Psixologiyasi



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

5.6. MUHABBATNING BELGILARI
Hissiyotdagi ayrim bosqichlarga ko ‘ra m uhabbat turini, 
bosqichini va um um an sevgi hislarining bor-yo‘qligini aniqlash, 
Ibn Sino kabi «og‘ir xastalik»ka tashxis qo ‘yib, uni davolash 
choralarini ko‘rish mumkin. Bu hissiyotlaming ayrimlari aslida 
birinchi bosqichdayoq kuzatiladi va ikkinchi bosqichida niho- 
yatda kuchli, ham da h ar tom onlam a ifodalanadi. U lar 
quyidagilardan iborat:
«Birgalik» effekti. 
Bunday hollarda m uhabbat hislarini 
boshdan kechirayotgan shaxsning ongida, tasaw urida, xayolida 
doimo sevikli yori gavdalanib turadi. N im a ish qilmasin va
106


qayerda bo ‘lmasin, hatto yoridan juda uzoq masofada b o ‘lsa- 
da, xayolan u bilan gaplashadi, yashaydi.
Idrokning ideallashishi. 
Bunday hollarda sevilgan inson 
ideallashtirilgan holda idrok etiladi. Takrorlanmas darajadagi 
shaxs sifatida, har tom onlam a mukam m al shakllangan, niho­
yatda chiroyli, aqlli, odobli va o ‘zga ijobiy xislatlami o ‘zida 
mujassamlashtirgan yigit yoki qiz sifatida nam oyon b o ‘ladi. 
F e ’l-atvoridagi salbiy tom onlar yoki biror jism oniy nuqsonlar 
kamchilik sifatida emas, balki betakror, noyob fazilat sifatida 
qabul qilinadi. Sevgilisi va u bilan bog‘liq barcha narsalar 
(uning qaram a-qarshi jinsdagi tengdoshlaridan tashqari) va 
yaqin kishilari ham faqat ijobiy jihatdan idrok etiladi.
Altruizmning keskin ifodalanganligi. 
Bu bosqichda altru- 
izmning og‘irhk markazi m uhabbat timsoli bo ‘lgan qiz yoki 
yigitga yo‘nalgan b o ‘ladi. Altruizm nihoyatda kuchli bo ‘lganda 
inson sevgan kishisi uchun ham m a narsaga tayyor bo ‘ladi. U 
sevgan kishisini m anfaatini o ‘zining m anfaatidan ustun qo‘yadi 
va buni birinchi darajali zarurat hisoblaydi.
Muhabbat kuchiga cheksiz ishonish. 
B unday holatda 
muhabbat hislarini boshdan kechirayotgan shaxs o ‘z sevgihsi 
bilan birga bo ‘lishni, bo ‘sh vaqtlarini birga o ‘tkazishni, tezroq 
u bilan oila qurishni va umrining oxirigacha birga b o ‘lishni 
orzu qiladi, shunga intiladi, u ko‘pincha bu rejasini amalga 
oshiradi. Bunday oliy baxtga erishish yo‘lida turli to ‘siqlar 
uchrashi m uqarrardir. Chunki hayot bitm as-tuganm as, turli-tu- 
m an qiyinchiliklar va qaram a-qarshiliklardan, jum ladan ota- 
onalam ing qarshiligi, sevgilisining o ‘zga kishi bilan nikohda
107


ekanligi, ikkalalarining ham nikoh yoshida emasligi, ijtimoiy va 
iqtisodiy yetuklikka erishmaganligi, uy-joyining yo‘qligi, b in ­
ning o ‘zga shahardan yoki qishloqdan kelganligi, o ‘zga millatga 
mansubligi va hokazolardan iboratdir.
Yuqoridagi sabablar sevgi hissiyotini boshidan kechirayot- 
gan yoshlar uchun to ‘siq b o ‘la olmaydi va ular bu to ‘siqlaming 
bariga e ’tiborsizlik bilan qarashadi. Ularning fikricha muhabbat 
barcha narsaga qodir, barcha to ‘siqlami yenga oladi, ayni vaqt- 
da muhabbatlari haqiqiy bo ‘lsa ular barcha qiyinchiliklarga bir­
galikda bardosh berishadi. Haqiqatan ham chin m uhabbat bu 
to ‘siqlarning so ‘zda yoki tasaw u rd a em as, balki hayotda 
amalda yengib o ‘tadi va oila qurishda, hayotiy qiyinchiliklarni 
yengib o ‘tishda katta omil hisoblanadi. Lekin yoshlar faqat ikki 
narsani oldindan ko‘ra bilmaydilar: 1) m uhabbatning hissiy 
kuchi uchinchi bosqichga o ‘tgandan keyin birm uncha susayi- 
shini; 2) hissiyot kuchi susayishi bilan hayot qiyinchiliklari 
aham iyatining keskin oshishi va sevishganlarning o ‘zaro 
m unosabatlariga salbiy ta ’sir ko‘rsatishini, ko‘pgina sevishgan- 
lar o ‘z muhabbatlarini boshqalarnikidan ustun qo‘yishadi va 
umrlarining oxirigacha shunday qoladi, deb o'ylaydilar.

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə