Psixologiyasi



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

5.3. MUHABBAT VA YOSH
M uhabbat ontogeneziga nazar tashlanganda sevgi hissining 
ilk kurtaklarini bog‘cha yoshidagi bolalarda ham ko‘rish va 
buni har bir tarbiyachidan so‘rab, ishonch hosil qilish mumkin. 
Lekin tabiiyki, bu hali to ‘laqonli m uhabbat b o ‘la olmaydi. 
Bolaiikdagi sevgi hislarida fiziologik kom ponent, ya’ni jinsiy 
intilish deyarli b o ‘lmaydi. Ulardagi hissiyotning aksariyat qismi 
ruhiy kom ponentdan iborat.
M aktab yoshidagi o ‘g‘il va qiz bolalar o ‘rtasidagi m uhabbat 
hislari esa birm uncha farq qiladi.
() ‘spirinlik yoshidagi qiz bolalarda ruhiy kom ponent jinsiy 
kom ponentdan ustunlik qilsa, o ‘g‘il bolalarda hissiyot diver- 
gensiyasi — bo ‘linishi kuzatiladi. Ya’ni ular m uhabbat hislarini 
bitta qizga nisbatan boshidan kechirsalar, jinsiy intilishni katta
98


yoshli ayolga nisbatan his etadilar, ulardagi hissiyot ikki 
obyektga boMinadi. Bu faqat o ‘g‘il bolalarga xos bo ‘lib, qizlarda 
bunday hoi kuzatilmaydi.
0 ‘smirlik yoshida o ‘g‘il bolalarda giperseksuallik natijasida 
ulam ing hissiyotida jinsiy intilish ustunlik qiladi yoki uning 
ahamiyati keskin ortadi. Qiz bolalarda esa ruhiy kom ponent- 
ning ustunligi saqlanib turadi.
17—25 yoshlardagi yigit-qizlarda o ‘z juftini topishga inti­
lish va hirs keskin ortadi. Sevish va sevilishga bo‘lgan ehtiyoj- 
ning ortishi natijasida yoshlar yorini tezroq qidirib topishadi va 
oila qurishadi, b a ’zan bunday yoshlar qisqa vaqt ichida ajra- 
lishga ham ulgurishadi.
25 yoshdan keyin qizlarning oila qurish imkoniyatlari an- 
cha kamayib boradi. U nda bo ‘lg‘usi kuyovga (yigitga) nisbatan 
talabchanlik oshib, tanqidiy qarash kuchayadi. Endi unda his- 
larga berilish kamayib, uning o ‘rniga b o ‘lg‘usi yoriga butunlay 
boshqacha qaray boshlaydi. Bunday ruhiy o ‘zgarishlar yigitlar- 
da ham kuzatiladi, ammo qizlardan farqli ravishda ulaming 
oila qurish, uylanish imkoniyatlari kamaymaydi, aksincha bir- 
m uncha ortadi. Chunki bu yoshda ularning ko‘pchiligi oliy 
o ‘quv yurtini yoki o ‘rta-maxsus bilim yurtini bitirib, m a’lum 
bir ixtisosni egallagan, m ehnat faoliyatini boshlagan bo ‘ladilar. 
Ya’ni oilani mustaqil tebratish imkoniga ega boladilar.
M uhabbat hislari erkak va ayollarda o ‘ziga xos shahvoniy 
hirs uyg‘otadi.
Erkak kishida deyarli doimo fiziologik kom ponent ustunlik 
qiladi. Jinsiy intilish, jinsiy hayot ular hissiyotida nihoyatda 
m uhim o ‘rin egallaydi. Yigit sevgan qizininig tashqi ko‘rinishi- 
ga ko‘proq e ’tibor beradi.
Yuqorida sanab o ‘tilgan xususiyatlarga qizlar ham befarq 
qarashmaydi. Bu xususiyatlarning yigit tom onidan idrok etilishi 
ayol uchun katta ahamiyatga ega. Am m o shu bilan birga 
ayollaming erkaklardan farq qiluvchi tom onlaridan biri shun- 
daki, ular ko‘proq yigitning b o ‘y-bastiga, xulqiga, muomalasiga 
e ’tibor beradilar.
Erkaklarda jinsiy (fiziologik) intilish ustunlik qilgani uchun 
ularda hissiy qoniqish tezroq yuzaga kelsa kerak, deb taxmin 
qilinadi. Ayollarda esa aksincha, ruhiy intilish yetakchi b o ‘lgani 
uchun ulam ing m uhabbat hislari erkaklam ikidek tez orada 
so‘nmaydi va nisbatan uzoq davom etadi.
99


A m m o so ‘nggi yillarda ayollar hissiyotida, jum ladan, 
muhabbatda ham jinsiy hayotning va uning asosi hisoblangan 
jinsiy intilishning aham iyati keskin oshib borayotganligini 
ko‘rish mumkin.
13—14 yoshli o ‘g‘il bolalarning 40%i, qizlarning 26%i ilk 
sevgi hislarini boshidan kechirayotgan yoki kechirgan b o la d i- 
lar. Bu hoi 15— 16 yoshli o ‘g‘il bolalarda — 17%, qizlarda 30%, 
17—24 yoshli yigitlarda — 10%, qizlarda — 9%ni tashkil qiladi.
A.R.Lemexova (1973) qizlar va yigitlar orasidagi o ‘zaro 
munosabatlarni o ‘rganib, uni uch turga bo ‘ladi.
]. Uyg‘un tur — bunda qiz va o ‘g‘il bolalarda axloqiy 
tu sh u n ch alar shakllangan, hissivot m adaniyati rivojlangan 
bo‘lib, ular muhabbatga, qaram a-qarshi jinsga, oilaviy hayotga 
birm uncha aniq qarashadi.
2. Oilaviy rom antik tu r — bunda m uhabbat, jinslar 
orasidagi m unosabatlar hayotdan yulingan holda, nihoyatda 
ideallashtirilib olingan bo ‘lib, hayotdagi mavjud borliq bilan 
to ‘qnashganda esa barcha tasavvurlari parchalanib, ruhan 
tushkunlikka uchraydi.
3. M a’naviy kambag‘al tur — bunda yoshlar muhabbatni 
n o to 'g ‘ri tushunadilar. M uhabbatda m a’naviy yaqinlikni, ruhiy 
omihiing ahamiyatini ko‘ra bilmaydilar. M uhabbatda asosiy 
rolni jinsiy yaqinlik o ‘ynaydi, deb biladilar. Bunday toifadagi 
yoshlar ko‘p hollarda jinsiy hayotni erta boshlaydilar.
0 ‘g‘il va qiz bolalarning turli yosh bosqichlaridagi o ‘zaro 
munosabatlarni o ‘sib rivojlanishiga nazar tashlaydigan bo ‘lsak, 
quyidagicha 
yaqqol 
ifodalangan 
m anzarani 
ko ‘rishim iz 
mumkin.
Bog‘cha yoshidagi qizlar o ‘g ‘il bolalar bilan birga o ‘ynash 
jarayonida juda yaqin m uom alada bo ‘ladilar, bir-birlari bilan 
do ‘stlashadilar. H atto b a ’zan bolalikning ilk sevgi hislarini ham
boshlaridan kechirishadi. Bu albatta, ularning kattalarga havas 
qilishi, ularga taqlidi oqibatida kelib chiqadi.
Boshlang‘ich sinflardan o ‘smirlik yoshigacha o ‘g‘il bolalar 
ko‘pincha o ‘g‘il bolalar bilan, qiz bolalar esa qiz bolalar bilan 
yaqin m unosabatda b o iish i tufayli jinslarning bir-birlaridan 
uzoqlashishi kuzatiladi.
0 ‘smirlik yoshidan boshlab ular orasida yaqinlashish mayli 
paydo b o la boshlaydi. 0 ‘smirlikning birinchi davrida bolalar 
o ‘zaro biror narsadan qo ‘rqqan tengdoshiga «qiz bolamisan,
100



Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə