Psixologiyasi


 ‘SM IR QIZLARDA KUZATILADIGAN



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

4.6. 0 ‘SM IR QIZLARDA KUZATILADIGAN
0 ‘ZGARISHLAR
0 ‘sm irlik davrining xarakterli jih atlarid an biri jinsiy 
balog‘atga yetish hisoblanadi. Q izlarda m enstrual siklning 
boshlanishi bilan bog‘liq bir qato r o ‘zgarishlar mavjudki, 
ular nafaqat jismoniy, balki psixologik belgilar bilan xarakter- 
lanadi.
Qizlarda, ayollarda kuzatiladigan m enstrual sikl 4 bosqich- 
dan iborat b o ‘lib, o ‘rtacha 28 kun davom etadi va bu bosqich- 
larda shaxs ruhiyatida kuzatiladigan o ‘zgarishlami shartli ra­
vishda yilning to ‘rt faslidagi ob-havo o ‘zgarishlariga qiyoslash 
mumkin. Jinsiy bezlar estrogen va androgen garmonlarini ajra- 
tib chiqaradi. Estrogen garm onlari odam da ruhiy quw atni 
oshiruvchi garm onlar bo ‘lsa, androgen garmonlari aksincha
ruhiy quw atni yemiruvchi garmon hisoblanadi. Ularning ajra- 
lib chiqish m iqdori m instrual siklning turli bosqichlarida 
turlicha bo ‘ladi.
M enustrual sikl tugagandan keyingi birinchi haftada estro­
gen garmonlarining ajralib chiqishi ko‘payib ayol, o ‘smir qiz 
organizmi tabiat xuddi qishdan keyingi bahor kunlarida yayrab- 
yashnab, yangi quw atlarga to ‘lib borgani kabi yashnab-yayrab 
ruhiy quw atlarga to ‘yinib boradi. Bu davrda qizlarning o ‘z- 
o ‘ziga va atrofidagilarga nisbatan b o ig an munosabatlari yaxshi- 
lanib, ulam ing o ‘ziga ishonchi, o ‘zini-o'zi baholashlari ortib 
boradi. Navbatdagi ikkinchi haftani hayot yengil va yoqimli 
b o ‘lgan yoz fasliga qiyoslash mumkin. Bu davrda androgen 
miqdori juda kamayib, estrogen eng ko'p miqdorda ajralib 
chiqarila boshlaydi. Odamning ruhiyati ham eng yaxshi daraja­
da bo ‘ladi. 
Bu bosqichda qizlarning o ‘ziga ishonganligi sikl­
ning boshqa davrlariga qaraganda eng yuqori darajada b o ‘ladi. 
Bu kunlar, qizlar uchun eng ko‘p quw atga, zavq-shavqqa 
to ig a n , atrofdagilar bilan do ‘stona m unosabatda bo‘lgan va 
o ‘z -o ‘zini baholashi ko‘tarilgan vaqtlardir. Davr o ‘rtalariga 
borib optimizm o ‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yetadi. Bu 
«yoz» kunlarida qizlarning atrofdagilar, ayniqsa qarama-qarshi 
jins vakillari bilan b o ‘ladigan m unosabatlari eng a ’lo darajada 
bo ‘ladi. Tabiatda issiq yoz o ‘m ini o ‘zining izg‘irin shamollari 
bilan kuz egallaganidek, menstrual siklning uchinchi haftasida 
organizm uchun q uw at manbayi b o ‘lgan estrogen miqdori ka-
81


mayib, androgenning ajralib chiqishi kuchaya boradi. U estro­
gen ta ’sirini kamaytirib, hayz ko‘rish boshlanishi oldidan ruhiy 
siqilishlik holatini yuzaga keltiradi, 
organizmni qishga ya’ni 
navbatdagi menstruatsiyaga tayyorlaydi. Bu davrda o ‘smir qiz- 
lar ruhiyatida tajanglik, jizzakilik, befarqlik, o ‘z -o ‘ziga nisbatan 
ham, atrofdagilarga nisbatan ham ishonchsizlik ortib boradi. 
0 ‘z -o ‘zini baholash keskin pasayadi. Bu holat qizlarda nafaqat 
noqulaylik hissini, balki «Men hech kimga kerak emasman!», 
«N aqadar xunukm an» — degan fikrlarni ham tug'diradi. 
Bunday fikr, bunday baho o ‘smir qiz uchun qay darajada og‘ir 
ekanligini faqat shu holatni boshidan kechirganlargina his qila 
olishi mumkin. Ayni shu davrda atrofdagilar, sinfdoshlari, o ‘qi- 
tuvchilar, ota-onalar tom onidan o ‘smir qiz shaxsiyatiga taal- 
luqli bo ‘lgan arzimagan gap ham unga o ‘ta haqoratdek tuyu- 
lishi va fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu holat hafta 
davomida kuchayib boraveradi. T o ‘rtinchi hafta menstruatsiya 
sikli boshlanganda esa bu holatlar yanada kuchayadi. Bu davr­
da o ‘smi:r qizlarning o ‘z -o ‘zini baholash darajasi nihoyatda 
pasayib, ular nafaqat atrofidagilarni, hatto o ‘z -o ‘zini ham
yomori ko ‘rib ketadilar. 0 ‘zlarini o ‘ta noqulay, o ‘ta xunuk, 
yolg‘iz, hech kimga kerak emas deb his qiladilar. Ayni shu 
vaqtlarda o ‘z ruhiyatida, organizmida ro ‘y berayotgan bunday 
o ‘zgarishlaming asl sababi va m ohiyatini tushunib yetmagan 
ayrim o ‘smirlar atrofidagilar bilan bo‘ladigan o ‘zaro m uno­
sabatlarining buzilishiga, ayrim noxush hodisalaming sodir eti- 
lishiga yo‘l qo ‘yishlari mumkin.
Qiz bolalarda ilk menstruatsiya umumiy ahvolining yomon 
b o iish i, holsizlanish, og‘riqlar yoki ko‘p miqdorda qon kelishi 
bilan kuzatilishi mumkin. G ohida isitma chiqishi, qayt qilish, 
ich ketishi yoki ichi qotib qolishi, bosh aylanish kabi holatlar 
kuzatilishi mumkin.
M enstruatsiya davrini, albatta, yotib o ‘tkazish kerak degan 
fikrlar u qadar to ‘g‘ri emas. Odam o ‘zini yaxshi his qilayotgan 
b o is a , odatdagi turm ush tarzini davom ettirishi, ertalabki 
gimnastika bilan shug‘ullanishi, unchalik murakkab b o im ag an
jism oniy m ashqlarni bajarishi m um kin. Faqat bu paytda 
sakrash, velosiped haydash, o g ir yuk ko'tarish m an etiladi, 
shuningdek uzoq masofaga piyoda yurish, katta suv havzalarida 
ch o ‘milish, vanna qabul qilish, oftobda qorayish tavsiya etil- 
maydi.
82


Asabiy zo‘riqish, kuchli jismoniy og‘riq, uzoq masofaga 
ko‘chib o ‘tish kabilar menstrual siklni buzishi mumkin. Uzoq 
vaqt va og‘ir m ehnat, kuchli toliqish menstruatsiyani to ‘xtab, 
uzilib qolishiga olib kelishi mumkin. Agar menstruatsiya juda 
og‘riqli, ko‘p qon ketadigan b o ‘lsa, vrachga murojaat qilish 
lozim. M enstruatsiya vaqtida organizmning um um iy holatining 
yomonlashuvi kuzatiladi, qizlar m ashg‘ulotlardan yoki ishdan 
ozod qilinadi. Menstruatsiya vaqtida qizlar o ‘zlarini, ayniqsa 
oyoqlari va qorindan past qismini sovuqdan saqlashlari lozim. 
Buning uchun uzun va issiq kiyimlar kiyish, sovuq tosh, se- 
m ent yoki sovuq narsalarga o ‘tirmaslik lozim.
Bu kunlarda o ‘tkir taomlar, qalampir, m urch, uksus, gor- 
chitsa yemasligi, alkogol ichimliklar (pivo, vino, sham pan va 
boshqalar) ichm asligi shart. C hunki bular qon harakatini 
kuchaytirib, menstrual qon ketishiga olib kelishi mumkin.
Siydik pufagi va to ‘g‘ri ichak yo‘llarini o ‘z vaqtida toza- 
lanib turishga alohida e’tibor berish lozim, chunki ularning 
to ‘lib, to ‘silib qolishi matkaning to ‘silib qolishiga, og‘riqlaming 
paydo b o ‘lishiga, ajralishning kechikishiga sabab b o ‘lishi 
mumkin.
M enstruatsiya vaqtida o ‘z badani tozaligiga alohida 
ahamiyat berish kerak, chunki qon kelayotgan vaqtda m atka­
ning ichki yuzasi o ‘ziga xos yarali yuzaga aylanib qoladi va 
unda m ikroblaming rivojlanishi uchun qulay m uhit hosil b o ia - 
di.
Menstruatsiya o ‘rtacha 2 kundan 5 kungacha davom etadi. 
Bu vaqtda 50—150 sm3 atrofida qon ajralib chiqadi. Agar m en­
struatsiya to ‘la shakllangan b o ‘Isa, un d a taxm inan har 
24—28 kunda qaytalanib turadi. M enstruatsiya bir xil vaqt 
oralig‘ida boshlanib va bir xil miqdordagi kunlarda, bir xil 
jadallikda kechgudek b o ‘lsa, uning sikli norm al hisoblanadi. 
D astaw al menstruatsiya 7—8 kun davom etishi, bir necha oy, 
yil, hatto undan ham ko‘proq vaqtga to ‘xtab qolishi ham
mumkin. Faqat asta-sekinlik bilan uning doimiy sikli tiklanadi.

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə