Psixologiyasi


Jinsiy balog‘atga yetishishi kechikayotgan qiz bola



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

Jinsiy balog‘atga yetishishi kechikayotgan qiz bola. 
Ichki 
soati kechikib qolayotgan qiz bola uchun ham yashash oson 
b o ‘lmaydi. U o ‘zining tekis ko‘kragiga qaraydi, so‘ng ko‘kragi 
b o ‘rtib chiqqan, byusti «risoladagidek» dugonasiga nazar tash- 
laydi. M ana ikki yoki uch yildirki, uning dugonalari o ‘zlarida 
ro ‘y berayotgan menstruatsiya bilan bog‘liq kechinm alar haqida 
o ‘zaro fikr almashadi, u esa bunday m uhokam alarda qatnasha 
olmaydi. U ni, uning yuz tuzilishi xuddi «yosh bolanikidek» 
ekanligini aytishib jahlini chiqarishadi. H aqiqatan ham , uning 
yuzi sakkiz yashar bolanikidek ko‘rinadi. Agar o ‘smir yoshi
78


uchun o ‘z -o ‘zini baholashda bolani jism oniy jozibadorligi, o ‘z 
chiroyini baholashini qanday m uhim ahamiyatga ega ekanligini 
hisobga oladigan bo ‘lsak, unda bunday qiz, hatto u tabiatan 
chiroyli, go‘zal bo ‘lgan taqdirda ham o ‘z nuqsonini qanday his 
qilishini tushunish oson. Bunday vaziyatlarda bu qiz endi 
«hech qachon katta b o ‘lm aym an, ham m adan orqada qol- 
dim», — deb adashayotganligini kim dir oqilona tarzda, ilmiy 
asoslangan holda tushuntirib berishi lozim.
Tengdoshlaridan oldin jinsiy balog‘atga yetgan qiz. 
Jinsiy 
balog‘atga yetishi boshqalardan oldinroq boshlangan 10—11 
yoshlardagi qiz bola ham qator psixologik muam m olarga duch 
keladi. Odatda, qiz bolalarning jinsiy balog‘atga yetish davri 
o ‘g‘il bolalam ikidan 1—2 yil oldin boshlanadi, shuning uchun 
bu davrga o ‘z tengdoshlaridan oldinroq kirib borgan qizlar 
odatda o ‘z tengdoshlarining aksariyat qismidan o ‘zining jis­
m oniy rivojlanganligiga ko‘ra ancha ilgarilab ketadi. Biroq jis­
m oniy rivojlanishda ilgarilab ketish unga hech qanday afzallik 
keltirmaydi. Jismoniy rivojlanishda o ‘z tengdoshlaridan ilgari­
lab ketgan qiz bola 2—3 yil davomida o ‘z tengdoshlari va 
atrofidagilar bilan ham qadam ketmayotganligi tufayli turli no- 
qulayliklami boshdan kechiradi. Bizning etnik xususiyatimiz
bolalar va o ‘smirlar o ‘rtasida jinsiy tarbiya ishlarining yo‘lga 
qo'yilmaganligi, jins psixofiziologiyasiga oid m a’lum otlam ing 
ayanchli darajada pastligi, ota-onalar, hatto pedagog-tarbi- 
yachilaming ham bu borada yetarli ilmiy asoslangan m a’lum ot- 
ga ega emasligi bu o ‘rinda jiddiy m uam m olam ing yuzaga ke- 
lishiga asos b o ‘lishi mumkin. Jinsiy yetilish davriga erta yetish- 
gan qiz bola hali bu haqda, bu davrda ro ‘y beradigan 
o ‘zgarishlar, bu davrda o ‘zini qanday tutish, nim alar qilish ke- 
rakligi kabilar haqida m a’lumotlarga ega b o ‘lmasligi mumkin. 
0 ‘zlarida kechayotgan h olatlar haqida tengdoshlari bilan 
o ‘rtoqlashay desa, bu holatlar ularga m utlaqo yot. Misol uchun 
shuni ham aytishim iz m um kinki, respublikam iz viloyatlari 
qishloq hududlarining birida ilk bor menstruatsiyani boshidan 
kechirgan 6-sinf o ‘quvchisi o ‘tirgan joyida va kiyimida qon 
izlarini k o ‘rgan sinfdoshlari uni buzuqlikda, qizlik iffatini 
yo‘qotganlikda ayblashib, uning ustidan mazax qilishgan. 0 ‘zi- 
da ro ‘y berayotgan o ‘zgarishlar sababini tushunm agan va teng­
doshlari haqoratiga chiday olmagan qiz shu kuniyoq o ‘ziga o ‘t 
qo‘ygan.
79


Shunga o ‘xshash holatlar o ‘smirlik davridagi va undan 
oldinroq yoshdagi bolalam i jins psixologiyasi, jinsiy tarbiya 
masalasiga oid bilimlar bilan im kon qadar ertaroq qurollan- 
tirish naqadar m uhim ekanligini bildiradi.

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə