada «yangi m uhab- 
bat»ga sababchi uchinchi shaxs paydo bo‘lmasa oila buzil- 
maydi. Chunki odam qariganda yolgMz qolishdan, o ‘g‘il-qizlar, 
kelinlar, nabiralar, tanish-bilishlar oldida gap-so‘z b o ‘lish- 
dan, o b ro ‘ni yo ‘qotishdan q o ‘rqadi. Bunday to ‘siqlarni 
yengib o ‘tish uchun esa albatta o ‘rtada m uhabbat bo ‘lishi ke­
rak. Aks holda oilaviy burch zo ;rm a-zo‘raki bajarib boriladi, 
xolos.
U zoq yillar uchinchi bosqichda yashagan er-xotinlar 
ikkinchi bosqichga qaytishlari m umkin emas.
Ikkinchi bosqich konkret sevgilisi bilan bir m arotaba bosh- 
dan kechirilib shu shaxs bilan ikkinchi bosqichga qaytish 
b o ‘lmaydi.
Alangalangan bosqichni odam o ‘z hayotida bir necha m a­
rotaba his etishi m um kin, am m o har birida yangi sevgi 
b o ‘ladi.
Uchinchi bosqichni uzoq yillar davomida birga yashagan 
oilalarda kuzatish mum kin. Bunda erning xotiniga yoki xotin­
ning erga bo ‘lgan hissiyoti keskin kuchayadi. Ya’ni hissiyotda 
umrning ayrim yoshlarida ko‘tarilishi kuzatiladi. Bu ayniqsa 
tashqi sabablarga ko‘ra m a’lum vaqt ayriliqda yashaganda, 
oilaviy hayotdagi mayda-chuyda narsalar ilgarigi ahamiyatini 
yo‘qotganda, o'rtadagi sevgi-muhabbat hislari qayta tiklanadi. 
Va hatto zo ‘rayib ketadi. Ba’zan esa bu hoi katta fojialami 
boshdan kechirish yaqin kishilarini yo‘qotishdan so‘ng ham
104


bo‘lishi mumkin. Er-xotinlardan birining oiladan tashqari jinsiy 
m unosabatda bo ‘lganidan so‘ng ham o ‘z turm ush o ‘rtog‘iga 
b o ‘lgan hissiyotining kuchayishi kuzatilishi mumkin.
Er-xotin o ‘rtasidagi his-tuyg‘ularining susayishiga o ‘ta faol 
jinsiy hayot kechirish, oilada b o ‘lib turadigan mayda-chuyda 
kelishmovchiliklar ham sabab b o ‘ladi. Nikohgacha bir-birlariga 
yaxshi ko‘rinish, dilni rom qilish maqsadida chiroyli kiyinish, 
pardoz-andozga z o ‘r berish, xulq-atvorning faqat yaxshi 
tom onlarini ko‘rsatishga urinish, to ‘ydan keyin sal vaqt o ‘tmay 
m a’lum b o ‘lib qoladi. Ya’ni insonning asli nam oyon b o ‘la 
boshlaydi. H atto bir-birimizsiz yashay olmaymiz deganlar bir- 
birini haqorat qilishgacha boradi. Bulaming bari o ‘rtada chin 
sevgi bo ‘lmaganidan yoki uni asray olmaganlikdan dalolat be­
radi.

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə