Psixologiyasi


Yaxshilik qilgan yaxshilik ko‘radi



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

Yaxshilik qilgan yaxshilik ko‘radi
Bir vaqtlar kemada sayohatga chiqqan ikki d o ‘st dengizga 
tushib ko'rdilar. Shu vaqt to ‘lqin kuchayib ketdi.
Y o‘lovchilar hammasi baqirib chaqira boshladilar.
Kema darg‘asi darhol dengizga o ‘zini tashlab, do ‘stlardan 
yoshrog‘ini qutqarib qoldi. Boshqasini qutqarishga esa harakat 
qilmadi, ikkinchi do ‘st cho‘kib ketdi. U yerdagilarning bir qan- 
chasi darg‘aga:
— D arg‘a, agar tezroq harakat qilganingda ikkinchi 
odamni ham qutqarsa b o ‘lardi. Juda imillading, — dedilar.
Darg‘a bunday javob berdi:
— Menga yaxshilab quloq soling. Bu yigitni qutqarishni 
xohlagan edim, qutqardim. Chunki u menga aw aldan yaxshilik 
qilib kelgan. Boshqasini ch o ‘kib ketishini xohlagan edim, u 
cho‘kib ketdi. Chunki uning ko‘p yomonligini ko‘rganman. U 
meni ranjitgan, ko‘nglimni og‘ritgan. Shuning uchun uning 
cho‘kib ketishini istagandim, — dedi.
N im a uchun shunday b o ‘ldi? Fikringizni bildiring.
91


V В О В. M UHABBAT PSIXOLOGIYASI
5.1. SHARQ VA G‘ARB MUTAFAKKIRLARINING
SEVGI-MUHABBAT VA D O ‘STLIK H ISSI
HAQIDAGI QARASHLARI
Kishilik jamiyati yuzaga kelibdiki, insonlar orasidagi ijobiy 
va salbiy m unosabatlar barcha kishilarning diqqat markazida 
m uhim m asalalardan b o ‘lib kelgan. Shuning uchun bu 
masalalar qadim zam onlardan boshlab xalq og‘zaki ijodi nam u- 
nalarida, doston, qo ‘shiq va ertaklarda, donishm andlarning fikr 
va qarashlari sifatida o ‘ziga xos ravishda munosabat bildirish va 
tahlil qilish obyekti bo ‘lib kelgan.
Qaysi mutafakkir yoki olim, shoir yoki yozuvchining asar- 
larini olib ko‘rmang, ularning hech qaysisi o ‘z ijodiy faoliyatida 
inson hissiyotlarining eng kuchli va sirlisi, 
seijilo va sehrlisi 
hisoblangan m uhabbatni chetlab o ‘ta olmagan. Insoniyat bor 
ekan, muhabbat odam ni sirli tuyg‘ular olamiga yetaklagan, uni 
yengib bo‘lmas g‘ovlardan o ‘tishga va ch o ‘qqilarni zabt etishga 
undagan, uni rag‘batlantirgan, unga baxtiyor onlarni tuhfa et- 
gan. H atto o ‘lim to ‘shagida yotgan kishiga ham umid bag‘ish- 
lab, hayot nash’asini surdirgan, oddiy kunlariga kamalak jilo- 
larini arg‘um on etgan, uning atrof-m uhitni ham da o ‘zligini 
idrok qilishi uchun turtki bo‘lgan. Shaxs ruhiyatida hatto o ‘ziga 
ham n o m a ’lum b o ‘lgan qudratni kashf etgan. K o ‘hna va 
hamisha navqiron hisoblangan bu insoniy tuyg‘u hammaga 
barobar aziz va muqaddasdir.
Sharqda qadim gi Xitoy ilmiy qarashlarida Konfutsiy 
ta ’lim oti, H indistonda Budda, Islom olam ining m uqaddas 
Q ur’on va hadislarida insonlar orasida yaxshi insoniy m uno- 
sabatlarini qaror toptirish lozim ekanligi aytib o ‘tilgan. Deyarli 
bir davrda, boshqa-boshqa joyda Hindistonda Budda, Xitoyda 
Konfutsiy ta ’limotlarida bir g‘oya, qarash shakllanganini kuza- 
tish mumkin: « 0 ‘zingga ravo ko‘rmagan narsani boshqalarga 
ravo ko‘rma». Konfutsiy merosida asosan odam lar orasidagi 
m unosabat, insonparvarlik, d o ‘stlik, insonni sevish jihatlariga 
keng o ‘rin berilgan: «Odamlarni sevish va iliq m unosabatda
92


b o ‘lish deganda o ‘zini inkor etish em as, balki boshqa 
odam lam i ham , o ‘zini ham bir xil ko‘rish kerak» ekanligi 
talqin etilgan.
Islom olam ining m uqaddas kitobi Q u r’onda insoniy 
m unosabatlarni tushunish uchun insonlar tom onidan faqat 
yaxshilik, ezgulik, do ‘stlikni amalga oshirish kerakligi (79-oyat, 
Niso surasida), insonlar orasida faqat va faqat yaxshi m uno­
sabatlar am alga oshirish lozimligi (160-oyatda), bunday 
munosabatlarni amalga oshirish esa yaxshilik alomati ekanligi 
63-, 98-, 139-oyatlarida bayon etilgan.
Hadislarda esa yaxshi insoniy munosabatlarni qay yo‘sinda 
olib borish lozimligi tushuntiriladi: «Oralaringda salom berishni 
tarqatinglar, bir-birlaringga m uhabbatlaring ziyoda b o iad i»
(142-hadis); shuningdek katta yoshdagilarga e ’tiborli b o lish
(373-hadis); ilm ahliga e ’tiborli b o lish (141-hadis), ota-onalar 
va farzandlarga mehrli b o lish kabi munosabatlar asosiy mavzu 
sifatida yoritiladi.
Yaxshi insoniy m unosabatlar va u bilan bo g iiq axloq- 
odob, tartib-qoidalar 0 ‘rta Osiyo mutafakkirlarining o ‘rganish, 
kuzatish va munosabat bildirish masalalaridan b o iib kelgan.
Abu Ali Ibn Sino o ‘zining «Donishmandnom a» asarida har 
bir kishi baxtli b o iish i uchun o ‘zidagi axloqi, odobi, yurish- 
turishi va atrofdagilarga munosabatini ijobiy qilishi kerakligini 
uqtiradi. Abu Ali ibn Sino o ‘z asarlaridan birida kuchli muhab- 
batni izohlar ekan, uni kasallik sifatida ta ’riflaydi va «davola- 
nish» yo llarin i ko‘rsatib o ‘tadi: m uhabbat o ‘tida qiynalib azob 
chekayotgan ikki qalbni birlashtirishni m aslahat beradi. 
Shuningdek u yana m a’lum obyektiv sabablarga ko‘ra, ya’ni 
dinidagi, salomatligidagi, yoshi va ijtimoiy kelib chiqishidagi va 
shu kabi tafovutlarga asoslanib qalblarni birlashtirish imkoni 
bo im asa, unda odamning ruhiy xususiyatlariga ko‘ra turlicha 
davo choralam i qo ilash n i tavsiya etgan. M asalan, hissiyotni 
boshidan kechirayotgan odam ni sevgilisidan sovutish, hissiyot­
ni zaiflashtirish, 
hissiyotni boshqa shaxsga k o ‘chirish, 
chalgitish, organik ehtiyojlarni qondirish orqali m uhabbat his- 
larni susaytirish shular jumlasidandir.
Abu Rayhon Beruniy esa insonning tashqi qiyofasi, uning 
axloqiy qiyofasi bilan uzviy bogiiqligini, kishidagi olijanoblik 
va orastalik insonlar bilan muomalasida m uhim o ‘zak ekanligi­
ni asoslaydi.
93


Yusuf Xos Hojib insonlar bilan do ‘st b o ‘lish uchun asosiy 
kalit «Bu tildir, til tufayli kishi o ‘z ilmi, aqliga jilo beradi. 
So‘zni o ‘ylab so‘zlash, uning ulug‘ bo ‘lishiga olib keladi, yoki 
o ‘ylamay so‘zlansa, uning qadrini tushiradi» kabi fikrlari orqali 
insoniy m unosabatlarda muomalaga yuqori e ’tibor berish ke- 
rakligini uqtiradi.
Hoji Ahmad Yassaviy hikmatlarida esa har bir insonning 
orzusi insonlar bilan yaxshi m unosabatda b o ‘lish, d o ‘st ort- 
tirish, sevish va sevilish ekanligi ko‘rsatib berilgan.
Faylasuf shoir U m ar Xayyom ruboiylarda ikki kishi 
orasidagi m unosabatlarda bir-biriga do ‘stlik, m ehr ko‘rsatish, 
e ’tibor berish shu insonlarning shaxs sifatida rivojlanishiga kat­
ta zamin yaratishi ifodalanadi.
Abu N asr Forobiy «Fozil odam lar shahri» asarida axloq- 
odobga loyiq inson ikki fazilatiga ega bo‘lmog‘i lozimligi va bu 
fazilatlar tarkibida m uomala odobi, insonlarning o ‘zaro bir-biri 
bilan xush muloqotligi, d o bstligi kabilami kiritadi. Mutafakkir- 
ning fikricha, insonga uni go ‘zal am allar qilishi uchun 
yo‘nahiriladigan odat mahsuli b o ‘lishiga yetuk xulq lozim. 
Xulqnmg yaxshiligi xatti-harakatlarda m e’yor qay darajada 
saqlanganligi bilan belgilanadi. Odobni esa u badavlatning 
davlatini bezaydigan va kambag‘alning kambag‘alligini o ‘g ‘ir- 
laydigan axloqiy hodisa sifatida ta ’riflaydi.
Kaiykovusning «Qobusnoma» asarida: «Shundoq kishini 
do‘st tutinginki, senga uning suhbatidan rohat yetsin. Shunda 
uni qabul qil, chunki oshiqlik boshqa va d o ‘stlik boshqadir», — 
deyilgan b o ‘lsa, «Hotamnoma» asarida esa saxiylik, to ‘g‘rilik, 
rostgo‘ylik, sevgi va sadoqat, odam lar o ‘rtasidagi do ‘stlik va 
m uruw at, tinchlik va farovonlik kabi ezgu g‘oyalar tarannum
etilgan.
Alisher Navoiyning «M ahbub-ul-qulub» asarida kishi xulq- 
atvorida nam oyon b o ‘ladigan odob va tavoze d o ‘stlik paydo 
bo'lishida eng asosiy shart sifatida qaraydi: «Tavoze — kishiga 
xalqning m uhabbatini jalb qiladi, odam lam i u bilan d o ‘stlashtira- 
di. Tavoze — do ‘stlik gulshanida toza gullar ochadi va gulshanda 
oshnolik va ulfatchilik bazmiga xilma-xil gullar sochadi».
Sharq mutafakkirlari asarlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, 
ularning boy va serm azm un meroslari o ‘ziga xos ensiklopediya 
hisoblanadi. Bu merosni biz o ‘qib, o ‘rganib shu kunlarda ham
uni hayotga tatbiq etish kerakligini tan olamiz.
94


Qadimgi yunon faylasufi Aflotun (Platon) o ‘z dialoglarida 
insondagi hislardan b o ‘lmish sevgi-muhabbatning m a’nosini 
tushuntirib deydi: «M uhabbat hissi mangu, negaki u na tug‘il- 
ganini, na mag‘lubiyatini, na ko‘payganini, na kamayganini bi- 
ladi».
Aflotun m uhabbat haqidagi fikrlarini rivojlantirib, odam lar 
uning haqiqiy aham iyatini anglab yetmasliklari, «agar ular 
muhabbatning haqiqiy kuchini va qudratini anglab yetganlarida 
edi, ular uning uchun buyuk haykallar qurib, katta qurbonliklar 
keltirar edilar...», deydi. Aflotun qarashlariga ko‘ra sevgi va 
muhabbat tuyg‘ulari insondagi tana go‘zalligini ko‘rish bilan 
cheklanmaydi, buning uchun qalb go‘zalligini ham tushunish 
lozim ekanligi, m uhabbat yo‘Jida o ‘ziga xos bilimlar va yo‘l 
egallanishi kerakligi uqtiriladi. Deyarli yigirma olti asr aw al 
aytilgan bu fikr va qarashlar bizning davrimizda ham o ‘z ijti­
moiy ahamiyatini, qadrini va qim m atini yo'qotmagandir.
Arastu (Aristotel), qadimgi yunon faylasufi birinchi navbat- 
da muhabbat tuyg‘usida oila va jamiyat uchun foyda qidiradi, 
masalan, oilada m uhabbatning maqsadi do ‘stlik ekanligini uqti- 
radi. Arastu fikricha, sevgidagi do ‘stlik hissiy intilishga nisbatan 
e ’tiborliroqdir, sevgi shu tufayli aksariyat holda do ‘stlikdan ke­
lib chiqadi. Agar u ko‘p holda do ‘stlikdan kelib chiqsa, demak, 
d o ‘stlik sevgining maqsadi ekanligi ayon b o ‘ladi.
Qadimgi rim so‘z ustasi, faylasufi M ark Tuliy Sitseron esa 
bu tuyg‘uni qandaydir mavhumlik deb qaraydi. Bu insonda tel- 
balik, aqlsizlikni vujudga keltiradi, shuning u chun undan 
saqlanish lozim ekanligini uqtiradi. Sitseron: «Agar muhabbat 
tabiiy hissiyot b o lg an id a edi, u holda ham m a sevardi, doimo 
sevardi, 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə